Samarqand TV (turk. Semerkand TV) — Turkiya telekanali. Ushbu telekanal 2010-yilning 29-may kuni «Üsküdar Radyo TV A.Ş» xususiy mediaxoldingi tomonidan ishga tushirilgan. «Samarqand TV» telekanali turk tilida translyasiyalarini olib boradi. Telekanal bosh ofisi Istanbul shahrida joylashgan.

Telekanal tematikasi diniy, maʼnaviy va oilaviy mavzulardadir. Ushbu telekanalning nomi Oʻzbekistondagi Samarqand shahridan olingan. «Samarqand TV» telekanali Turkiyadan tashqari Ozarbayjon va Shimoliy Qibrisda va sunʼiy yoʻldosh orqali boshqa mamlakatlarga uzatiladi.

Manbalar tahrir