Sharofiddin Buxoriy, Xoja Sharofiddin Sanoiy (13-asr 2-yarmi — Shofirkon tumani — 14-asr 1-choragi) — faqih va mudarris, mutasavvif shoir. Buxoro madrasalarida mudarrislik qilgan. Oʻrta asrlarda madrasalar va maktablarda asosiy darsliklardan biri sifatida oʻqitilgan "Chor kitob" (boshqa nomi: "Chahor kitob" — "Toʻrt kitob"; 2 sheʼriy va 2 nasriy majmua) ni tuzgan va uning 1-kitobi — "Nomi Haq" ("Alloh nomi") ni forstojik tilida yozgan (taxminan 1300-yil). Islom diniga oid pandnasihatlar kitobi sanalgan "Chor kitob" hozirgi kungacha yetib kelgan. Kitobda toatibodat, shariatning qonunqoidalari: farz, sunnat, namoz va roʻza haqida fikr yuritilgan. Shuningdek, unda qiziqarli voqea va hikoyatlar, sharqona donishmandlik namunalari bayon etilgan. "Chor kitob" tojik tilida (Dushanba, 1990) va shoir Olim Boʻri tarjimasida oʻzbek tilida (Toshkent, 1992) nashr etilgan.