Barqiyoruq, Ruknuddin Barqiyoruq (? — 1104) — saljuqiylar sultoni (1094 — 1104). Malikshoh 1 ning oʻgʻli. Malikshoh I vafot etgach, uning oʻgʻillari B., Mahmud, Malikshoh, Muhammad va Sanjar oʻrtasida taxt uchun kurash boshlanib, vazir Nizomulmulk B.ni qoʻllab-quvvatlagan. B. birodari Mahmud hukmronligi (1092 — 94) dan soʻng taxtni egallashga muvaffaq boʻlgan. U oʻz hukmronligi davrida mulkdorlar gʻalayonlari, hashshoshiylar harakati va taxt talashayotgan birodarlariga qarshi kurash olib borib, saltanat birligini saqlashga harakat qilgan.

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil