Shatt ul-Arab
Shatt ul-arab — Iroq va Erondagi daryo. Uz. 195 km, havzasining maydoni 1 mln. km². Dajla va Furot daryolarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Mesopotamiya pasttekisligidan oqib, delta hosil qilib Fors qoʻltigʻiga quyiladi. Asosiy irmogʻi — Qarun daryosi. Oʻrtacha suv sarfi 1500 m³/sek., bahorda toʻlib oqadi. Kema qatnaydi. Basra shahrigacha dengiz kemalari kira oladi. Asosiy portlari: Basra, Hurramshahr, Obodon shahrilari.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |