Sharja — BAAdagi shahar. Sharja amirligining poytaxti. Aholisi 320 ming kishi (1990y.lar oʻrtalari). Fors qoʻltigʻi sohilidagi port, savdo markazi. Oltin va kumush buyumlar kandakorligi rivojlangan. Qirgʻoqqa yaqin suvlardan baliq ovlanadi.