Seuldagi tiqilinch
Seuldagi tiqilinch — 2022-yil 29-oktabr shanba kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahrida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa[1][2]. Ushbu fojia oqibatida 156 kishi[3][4][5][6][7][8] halok boʻldi, 151 nafar odam tan jarohatlari oldi[3][9].
Seuldagi tiqilinch | |
---|---|
Asosiy | |
Sababi | tiqilinch, vahima |
Mamlakat | Janubiy Koreya |
Joy | Seul |
Sana | 29-oktabr 2022-yil |
Talofatlar | |
Jabrlanganlar | 151 |
Xarita | |
| |
Seuldagi tiqilinch Vikiomborda |
Tarixi
tahrir2022-yil 29-oktabr kuni Janubiy Koreya poytaxti Seul shahridagi Itxevon tumanida mahalliy vaqt bilan 22:00 da odamlar Halloween (talaffuzi: Hellouin) bayramini nishonlayotgan paytida sodir boʻlgan baxtsiz hodisa. Seul markazida joylashgan Itxevon hududida tungi klublar va barlar joylashganligi sababli tadbirlar uchun mashhur joy xisoblanadi. Itxevondagi Xellouin tadbiriga 100 000 ga yaqin odam tashrif buyurdi. Bu COVID-19 pandemiyasi boshlanganidan beri mintaqada eng koʻp odam ishtirok etgan Xellouin festivali boʻldi. Olomon „Hamilton“ oteli[11] yonidagi tor koʻchada bir-birini itarib tiqilnch holatni yuzaga keltirgan[12]. Tiqilinch kengligi taxminan 4 m boʻlgan tor koʻchada boshlangan. U yerdagi yoʻl qiyalik joy boʻlgan. Ushbu hodisa Janubiy Korea tarixida 2014-yil sodir boʻlgan „Sevol“ paromini xalokatidan soʻng sodir boʻlgan yirik fojiadir. Ushanda 304 kishi (asosan yuqori sinf oʻquvchilari) halok boʻlgandi.
Voqeaga guvoh boʻlganlarning aytishicha koʻcha qiya holatda boʻlgan, shuningdek, koʻchaning asfalt qismi ham noravon boʻlgan.
Jabrlanganlar
tahrirJanubiy Koreyada Seul fojiasi munosabati bilan milliy motam eʼlon qilindi[13]. Ushbu baxtsiz hodisa oqibatida 156 kishi[3][4] halok boʻldi va 151 kishi jarohatlandi[14]. Halok boʻlganlarning[11] 22 nafari[15] xorij fuqarolaridir. Ular orasida Oʻzbekiston (1 kishi), Qozogʻiston (1 kishi[15]), Xitoy (4 kishi), Norvegiya, Rossiya (4 kishi[4]) AQSh, Fransiya, Vyetnam, Shri-Lanka, Tailand, Avstriya va Eron (5 kishi) fuqarolari bor[14]. Baxtsiz hodisa sabab Janubiy Koreya prezidenti milliy motam eʼlon qildi[11] va favqulodda holat sodir boʻlgan joyga tashrif buyurdi.
Tergov
tahrirFuqaroligi | Soni |
---|---|
Koreya Respublikasi | 130 |
Eron | 5 |
Rossiya | 4 |
Xitoy | 4 |
Yaponiya | 2 |
AQSh | 2 |
Vyetnam | 1 |
Qozogʻiston | 1 |
Fransiya | 1 |
Norvegiya | 1 |
Oʻzbekiston | 1 |
Avstraliya | 1 |
Avstriya | 1 |
Shri Lanka | 1 |
Malayziya | 1 |
Jami | 156[3] |
Guvohlarning aytishicha, Seuldagi fojia sabablaridan biri barlargav kirishning pullik boʻlgandir. Shu sababli koʻpchilik ichkariga kirmay, koʻchada turishgan. Toʻlashga rozi boʻlganlar ham barga darhol kiritilmagan. Kirish joyida odamlarning hujjatlari, „dress-code“ qoidalariga rioya qilinganligi tekshirilgan. Politsiya ushbu barlarni tekshirishni boshlagan[17]. Baʼzilar xavfsizlik choralarini tashkil etishdai xatolarni ham taʼkidlaydilar. Guvohlardan birining soʻzlariga koʻra, koʻchaning turli chekkalarida bir-ikki politsiyachi boʻlganida bu fojianing oldi olinardi. Ular oqimlarni yoyib yuborishar va tartibli harakatni taʼminlagan boʻlardi[17].
