Sartarosh karvonsaroyi — Dul-dul sakragan degan joydan 45 km yuqorida, Amudaryoning oʻng sohilidagi tik jarlikda joylashgan. Yodgorlikning katta qismi Amudaryo suvlari taʼsirida yuvilib ketgan. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar uning rejasi tarhini va meʼmoriy jihatlarini aniqlashga imkon beradi. Bu yodgorlik 32x32m hajmda boʻlib, kvadrat shaklga ega. Karvonsaroyga kirish janub tomondan boʻlgan. Inshoot burchaklarida 5 m ga turtib chiqqan rizalitlar (doʻnglik) mavjud. SHimoliy devorda keng 7 m lik kontrfors (tirgovuch) joylashgan. Boshqa devorlarda esa kontrforslar kuzatilmaydi. Yodgorlik devorlari-ning qalinligi 1,8 m. Devorlar 80x50x50 sm li paxsa bloklardan tashkil topgan. Qazishmalar natijasida karvonsaroydagi xonalar asosan, sharqiy, shimoliy va gʻarbiy devor boʻylab joylashganligi maʼlum boʻlgan. Xonalar xoʻjalik xonasi, mehmonxona va omborxonalardan tashkil topgan. Karvonsaroyning markazi hovlidan iborat. Yodgorlik hududidan topilgan sopol buyumlarga asoslanib bu karvonsaroyning IX-XII asrlarda faoliyat koʻrsatganligi aniqlangan.

Manbalar tahrir

{Loxovits V. A. Karavansarai verxnego Xorezma. // Etnografiya i arxeologiya Sredney Azii. M., 1976. 112-118 betlar}

Havolalar tahrir