Samarqand qamali 1220-yilda Moʻgʻullar imperiyasi asoschisi Chingizxon Muhammad Xorazmshoh hukmronlik qilayotgan Xorazm imperiyasiga koʻp tomonlama bosqin boshlaganidan keyin sodir boʻldi. Moʻgʻullar chegaradagi Oʻtror shahrini qamal qilayotgan edilar. Shahar mudofaasi mashaqqatli ekanini koʻrgan Chingiz va kenja oʻgʻli Tulu boshchiligidagi katta qoʻshin avangarddan ajralib, janubga, Movarounnahrga tomon yoʻl oldi.

Samarqand qamali
Sanalar 1220
Urush yeri Samarqand, hozirgi Oʻzbekiston
Natija Moʻgʻullar gʻalabasi
Raqiblar
Moʻgʻullar imperiyasi Xorazmshohlar imperiyasi
Qoʻmondonlar
Nomaʼlum
Harbiy birliklar
Shahar garnizoni
Kuchlar
Nomaʼlum Nomaʼlum
Yoʻqotishlar
Nomaʼlum Barcha

Samarqand mamlakatning siyosiy va mudofaa markazlaridan biri edi. Shahar garnizoni katta boʻlib, uning jangovar salohiyati imperiyadagi eng kuchlilaridan biri edi. Chingizxon esa kutilmagan manevr bilan Buxoroni egallab, vayron qilib, soʻngra yaqin atrofdagi Movarounnahr shaharlarini ham vayron qilib, shaharni yakkalab olishga muvaffaq boʻldi. Moʻgʻul qoʻshini shaharga kelayotgan yordamchi kuchlarni qaytargan hamda Oʻtror egallanganidan keyin yanada kuchaygan. Biroq, shahar himoyachilari moʻgʻul kuchlarini pistirmaga tushirib, qirgʻin qilishgan. Shunday boʻlsa-da, shahardagi sotqinlar igʻvosi bilan shahar tez orada egallangan. Aholi moʻgʻul anʼanalariga binoan qul qilingan yoki askarlikka olingan.

Qalʼada kichik qoʻshin bir oyga yaqin mudofaa olib borgach, qoʻshinning yarmi moʻgʻul qamalini yorib oʻtib, Amudaryo orqali qochishga muvaffaq boʻlgan. Garchi oʻshanda shahar har tomonlama vayron qilinib, talon-taroj qilingan boʻlsa-da, Pax Mongolica davrida shahar asta-sekin qayta tiklandi. 14-asr oxirida Temuriylar imperiyasining poytaxti sifatida jahon miqyosida shuhrat qozondi.

Tarixi tahrir

Harbiy kuchlar tahrir

Oʻrta asr yilnomachilari har ikki tomonga ham ulkan kuchlar mavjud boʻlgani haqida maʼlumot berishgan boʻlsa-da, zamonaviy tarixchilar oʻz baholarida koʻproq konservativ boʻlishmoqda. Aniq raqamlar masalasi hozirda ham juda bahsli. Yagona aniq maʼlumot shundan iboratki, moʻgʻullarning umumiy qoʻshini xorazmshoh qoʻshinidan koʻp edi[1](p113). Oʻz sarkardalariga ishonmagan va xohlagan boshqaruv usullarini amalga oshira olmagan xorazmshoh Samarqand, Balx va Oʻtror kabi yirik shaharlari oʻrtasida qoʻshinlarni taqsimlash strategiyasini belgilab oldi[2](pp31)[3](pp373–380). Ehtimol, xorazmshoh faqat „kichik sondagi“ moʻgʻul bosqinini kutgan boʻlsa kerak. Bu holatda qishloqlar vayron qilinsa-da, shaharlarni zararsiz qoldirilishi kerak edi[4](p150). Xorazmiylar qamal urushi haqida hech qanday maʼlumotga ega boʻlmagan Qangʻlilar kabi koʻchmanchilar bilan avvalroq jang qilgan edilar. Moʻgʻullar armiyasi tarkibida qamal muhandislarining ham bor ekani xorazmliklarga katta zarba boʻldi[5](p89). Har qanday holatda ham shahar garnizoni uchun hisob-kitoblar qanday boʻlgani aniq emas[6].

Qamalning boshlanishi tahrir

Moʻgʻullarning Xorazm imperiyasiga birinchi hujumi hokimi moʻgʻul xonini haqorat qilib qoʻpol xatoga yoʻl qoʻygan Oʻtror shahriga boʻldi. Biroq, bu chegara shahri hayratlanarli darajada koʻp vaqt qamalga bardosh bera oldi. Shuning uchun Chingizxon xorazmshohni tezroq yengish uchun oʻz kuchlarini boʻlishga qaror qildi. Oʻtrorda ekanida Samarqand mudofaasining mustahkamligini bilib, Qizilqum choʻli orqali Buxoroga yurishga qaror qilgan[5](p78). Avvallari oʻtib boʻlmas deb hisoblangan hududni bosib oʻtgan moʻgʻullarning hiylasi shaharni hayratda qoldirdi. Amudaryo boʻylarida qirgʻin uyushtirilganidan soʻng quyi shahar taslim boʻldi va talon-taroj qilindi. Ichki qalʼa ikki haftadan kamroq vaqt davomida qamal qilindi. Moʻgʻullar devorlarni buzib, ichkaridagi hammani qirgʻin qilishdi[7](pp103–107). Keyingi yurishlardan farqli oʻlaroq, moʻgʻullar Buxoro fuqarolariga nisbatan yumshoq munosabatda boʻlishgan. Buxorodan koʻp sonli aholi keyingi qamallarda foydalanish uchun armiya safiga chaqirildi[8].

Voqealar tahrir

Chingizxon Buxoroni egallab, Samarqand, Balx va Urganchda joylashgan xorazmshoh qoʻshinlarini bir-biridan ajratib qoʻydi. Moʻgʻullar shaharni oʻrab olib, shaharning turkiy-eroniy himoyachilari bilan jangga kirishdilar. Yigirmata jangovar fil va katta otliq qoʻshindan iborat yordamchi kuchlar pistirmaga uchrab, ortga chekindi[4]. Koʻp oʻtmay Samarqand garnizonining katta qismi taslim boʻlib, zudlik bilan qatl etildi. Qal’ani esa xuddi Buxorodagi kabi kuch bilan egallashga toʻgʻri keldi. Qamal bir oy davom etib, qalʼadan kichik qoʻshin chiqib, moʻgʻul qamalini yorib Amudaryo orqali qochishga muvaffaq boʻlganidan soʻng yakunlandi[4]. Moʻgʻullar qamalda omon qolgan fillarni atrofdagi qishloqlarga qoʻyib yuborishdi. Fillar oziq-ovqat yetishmasligi tufayli tezda nobud boʻldi[4].

Temur 1370-yilda shaharni poytaxtga aylantirib, qayta tikladi. Samarqandning xalqaro miqyosdagi ahamiyatini tiklash uchun xaroba boʻlgan saroylar va shahar devorlarini tikladi, koʻplab masjidlar, bogʻlar va koʻshklarni foydalanishga topshirdi[9].

Yana qarang tahrir

Manbalar tahrir

  1. Sverdrup, Carl (2010). "Numbers in Mongol Warfare". Journal of Medieval Military History (Boydell and Brewer) VIII: 109–117. ISBN 9781843835967. https://www.jstor.org/stable/10.7722/j.ctt7zstnd.6. Qaraldi: 3 February 2022. 
  2. Jackson, Peter (2009). "The Mongol Age in Eastern Inner Asia". The Cambridge History of Inner Asia The Chinggisid Age: 26–45. doi:10.1017/CBO9781139056045.005. ISBN 9781139056045. 
  3. Barthold, Vasily. Turkestan Down to the Mongol Invasion, Third, Gibb Memorial Trust, 1968. OCLC 4523164. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 Sverdrup, Carl. The Mongol Conquests: The Military Campaigns of Genghis Khan and Sübe'etei. Helion & Company, 2017 — 153 bet. ISBN 978-1913336059. 
  5. 5,0 5,1 Jackson, Peter „The Mongol Westward Advance (1219-53)“,. The Mongols and the Islamic World : From Conquest to Conversion. Yale University Press, 2017 — 71–93 bet. ISBN 9780300125337. 
  6. May, Timothy „The Mongols outside Mongolia“,. The Mongol Empire. Edinburgh: Edinburgh University Press, 2018 — 62 bet. ISBN 9780748642373. 
  7. Juvaini, Ata-Malik. Tarikh-i Jahangushay (Persian), c. 1260. 
  8. Chalind, Gérard; Mangin-Woods, Michèle; Woods, David „Chapter 7: The Mongol Empire“,. A Global History of War: From Assyria to the Twenty-First Century, First, University of California Press, 2014 — 144–145 bet. 
  9. Marefat, Roya (1992). "The Heavenly City of Samarkand". The Wilson Quarterly 16 (3): 35. http://www.jstor.org/stable/40258334. 

Adabiyot tahrir

  • Samarqand tarixi, t. 1, T., 1971.