Bosh menuni ochish

Satrapiya, satraplik — ayrim davlatlar (Axomaniylar, Salavkiylar, Parfiya va Sosoniylar)da satraplar boshqargan harbiymaʼmuriy okrug . S.ga satraplardan tashqari harbiy boshliklar ham tayin etilgan, ular chegara, yoʻllarni qoʻriklagan, oʻgʻrilik va bosqinchilikka qarshi kurashgan. Mas, Kir II va Doro I davrida Axomaniylar davlatiga kirgan oʻlkalar aloxdda S.ga boʻlib idora etilgan. Doro I S.ning toʻla roʻyxatlarini Bihistun kitobalari hamda Naqshi Rustam kitobalarida mixxat bilan yozdirgan. Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston xududlarida ham alohida S.lar boʻlgan. Har bir S. belgilangan miqdorda soliq toʻlashga majbur boʻlgan. Koʻpchilik S.larning oʻz qonuni, urfodati boʻlgan, oʻz tilida soʻzlashgan.

AdabiyotTahrirlash

  • Gerodot, Istoriya v devyati knigax. L., 1972.[1]

ManbalarTahrirlash

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil