Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich – (1954-yil 4-sentabrda Toshkent shahrida tug‘ilgan) Iqtisod fanlari doktori, professor, akademik[1].

Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich
Tavalludi 4-sentyabr 1954-yil
Toshkent
Istiqomat joylari OʻzSSR
Fuqaroligi Oʻzbekiston
Sohasi Iqtisodchi, Akademik, Iqtisod fanlari doktori
Taʼlimi Xalq xo‘jaligi instituti

Tarjimai holi tahrir

Gulyamov Saidasror Saidaxmedovich Toshkent Xalq xo‘jaligi instituti (hozirgi Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti)ning Iqtisodiy rejalashtirish fakultetida tahsil olgan. 1975-yilda O‘zSSR Davlat Rejalashtirish Boshqarmasi qoshidagi Iqtisodiy tadqiqotlar ilmiy institutining “Tarmoqlararo balans” laboratoriyasi katta laboranti, 1977-yildan boshlab “Mintaqaviy iqtisodiyot” laboratoriyasi ilmiy xodimi bo‘lib ishlagan.

1977-yilda Rossiyaning G.V.Plexanov nomidagi Moskva Xalq xo‘jaligi instituti “Iqtisodiy kibernetika” kafedrasida tahsil olgan. 1978-yilda Gulyamov “Optimizatsiya pazvitiya agrorpomish lennogo rayona (naprimere Buxara-Koganskogo rayona Buxarskoy oblasti)” mavzusidagi nomzodlik disseptatsiyasi bo‘yicha iqtisod fanlari nomzodi ilmiy darajasini olgan.

1984-yilda Rossiyaning M.V.Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining “Iqtisodiy tahlilning matematik usullari” kafedrasi doktoranti sifatida doktorlik dissertatsiyasi davom ettirgan va 1986-yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan.

1987-yilda S.S.Gulyamovga professor ilmiy unvoni berilgan. 1987-yilda yoshlar mukofoti sovrindori bo‘lgan. 1988-yilda Toshkent politexnika institutining “Sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni boshqarish” fakultetiga dekan etib tayinlandi hamda kafedrada professor lavozimida ishladi.

Faoliyati tahrir

Ilmiy faoliyatining dastlabki davrlaridayoq Gulyamov yetuk tashkilotchilik qobiliyatini namoyon qildi. Uning tashabbusi bilan 1988-yilda Toshkent Politexnika institutidan ajralib chiqqan “Sanoat ishlab chiqarishi va qurilishni boshqarish” fakulteti asosida qurilish majmuasi rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlararo instituti tashkil etildi. Ushbu institut O‘zbekistonda va sobiq Sovet ittifoqida ilk bor yuqori malakali sanoat va qurilish menejerlarini tayyorlash bilan shug‘ullana boshladi.

1988-yildan 1994-yilgacha O‘zbekiston Respublikasi Davlat qurilish Boshqarmasining qurilish majmuasida rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoqlararo instituti rektori bo‘lib ishladi.

Gulyamovning fanga qo‘shgan ilmiy hissasi uchun 1991-yilda O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi fanlari Аkademiyasining aʼzosi etib saylandi.

2001-yilda Gulyamov boshchiligida Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qishloq xo‘jaligi korxonalari rahbarlarini tayyorlash va kadrlar malakasini oshirish markazi tashkil etildi. Unda har yili 1000ga yaqin tinglovchilar 4 oylik kurslarda malaka oshiradi.

Ilmiy ishlari tahrir

S.S.Gulyamovning 180 dan ortiq ilmiy ishlari 360 bosma taboqda chop etilgan. Shulardan 6 tasi monografiya, 66 ta darslik va o‘quv qo‘llanmalardir[2].

Jumladan:

  • Основы современного менеджмента (1999 й. 25 б.т.);
  • маркетинга (1999 й. 19,8 б.т.);
  • Investment Project Analisys (2000 й. 19,5 б.т.);
  • Менеджмент: Искусство, теория и практика управления (2000 й. 25,8 б.т.);
  • Management: the arts, the theory and the practices (2002 й. 25,8 б.т.); Проблемы формирования и развития Eхtеnsiоn Sеrviсе и Информационно-консультационной деятельности в сельском хозяйстве Узбекистана
  • Investitsiya asoslari (2004-yil. 21,2 b.t.);
  • Iqtisodiy xalqaro aloqalar (2004-yil. 18,4 b.t.);
  • Аgrosanoat majmuasida marketing asoslari (2009-yil. 22 b.t.);
  • Qishloq xo‘jalik korxonalari tashqi iqtisodiy faoliyat marketingi (2009-yil. 19 b.t.);
  • Qishloq xo‘jaligida avtomobillar marketingi (2011-yil. 13 b.t.);
  • Qishloq xo‘jaligi texnikalari marketingi (2011-yil. 10 b.t.);
  • Ishlab chiqarish menejmenti (2013-yil. 22 b.t.);
  • Mahsulotlarni sinash va sertifikatlashtirish asoslari (2013-yil. 8 b.t.);
  • Marketing ilmiy tadqiqotlari (2013-yil. 14 b.t.);
  • Strategik va innovatsion menejment (2013-yil. 12,5 b.t.);
  • Korporativ boshqaruv (2013-yil. 9,0 b.t.);
  • Qishloq xo‘jaligi marketing xizmati (2014-yil. 22 b.t.) va boshqalar.

Manbalar tahrir