Bosh menuni ochish

Sherlock Holmes haqida hikoyalar (1966)

Arthur Conan Doyle qalamiga mansub 12 hikoyadan iborat toʻplam

„Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ (talaffuzi: Sherlok Xolms haqida hikoyalar) — shotland yozuvchisi Arthur Conan Doyle yaratgan izquvar Sherlock Holmes haqidagi hikoyalar toʻplami. Toʻplam 1966-yil Toshkent shahrida „Yosh gvardiya“ nashriyotida chop etilgan. Oʻzbek tilidagi mazkur toʻplamga 12 ta hikoya kiritilgan.

Sherlock Holmes haqida hikoyalar
Muallif Arthur Conan Doyle
Janr detektiv hikoyalar
Til ingliz
Tarjimon Vahob Roʻzimatov
Nashriyot „Yosh gvardiya“
Nashr etilgan 1966
Sahifalar soni 312

Hikoyalarni oʻzbek tiliga 1956-yil Moskvada „Detgiz“ nashriyotida chop etilgan ruscha nashridan Vahob Roʻzimatov tarjima qilgan.

Toʻplamdagi 4 hikoya „The Adventures of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmes sarguzashtlari“) (1892), 3 hikoya „The Memoirs of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmesning memuarlari“) (1894), 5 hikoya „The Return of Sherlock Holmes“ („Sherlock Holmesning qaytishi“) (1905) toʻplamlaridan olingan.

Mazkur toʻplamni nashrga tayyorlashda quyidagi shaxslar ishtirok etgan: E. Mirobidov – muharrir, N. Seytlin – rassom, G. Jirnov – rasmlar muharriri, S. Kapriyelova – texnik muharrir, M. Azimboyeva – musahhih. Kitob adadi – 15 000 nusxa.

1989-yil „Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ga kiritilgan 12 hikoya va yangi tarjima qilingan 6 hikoya „Yulduzcha“ nashriyotida yangi toʻplam oʻlaroq chop etilgan.

QahramonlarTahrirlash

  • Sherlock Holmes (talaffuzi: Sherlok Xolms) – izquvar, bosh qahramon
  • Doktor Watson (talaffuzi: Uotson) – Holmesning doʻsti
  • Missis Watson (talaffuzi: Uotson) – doktor Uotsonning rafiqasi
  • Missis Hudson (talaffuzi: Xadson) – Holmes turgan uyning bekasi

HikoyalarTahrirlash

„Sherlock Holmes haqida hikoyalar“ toʻplamiga kiritilgan hikoyalar
Hikoya Original nomi Original nashr qilingan yil Original toʻplam
„Mallalar uyushmasi“ "The Adventure of the Red-Headed League" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes
„Boskom vodiysining siri“ "The Boscombe Valley Mystery" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes
„Labi tirtiq odam“ "The Man with the Twisted Lip" 1891 The Adventures of Sherlock Holmes
„Moviy karbunkul“ "The Adventure of the Blue Carbuncle" 1892 The Adventures of Sherlock Holmes
„Sargʻish bashara“ "The Adventure of the Yellow Face" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes
„Mesgreyvlar xonadonining udumi“ "The Adventure of the Musgrave Ritual" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes
„Holmesning soʻnggi ishi“ "The Final Problem" 1893 The Memoirs of Sherlock Holmes
„Boʻsh uy“ "The Adventure of the Empty House" 1903 The Return of Sherlock Holmes
„Internatda sodir boʻlgan hodisa“ "The Adventure of the Priory School" 1904 The Return of Sherlock Holmes
„Qora Piter“ "The Adventure of Black Peter" 1904 The Return of Sherlock Holmes
„Oltita Napoleon“ "The Adventure of the Six Napoleons" 1904 The Return of Sherlock Holmes
„Ikkinchi dogʻ“ "The Adventure of the Second Stain" 1904 The Return of Sherlock Holmes

Shuningdek qarangTahrirlash

HavolalarTahrirlash