Shavkat Zakariyevich Oʻrazayev (1927. 1.8, Chekmagushev tumani, Boshqirdiston) — huquqshunos olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1977). Yuridik fanlari doktori (1962), professor (1965). Toshkent yuridik institutini tugatgan (1947). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi iqtisod, falsafa va huquq fanlari boʻlimi akad.kotibi (1966— 70). Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Prezidiumi aʼzosi (196670 va 1989-93). Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy nazorat komiteti (1990—93), keyin esa Konstitutsiyaviy sudi raisi (1994). Toshkent yuridik institutining rektori (1994—95). 1996-yildan Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasining professor Oʻ.ning ilmiy ishlari davlat va huquq nazariyasi, Markaziy Osiyo va Oʻzbekistonda milliy davlatchilikning vujudga kelishi hamda rivojlanishi masalalariga bagʻishlangan. Respublikada yuridik fanlarining rivojiga va yuqori malakali huquqshunoslar tayyorlashga muayyan hissa qoʻshgan. 1chaqiriq Oʻzbekiston Oliy Majlisi deputati. Oliy Majlisning inson huquqlari boʻyicha vakili (1995). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1973).

Manbalar tahrir

  • Hokimiyat va qonun, T., 1992; Mustaqil Oʻzbekistonning Konstitutsiyasi, T., 1994; Rimskoye pravo, T, 2000.