Shamol ortidan yugurib – afg'on yozuvchisi Xolid Husayniy qalamiga mansub 2003-yilda nashr etilgan birinchi roman.

Shamol ortidan yugurib
Asl nomi The Kite Runner
Muallif(lar) Xolid Husayniy
Til inglizcha
Janr(lar)i roman
Nashr etilgan sanasi 2003-yil
Nashriyot Riverhead Books
ISBN 1-57322-245-3

Sujet tahrir

Asar pushtun millatiga mansub Amir ismli bola nomidan yoziladi. U o'ziga to'q oilada katta bo'ldi. Otasidan e'tibor va mehr kutib ulg'aygan Amirning yagona do'sti hazora Hasan edi. Garchi Hasan kamchilikni tashkil etgan, doimiy kamsitilgan millat vakili bo'lsa ham Amirning otasi unga yaxshi muomala qilar, sovg'a-salomtlar bilan ko'nglini olar edi. Bu esa ko'pincha Amirda otasini Hasandan qizg'onish hissini uyg'otardi. Hasan esa Amirga nisbatan sodiq bo'lib, uni o'zining yaqin do'sti hisoblab har doyim himoya qilib keladi.

1975-yilda Qobulda odatgadagidek varraklar uchirish musobaqasi bo'lib o'tadi. Shartlar bo'yicha havoda uzoq turgan varrak egasi g'olib bo'lishi kerak. Amir agar g'olib bo'lsa otasining e'tiborini qozonishi mumkin deb o'ylardi. Musobaqada Amir va Hasan g'olib bo'lishdi, ularning varraklari havoda eng uzoq ichgani bo'ldi. Lekin endi yerga tushgan varrakni topish ham kerak edi. Bu narsada uddaburon bo'lgan Hasan varrakni qidirib ketadi. Ancha vaqtgacha Hasanning qaytishini kutgan Amir uni qidirishni boshlaydi. Yomon hulqqa ega Asif Hasanni tahqirlayotgan edi. Voqealarni yashirincha kuzatayotgan Amir qo'rqqanidan bu ishga aralashmadi, do'stining yonini olmadi. Amir bu voqealarni hech kimga aytmadi, Hasan Amirni ko'rmagan edi. Hasanning oldida o'zini aybdor deb hisoblagan Amir garchi Hasan u bilan do'stona aloqalarda bo'lsa ham u bilan aloqalarni uzishga qaror qildi.

Bunning uchun u o'ziga sovg'a qilinga soat va pullarni olib bildirmay Hasanning yotog'iga tashlab qo'ydi. Nima bo'lganini tushungan Hasan barcha aybni bo'yniga olib bu safar ham haqiqiy do'stligini isbotladi. Bo'lib o'tgan voqealar uchun Hasanni kechirgan Amirning otasi Hasan va uning otasi Alidan uydan ketmaslikni iltimos qildi. Lekin ular baribir Amirning uyini tark etishdi. Usha yili Sovet ittifoqi Afg'onistonga o'z qo'shinlarini kiritadi. Urushdan qochgan Amirning oilasi Amerikaga ko'chib ketishadi. Oradan vaqt o'tib Amir usha yerda kelib chiqishi muhojirlar oilasidan bo'lgan qizga uylandi.

 
Xolid Husayni, 2007-yil

Haqiqatlar oshkor bo'lishi tahrir

Amirning otasining do'sti uning o'limidan so'ng haqiqatni Amirga haqiqatni, Hasan bilan ular aka-uka ekanliklarini oshkor qiladi. Bahtga qarshi Hasan ayoli bilan Tolibon tomonidan o'ldiriladi. Lekin uning Suhrob ismli farzandi bolalar uyida tushib qoladi. O'z aybini yuvish maqsadida Amir Suhrobni qaramog'iga olmoqchi bo'ldi.

Ona yurtiga qaytgan Amir vayron bo'lgan shaharda Suhrobni topa olmaydi. Uni ham boshqa bolalar qatori olib ketishgan edi. Amir usha tolibni topdi. U bolalikdan ularni haqoratlab kelgan Asif edi.

Qahramonlar tahrir

  • Amir - o'ziga to'q, boy oilaning farzandi. Bolalikdan hikoyalar yozishga qiziqadi, uning eng birinchi muhlisi Hasan.
  • Bobo - Amirning otasi. Obroli oilaning farzandi, ziyoi inson. Hayotda qilgan ayblarini yuvish maqsadida ko'p hayriya ishlarini olib boradi.
  • Hasan - do'stining hoyinliklariga qaramasdan uni yaxshi ko'rgan. Amirning uyidagi hujrada tug'ilib katta bo'ldi.

E'tirof tahrir

  • Roman 2004-yilda Exclusive Books Boeke Prize mukofotini qo'lga kiritdi.[1]
  • 2005-yilda AQSHda bestsellerlar ro'yhatida uchinchi o'rinni egalladi.[2]
  • 2009-yilda The Millions jurnali ming yillikning eng yaxshi kitoblarini e'lon qildi, roman kuchli yigirmatalikdan joy egalladi.[3]

Roman Nielsen Golden Book Award mikofoti bilan taqdirlangan.[4].

Ekranlashtirish tahrir

2007-yilda kinorejissor Mark Forster asarning kinotalqinini suratga oldi.

Manbalar tahrir

  1. Список победителей премии Exclusive Books Boeke Prize на сайте Goodreads
  2. Top 10 US bestsellers in 2005 в статье «Potter tops 2005 bestseller list in US» на сайте RTE
  3. Best of the Millennium, Pros Versus Readers в журнале The Millions, сентябрь 2009
  4. „21st Century Platinum Hall of Fame“ (en). Nielsen Awards. 2019-yil 1-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 1-avgust.