OAV yozishicha, 150 dan ortiq odamning hayotiga zomin boʻlgan tiqilinch yuzasidan tergov doirasida Seul politsiya boshqarmasi va boshqa bir qancha boʻlimlarda tintuvlar oʻtkazildi[18].
Motam
tahrirJanubiy Koreya prezidenti 5-noyabrga qadar mamlakatda milliy motam eʼlon qildi[19]. Butun mamlakat boʻylab Hellowen bilan bogʻliq barcha tadbirlar bekor qilindi[20].
Munosabat
tahrirOʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu fojia munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga taʼziya yoʻlladi[21][22].
RF prezidenti Vladimir Putin Seulda koʻp sonli insonlar halok boʻlgani munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga chuqur hamdardlik bildirdi[23].
Isteʼfo
tahrir2023-yil 8-fevral kuni Janubiy Koreya parlamenti mamlakat konstitutsiyasining 75 yillik tarixida birinchi marta ichki ishlar vazirini isteʼfoqa chiqarish uchun ovoz berdi. Li Sang Min ushbu Xellouin bayramida 159 kishining oʻlimiga sabab boʻlgan tiqilinch paytida yomon ishlagani sabali ishonchsizlikka uchragan edi[24].
Suratlar
tahrir-
Bir haftalik milliy motam paytidagi Itaevon xiyoboning koʻrininshi.
-
Itxevon Stansiyasi 1-chiqish qismi, Seul
-
Seoul City Hall Plaza
-
Koreya ilgʻor fan va texnologiya instituti, Daejeon.
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ [https://m-en.yna.co.kr/view/AEN20221030000254315?section=national/politics „(4th LD) 59 killed, 150 injured in stampede at Halloween parties in Seoul 02:40 October 30, 2022“] (inglizcha). en.yna.co.kr. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ „Janubiy Koreyada Hellouinni nishonlash paytidagi tiqilinchda yuzlab odamlar halok boʻldi“ (oʻzbekcha). Qaraldi: 2022-yil 29-oktyabr.
- ↑ 3,0 3,1 3,2 3,3 „Число погибших в давке в Сеуле выросло до 156“ (ruscha). tass.ru. Qaraldi: 3-noyabr.
- ↑ 4,0 4,1 4,2 (RIAN) (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
- ↑ „Seulda Xellouin bayramini nishonlash vaqtidagi tiqilinch oqibatida 120 kishi vafot etdi — Yonhap“ (oʻzbekcha).
- ↑ Vofot etganlar RIA Novostida(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ CNN xabari YouTubeda
- ↑ AFP xabari YouTubeda
- ↑ RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „South Korea mourns, wants answers after Halloween crush kills 153 people“.
- ↑ 11,0 11,1 11,2 „At least 153 killed, 133 injured in Halloween stampede in Seoul's Itaewon“ (inglizcha). en.yna.co.kr. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Euronews xabari YouTubeda
- ↑ Milliy motam (RIAN)(ingl.) Telegram mesenjerida
- ↑ 14,0 14,1 Tafsilotlar (RIAN) Telegram sahifasi
- ↑ 15,0 15,1 RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „사망자 156명으로 늘어…부상자 111명 귀가“ (koreyscha). Naver. Qaraldi: 1-noyabr 2022-yil.
- ↑ 17,0 17,1 RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ RIAN(rus.) Telegram mesenjerida
- ↑ „Президент Южной Кореи объявил общенациональный траур после давки в Сеуле“ (ruscha). РБК. Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
- ↑ cue. „South Korea cancels concerts, government briefings after Itaewon crush | The Straits Times“ (inglizcha). The Straits Times (30-oktabr 2022-yil). Qaraldi: 30-oktabr 2022-yil.
- ↑ Rasmiy axborot (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
- ↑ „Shavkat Mirziyoyev Seuldagi fojia munosabati bilan Janubiy Koreya prezidentiga ta’ziya yoʻlladi“ (oʻzbekcha). daryo.uz. Qaraldi: 2022-yil 30-oktyabr.
- ↑ Rasmiy axborot (RIAN) (oʻzbekcha) Telegram mesenjerida
- ↑ RIA Novosti AG(rus.) Telegram mesenjerida
Havolalar
tahrirTashqi tasvir | |
---|---|
Fojia sodir boʻlgan koʻchaning xaritadagi koʻrinishi |