Sana Minatozaki (yaponcha: 湊崎 紗夏 Minatozaki Sana?, 29-dekabr, 1996-yil tugʻilgan), Sana nomi bilan tanilgan — Janubiy Koreyada istiqomat qiluvchi yapon qoʻshiqchisi. U 2015-yilda JYP Entertainment tomonidan tashkil etilgan Janubiy Koreyaning Twice qizlar guruhining uchta yapon aʼzosidan biri.

San

Minatozaki 2023 yil avgustda
Tavalludi
Sana Minatozaki

29-dekabr 1996-yil (1996-12-29) (27 yosh)
Osaka, Yaponiya
Fuqaroligi Yaponiya
Kasbi
  • Qo'shiqchi
  • teleboshlovchi
Imzosi

Yoshligi tahrir

Sana 1996-yil 29-dekabrda[1] Tennoji-ku, Osaka, Yaponiyada[2][3] oilaning yolgʻiz farzandi boʻlib tugʻilgan.

Sana yoshligidan qoʻshiqchi va raqqosa boʻlishni xohlagan va Girls' Generation kabi K-pop guruhlaridan ilhomlangan. Yapon tilidan tashqari u koreys va ingliz tillarida ham gapira oladi.

Faoliyati tahrir

Debyut oldidan tahrir

Sana 2009-yilda Osakadagi EXPG bilan mashgʻulotlarni boshlagan, dastlab Janubiy Koreyada emas, Yaponiyada qoʻshiqchi boʻlishni rejalashtirgan.[4] Oʻrta maktab yillarida u savdo markazida JYP Entertainment (JYPE) xodimi tomonidan izlab topilgan va ertasi kuni JYP Japan tinglovida qatnashishga taklif qilingan.[5] Sana tinglovdan oʻtgan va 2012-yil aprel oyida Janubiy Koreyada JYPE oʻrganuvchilari (JYPE trainee) dasturiga qoʻshilgan.[6] U Twice bilan yakuniy debyutidan oldin uch yildan ortiq mashq qilgan. Bir vaqtlar u yangi JYPE qizlar guruhiga aʼzo boʻlishi kutilgan; ammo bu loyiha bekor qilingan edi.[7] 2014-yilda Sana Got7 ning „A“ klipida ofitsiant sifatida paydo boʻlgan.[8]

2015-yildan hozirgi kungacha: Sixteen, Twice va yakkaxon faoliyati tahrir

 
Sana 2017-yil 17-iyun kuni Seuldagi Twiceland Encore konsertida

2015-yilda Sana Twice aʼzolarini aniqlash uchun ochilgan Sixteen musiqiy realiti-shousida ishtirok etgan.[9] Oʻn oltita ishtirokchi orasidan Sana yangi tashkil etilgan qizlar guruhining toʻqqiz aʼzosidan biri sifatida tanlangan.[10] U Twice bilan 2015-yil oktabr oyida rasman debyutini The Story Begins mini-albomida Like Ooh-Ahh nomli qoʻshigʻi bilan oʻtkazgan.[11] Jasoratli va quvnoq shaxsiyati bilan tanilgan[12] Sana Janubiy Koreyada ham, xorijda ham eʼtirofga sazovor boʻlgan va uning mashhurligi Yaponiya va Janubiy Koreya oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilashga yordam bergani aytib oʻtilgan.[13] Gallup Koreaning 2018-yil uchun yillik musiqiy soʻrovida Sana Janubiy Koreyadagi eng mashhur 17- sevimli, soʻrovnomasida eng yuqori reytingga ega yaponiyalik shaxs boʻlgan.[14] 2019-yilgi soʻrovda u 15-oʻrinni egallagan.[15] 2019-yilda Sana Janubiy Koreyada majburiy harbiy xizmatni oʻtayotgan askarlar oʻrtasida oʻtkazilgan soʻrovnomada ham eng mashhur ayol K-pop sevimlisi deb topilgan.

2021-yil fevral oyida Sana yaponiyalik Kobukuro guruhining 2020-yildagi „Sotsugyou“ singliga kover qilganidan soʻng, oʻzining yakkaxon singlini chiqargan birinchi Twice aʼzosi boʻlgan.[16] Capella versiyasini oʻz ichiga olgan kover Warner Music Japan orqali raqamli singl sifatida chiqarilgan.[17] U 2021-yilning mart oyida Kobukuroning oʻzlari ishtirokidagi talqinini chiqargan.[18]

Boshqa ishlari tahrir

Twicedan tashqari Sana bir nechta reklamalarda qatnashgan va turli brendlar va mahsulotlarni targʻib qilgan.[19] 2021-yilda Sana va Twice aʼzosi boʻlgan guruhdoshi Dahyun Aʼpieu terini parvarish qilish brendi uchun model boʻlishgan.[20] 2022-yil mart oyida Sana Wakemake kosmetik brendi uchun model boʻlgan.[21]

Kitoblar roʻyxati tahrir

Fotokitoblar tahrir

Nom Ishlab chiqarilish sanasi Nashriyotchi Manba
Yes, I am Sana 2021-yil 16-aprel JYP Entertainment [22]

Diskografiyasi tahrir

Qoʻshiqlar roʻyxati, chiqarilgan yili, ijrochi nomi va albom nomi
Nom Yil Ijrochi Albom Izohlar
"Shot Thru the Heart" 2018 Twice Summer Nights Lirist sifatida
"Turn It Up" 2019 Fancy You
"21:29" Feel Special
"Do What We Like" 2020 Eyes Wide Open
"Conversation" 2021 Taste of Love
"Celebrate" 2022 Celebrate

Filmografiyasi tahrir

Telekoʻrsatuvlar tahrir

Yil Nom Rol Manba
2015 Sixteen Ishtirokchi
2016 Idol Star Athletics Championships Hamkor boshlovchi [23]
2017 KBS Song Festival [24]
2019 Idol Star Athletics Championships  
2020 Nizi Project: Part 2 Boshlovchi [25]

Manbalar tahrir

  1. Kim. „Happy 22nd birthday to K-pop star Sana! Here are the Twice band member's funniest moments on TV“. South China Morning Post (2018-yil 29-dekabr). 2020-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  2. Robidoux. „Who Is TWICE's Sana? The Talented Singer Is Fierce Both On Stage And Off“. Elite Daily (2019-yil 27-oktyabr). 2019-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  3. „TWICE (Profile)“. JYP Entertainment – Twice. JYP Entertainment. 2018-yil 8-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 26-oktyabr.
  4. Jung. „3 Japanese Girls at the Top of K-Pop: The Story Begins“ (en). The Chosun Ilbo (English Edition) (2018-yil 20-fevral). 2018-yil 26-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  5. Jung. „3 Japanese Girls at the Top of K-Pop: Taking off to K-Pop Land“ (en). The Chosun Ilbo (English Edition) (2018-yil 21-fevral). 2018-yil 21-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  6. Jung. „3 Japanese Girls at the Top of K-Pop: In the Lion's Den“ (en). The Chosun Ilbo (English Edition) (2018-yil 22-fevral). 2018-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  7. „9 things to know about TWICE's Jihyo“. SBS (2019-yil 1-fevral). 2019-yil 21-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  8. „Twice, Black Pink pre-debut appearance on music video“. K-pop Herald. The Korea Herald (2017-yil 3-mart). 2021-yil 6-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 5-may.
  9. Won. „'Sixteen' compete for spot in JYP's next girl group“ (en). The Korea Herald (2015-yil 29-aprel). 2015-yil 1-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  10. „'식스틴' JYP의 미래 짊어질 9인, 걸그룹 트와이스 탄생[종합“] (ko). Nate (2015-yil 8-iyul). 2019-yil 17-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  11. Park. „TWICE 'Like OOH-AHH' MV hits 300 mil. views“ (en). The Korea Times (2019-yil 3-may). 2019-yil 3-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  12. „Sana de Twice es elegida la cantante más popular por los soldados de Corea del Sur“ (es). La República (2019-yil 10-noyabr). 2019-yil 9-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 13-iyun.
  13. Jung. „3 Japanese Girls at the Top of K-Pop: The 1st of Their Kind“. The Chosun Ilbo (English Edition) (2018-yil 23-fevral). 2018-yil 24-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  14. „2018년 올해를 빛낸 가수와 가요 - 최근 12년간 추이 포함“ (ko). Gallup Korea (2018-yil 30-noyabr). 2018-yil 18-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-sentyabr.
  15. „Here's who Koreans voted as the top artists and idols of 2019“. SBS (2019-yil 20-dekabr). 2020-yil 25-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-iyun.
  16. „コブクロ、SANA(TWICE)を迎えて新たに制作「卒業」MV公開“ (ja). Billboard Japan (2021-yil 12-fevral). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  17. „Sotsugyou (Cover) - Single by SANA from TWICE“. iTunes (2021-yil 19-fevral). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  18. „コブクロとTWICEサナが歌う「卒業」リリース“ (ja). Barks Japan (2021-yil 19-mart). Qaraldi: 2021-yil 12-dekabr.
  19. Robidoux. „Who Is TWICE's Sana? The Talented Singer Is Fierce Both On Stage And Off“. Elite Daily (2019-yil 27-oktyabr). 2019-yil 27-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 7-dekabr.
  20. Ma Ah-ra. „트와이스 사나-다현, 화장품 동반 모델…"일본 활동도 함께"“. Money Today (2021-yil 29-mart). 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  21. „웨이크메이크 비건 클린 순수 커버 쿠션“. Naver Brand. 2021-yil 31-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 31-mart.
  22. Liu. „TWICE Sana 美背全裸拍寫真!滿滿20張「男友視角」一個彎腰引暴動“ (Chinese). istyle.ltn.com (2021-yil 14-mart). 2021-yil 21-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 21-aprel.
  23. „Twice′s Sana Selected as Exclusive MC for ′Idol Star Athletic Championships′“. Toggle. 2019-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 24-iyul.
  24. „BTS Performs Rock Remixes of 'DNA' & 'Not Today' at 2017 KBS Song Festival“. December 30, 2017. Qaraldi: December 7, 2019. {{cite magazine}}: Cite magazine requires |magazine= (yordam)
  25. „TWICE SANA-MOMO擔任JYP日本女團選秀《Nizi Project》客座評委!“. 2020-yil 25-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 16-noyabr.