Shade Adu (inglizcha: Sade Adu, toʻliq ismi-Xelen Foloshade Adu) — asli kelib chiqishi nigeriyalik boʻlib, ingliz qoʻshiqchisi, sheʼrlar, qoʻshiqlar, musiqalar muallifi, aranjirovkachi, prodyusser va Sade guruhining yakkaxoni, shuningdek vokalisti.

Sade Adu

Sade Adu konsertida (Germaniya, 2011-yil)
Umumiy maʼlumot
Tavalludi Xelen Foloshade Adu
16-yanvar 1959-yil (1959-01-16) (65 yosh)
Fuqaroligi Birlashgan Qirollik
Guruh Sade
Janr Jaz
Amplua vokal
Faoliyat yillari 1980 — bugun
Veb-sayt Sade.com

Biografiyasi tahrir

Shade 1959-yilning 16-yanvarida Nigeriyada, Ibadanda tugʻilgan. Uning otasi Bizi Adu nigeriyalik iqtisod oʻqituvchisi, onasi esa angliyalik hamshira Enn Xeyz. Ular Londonda tanishib qolishgach, turmush qurishadi va Gʻarbiy Afrikaga kelishadi. Keyinchalik, turmushdagi baʼzi muammolar tufayli Enn toʻrt yoshli Shadeni va oʻgʻli Banini olib, ota-onasining Buyuk Britaniyadagi uyiga qaytadi.

1970-yillarning boshlarida modaga, raqs sohasiga qiziqadi va Kertis Meyfild, Donni Xetevey va Marvin Gey kabi soul-xonandalarning qoʻshiqlarini katta qiziqish bilan tinglaydi.

Shade 1977-yilda Londondagi Avliyo Martin Sanʼat Kolledjiga uch yilga liboslar dizaynini oʻqish uchun keladi. Oliy maʼlumotli Shade dugonasi Joey Mellor bilan xamkorlikda erkaklar kiyimlari tikiladigan kichik atelye ochishadi. Shuningdek u fotomodel boʻlib ham ishlaydi.

Shade 1980-yili Arriva latino-soul guruhi menedjeri Li Barret bilan tanishib qoladi. U guruh aʼzolaridan biriga aylanadi va oʻzining qoʻshiqlarini yozishni boshlaydi.

1982-yilda Shade, Pride guruhining boʻlajak ishtirokchilari Styuart Metyumen va Pol Spenser Denman bilan tanishadi. Bu yerda g bir yilgina ijod qiladi.

Shade, Pol Kuk bilan alohida guruh tashkil qilishadi va unga Sade deya nom beradi. Keyinchalik guruhga Endryu Xeyl kelib qoʻshiladi. Pol esa guruhni tark etadi.

1983-yilning 18-oktabrida Shade Epic Records ovoz yozish kompaniyasi bilan shartnoma imzolaydi. Sade guruhining Diamond Life (1984), Promise (1985), Stronger Than Pride (1988), Love Deluxe (1992), The Best Of Sade (1994), Lovers Rock (2000), Lovers Live (2002), Soldier Of Love (2010) albomlari Epic Records ovoz yozish leybili bilan hamkorlikdan soʻng yaratiladi.

1985-yilda Shade Julien Templning „Yangilar“ filmida xonanda Afina Dunkan rolini talqin etadi.

Shaxsiy hayoti tahrir

1986-yilda Shade Ispaniyaga, Madridga keladi. 1989-yilning 11-oktabrida u Vinuelas qasrida kinorejissor Karlos Skolaga turmushga chiqadi. Biroq, ularning turmushi uzoqga bormaydi.

1990-yilda Shade Londonga qaytadi. Shu yilning oʻrtalarida u Yamaykaga, Ocho-Riosga keladi. Bu yerda u yamaykalik Produser Bob Morgan bilan yaqindan tanishadi. 1996-yilning 21-iyulida Shade qizlik boʻladi. Unga Ila deb ism qoʻyadi.

1997-yilda Montego Beyda (Yamayka) Shadeyga avtomobil boshqarishdagi xatosi, avtohalokatning kelib chiqishiga sababchi va politsiya ofitseriga boʻysunmaslik kabi ayblovlar qoʻyiladi. Keyinchalik, Yamayka sudi Shadeyni sudda ayblovlari uchun javob berishga kelmaganligi sabab, uni xibsga olish uchun order beradi. Biroq, xonandaning qizi kasalxonada ekanligi haqidagi tibbiy xulosa, qamash uchun berilgan orderni toʻxtatib qoladi.

Shade 2005-yilda maxsus DVD Voices For Darfur xayriya kontserti uchun Mum kompozitsiyasini yaratadi.

Ovozi tahrir

Eng yuqori nota: F#5. Eng past nota: C3

Diskografiya tahrir

Studiya albomlari
Boshqa albomlar

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir