Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi (Toshkent)

Toshkentdagi Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi — 2018—2019-yillarda qurib bitkazilgan masjid. Oʻzbekiston musulmonlari idorasining 1989—1993-yillardagi raisi, muftiy Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf sharafiga nomlangan.

Masjid
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi
Mamlakat  Oʻzbekiston
Hudud Toshkent
Tuman Chilonzor
Manzil Soʻgalli ota mahallasi[1]
Yoʻnalishi sunniy
Masjid turi Jomeʼ-Masjid
Meʼmoriy uslub Islom meʼmorchiligi
Binokorlik tashabbuschisi Oʻzbekiston hukumati[2]
Homiylar Oʻzbekiston musulmonlari idorasi
Binokorlik 2018-yil 3-fevral2019-yil 10-may
Soʻngi imom Ismoilxon Muhammad Yusuf[3]
Maqomi Faoliyat yuritmoqda
Umumiy maydoni 2 gektar
Minoralar soni 2
Minoralar balandligi 20 metr
Qurilish materiali Gʻisht, beton, sement, yogʻoch, temir, alyumin
Holati amaldagi
Tarovih
Saharlik va iftorlik
Kutubxona
Madrasa

Koordinatalari: 41°26′14″N 69°17′26″E / 41.43722°N 69.29056°E / 41.43722; 69.29056 G O

Tavsifi tahrir

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Soʻgalli ota ziyoratgohi yonida Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf qurilishini boshlatgan masjid uzoq yillar qarovsiz holda qolib ketgan edi. Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2018-yili fevral oyida bu yerga kelib, masjidni keng va koʻrkam qilib qurish boʻyicha topshiriqlar bergan. Bir yildan ortiqroq vaqt davomida 2 gektardan ziyod maydonda ulkan majmua bunyod etildi. Avvalgi loyihadagi ayvon oʻrni ham masjid binosiga qoʻshilib, yanada kengaytirildi. Majmuadan, shuningdek, konferens-zal, oʻquv xonalari, tahoratxona, muzey va boshqalar joy olgan. Yoʻl boʻyidagi Soʻgalli ota maqbarasi taʼmirlangan. Beton qoldiqlari chiqarib tashlanib, koʻkalamzorlashtirilgan.

Manbalar tahrir