Shahrisabz aeroporti
Shahrisabz aeroporti (IATA: RBZ, ICAO: UTSH) – Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumani Xontepa mahallasi hududidagi mahalliy aeroport[1]. Shahrisabz shahridan 5 kilometr (3.1 mi) janubi-gʻarbda joylashgan[2].
Shahrisabz aeroporti | |||
---|---|---|---|
IATA kodi: RBZ – ICAO kodi: UTSH | |||
Qisqacha bayon | |||
Aeroport turi | fuqarolik | ||
Egasi | Oʻzbekiston hukumati | ||
Operator | Uzbekistan Airports | ||
Xizmat doirasi | Shahrisabz | ||
Joylashuvi | Shahrisabz tumani, Qashqadaryo viloyati Oʻzbekiston | ||
Dengiz sathidan balandligi | 1 230 ft / 375 m | ||
Koordinatalari | 39°1′59.715″N 66°46′42.989″E / 39.03325417°N 66.77860806°E | ||
Xarita | |||
| |||
Uchish/qoʻnish yoʻlaklari | |||
Uzunligi | Yuzasi | ||
m | ft | ||
1,554 | 5,098 | Beton |
Tarixi
tahrirDastlabki davri
tahrirShahrisabzda aeroport 1980-yillarning boshida[3], aniqrogʻi 1983-yilda ochilgan[2]. 1996-yilgacha Toshkentga yoz mavsumida haftasiga 4 ta, kuz-qish mavsumida esa 3 ta aviaqatnov tashkil etilgan. Shuningdek, Urganch-Shahrisabz yoʻnalishida haftasiga 2 marta parvozlar yoʻlga qoʻyilgan. 1993—1995-yillarda Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishidagi reyslar Qarshida oraliq toʻxtash bilan amalga oshirilgan. Ushbu reyslarda Sovet Ittifoqida ishlab chiqarilgan An-2, An-24, Yak-40 samolyotlari hamda Britaniyadan xarid qilingan RJ-85 mintaqaviy samolyotlaridan foydalanilgan[2].
Sovet Ittifoqi parchalanishi ortidan mahalliy aviaqatnovlarga boʻlgan talab keskin tushib ketgan[3] va aerport 2003-yil noyabr oyida yopilgan[2].
Qayta foydalanishga topshirilishi
tahrir2023-yil 25-oktyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qashqadaryo viloyatiga tashrifida 2024-yil 1-yanvardan boshlab, turizmni rivojlantirish maqsadida viloyatning Shahrisabz tumanidan ATR samolyotida parvozlar yoʻlga qoʻyilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va Fargʻona vodiysi viloyatlariga mahalliy reyslar koʻpaytirilishi maʼlum qilindi[4][5].
2023-yil 28-noyabrda qabul qilingan „Qashqadaryo viloyatining togʻli-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat koʻrsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida“gi PQ-376-sonli prezident qarorida aeroport infratuzilmasini rivojlantirish belgilangan. Qarorga koʻra, Uzbekistan Airports Shahrisabz aeroportini Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti talablariga muvofiq zarur infratuzilma bilan taʼminlaydi. Oʻzaeronavigatsiya markazi aeroport hududida samolyotlar harakatini boshqarish infratuzilmasini yaratadi[6].
2024-yil 31-avgust kuni mintaqaviy Silk Avia kompaniyasi Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishida aviaqatnovlar 11-sentyabrdan boshlanishini maʼlum qildi va aviakompaniya rasmiy saytida chiptalar sotuvi boshlandi[7]. 2024-yil 11-sentyabr kuni soat 13:10 da Toshkentdan parvoz qilgan ilk samolyot Shahrisabz aeroportiga qoʻndi[1].
Infratuzilmasi
tahrirAeroport terminali soatiga 100 nafar yoʻlovchiga xizmat koʻrsata oladi. 1,554 by 35 metr (5,098 ft × 115 ft) oʻlchamdagi bitta uchish-qoʻnish yoʻlagi mavjud. Uchish-qoʻnish yoʻlagi ATR-42, ATR-72, L-410 va barcha turdagi vertolyotlarni qabul qila oladi. Aproni 2 ta samolyot va 4 ta vertolyotni sigʻdira oladi[2].
Aviakompaniyalar va yoʻnalishlar
tahrirHozirda Shahrisabz aeroportidan haftada ikki marta – chorshanba va shanba kunlari Toshkent-Shahrisabz yoʻnalishida L-410 samolyotida aviaqatnovlar amalga oshirilmoqda[2].
Aviakompaniya | Manzillar |
---|---|
Silk Avia | Toshkent[2] |
Yana qarang
tahrirManbalar
tahrir- ↑ 1,0 1,1 „Shahrisabz tumani hayotida tarixiy voqea: ilk aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi“. Qashqadaryo viloyati hokimligi (2024-yil 12-sentyabr). Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.
- ↑ 2,0 2,1 2,2 2,3 2,4 2,5 2,6 „Shahrisabz aeroporti 20 yildan so‘ng qayta ish boshladi“. Gazeta.uz. Afisha Media (2024-yil 11-sentyabr). Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.
- ↑ 3,0 3,1 „В Узбекистане запустят аэропорт гражданской авиации для развития туризма“ (ru). TASS. TASS (2023-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 25-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Йиғилишда Шаҳрисабз аэропортида фуқаро авиацияси йўлга қўйилиши таъкидланди.“. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati (2023-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Қашқадарёдаги иқтисодий имкониятлар таҳлил қилиниб, қўшимча вазифалар белгиланди“. Oʻzbekiston prezidenti matbuot xizmati (2023-yil 25-oktyabr). Qaraldi: 26-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Qashqadaryo viloyatining tog‘li-rekreatsion hududlarida zamonaviy xizmat ko‘rsatish va turizm obyektlarini barpo etish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-376-son qarori“. lex.uz. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. Qaraldi: 25-sentabr 2024-yil.
- ↑ „Silk Avia запустит регулярные полеты по маршруту Ташкент — Шахрисабз“ (ru). Spot.uz. Afisha Media (2024-yil 31-avgust). Qaraldi: 25-sentabr 2024-yil.