Saar-lotaringiya koʻmir havzasi

Saar-lotaringiya koʻmir havzasi — GFR (Saar) va Fransiya (Lotaringiya) hududlarida joylashgan koʻmir havzasi. Kumir 19-asr boshidan qazib olinadi. Maydoni taxminan 7 ming km². Koʻmir yuqori karbon davriga mansub, umumiy qalinligi 140 m gacha boʻlgan 550 dan ziyod qatlamdan iborat. Ulardan 50—100 ta qatlam (umumiy qalinligi 70–85 m) sanoat ahamiyatiga ega. Zaxiralari taxminan 10 mlrd. t. Qazib olinadigan zaxirasi taxminan 3 mlrd. t. Koks boʻladigan koʻmir qazib olinayotgan koʻmirning 43% ni tashkil etadi. Yonish issikligi 31,5—35,7 MJ/kg. Yiliga 28 mln. t ga yaqin koʻmir qazib olinadi.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil