Sharqiy Tavr togʻlari
Sharqiy tavr togʻlari - Turkiyaning janubi-sharqidagi togʻlar. Gʻarbdan sharqqa 600 km ga choʻzilgan. Eng baland joyi 3090 m. Asosan, otqindi va choʻkindi jins (ohaktosh va qumtosh) lardan tuzilgan. Dajla, Furot daryolari hamda ularning irmoqlari bilan boʻlib yuborilgan. Iqlimi kontinental. Shimoliy quruq yon bagʻirlari etaklari chala choʻl, yuqorirogʻi dashtlardan iborat, sernamroq janubiy yon bagʻirlarida makvis chakalakzorlari, yuqoriroqda dub oʻrmonlari va archazorlar hamda alp oʻtloqlari mavjud. Voha dehqonchiligi rivojlangan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |