oʻzbekcha: Sherlok (teleserial)
Nomi: Sherlok
Asl atamasi: inglizcha: Sherlock (TV series)
Mamlakat: Buyuk Britaniya bayrogʻi Birlashgan Qirollik
Janr: Detektiv, Drama
Mualliflar:

Film Artur Konan Doyl asarlariga asoslangan

Qismlar vaqti: 90 daqiqa
Bastakorlar:
Prodyuserlar:
Rejissyorlar:
Rollarda:
Fasllar: 4 ta fasl
Qismlar: 13 ta qism
Telekanal: BBC One
Birinchi namoyishi: 25-iyul, 2010-yil
Hozirgi holati: davom etmoqda
Veb-sayt: http://www.bbc.co.uk/programmes/b018ttws

Sherlok yaʼni Sherlok Xolms sifatida juda ham keng tarqalgan Britaniyaning Hartswood Films kompaniyasi tomonidan, maxsus BBC Wales uchun suraʼtga olingan teleserial. Film ser Artur Konan Doylning detektiv Sherlok Xolms asarlari asosida suraʼtga olingan. Filmdagi voqealar yozuvchi tassavuridek XX asrda emas balki, bizning kunlarda sodir boʻladi. 2009-yilda maxsus namoyishga chiqmagan epizodlar taqdimoti boʻlib oʻtadi, keyinchalik 2010-yilda BBC One va BBC HD telekanallarida toʻqson (90) minutlik uch qismli birinchi fasl koʻrsatila boshlangan. Ikkinchi fasl 2012-yilning yanvarida, uchinchi fasl esa 2014-yilning yanvarida BBC One telekanali tomonidan omma eʼtiboriga havola etilgan. 2014-yilning 8-yanvarida Steven Moffat teleserial toʻrtinchi va beshinchi fasllarga choʻzilishini OAV hodimlari bilan boʻlgan suhbatda qayd etib oʻtgan.[1] Ushbu teleserialning oʻzbek tilidagi tarjimasi 2014-yilning avgustida Yoshlar teleradiokompaniyasi tomonidan efirlarga uzatilgan boʻlib barcha fasllarni oʻz ichiga qamrab oladi. Serial mualliflari taniqli Kim Doktor va Jekkil teleseriallari bilan muhlislarga yaxshi tanish boʻlgan Steven Moffat va Mark Getisslardir.[2] Bosh rollarni esa (Sherlok Holms rolida) Benedikt Kamberbetch va (Doktor Vatson rolida) Martin Frimanlar ijro etishgan. Filmni tasvirga olish ishlari asosan, London va Cardiff shaharlarida boʻlib oʻtgan. Ushbu film uch fasl taqdimoti yuzasidan koʻplab Xalqaro kinomukofotlariga munosib koʻrilgan va 2011-yilda Eng yaxshi drammatik serial[3] nominatsiyasi ostida nufuzli BAFTA televizion mukofotiga sazovor boʻlgan.

Qisqacha serial borasida tahrir

Serialda Konan Doylning ajoyib kriminalistika va vahimali Sherlok Xolms asari bosh qahramoni va uning yaqin doʻsti Dr. Vatsonlarning sarguzashtlaridan parchalar keltirilgan. Hodisalar rivoji XIX va XX asrlardan bizning davrlarga koʻchirilgan va moslashtirilgan. Yordamchiga ehtiyoji kuchli Sherlok Xolms oʻz doʻsti orqali yaqinda Afgʻonistondan qaytgan harbiy-shifokor Jon Vatson bilan tanishadi. Sherlok darhol Vatsonni yaqinda Afgʻonistondagi urushdan qaytganini va urush xotiralari uni hamon qiynayotganini hamda oyogʻiga qarab oyoqdagi ogʻriq psihomatiya oqibatida yuzaga kelishini aytib berib Vatsonni hayratga soladi. Bu ikki jentlmenlar Beyker Strit koʻchasida 221 B uyda yashovchi koʻngilchan Xadson xonimnikiga ijarachi sifatida joylashishadi. Ular birgalikda oʻta kuzatuvchanlik, tezkor tahlil, deduksiya nazariyasi, zamonaviy texnologiyalar, internet va mobil aloqa vositalari yordamida Scotland Yardga murakkab jinoyatlarni fosh etishda oʻziga xos beminnat yordamlarini koʻrsatishadi.

Serialning yaratilishi tahrir

Gʻoya tahrir

Teleserial Steven Moffat va Mark Gatiss hamkorligining mahsuli hisoblanadi. Ushbu ikki shaxs oldinlari ham telekanallar uchun maxsus Xolms kabi murakkab filmlar bilan shugʻullanishgan[4]. 2007-yilda Moffat Robert Stivensonning Janob Xayd va doktor Jekkilning qoʼrqinchli taʼrixi asariga asoslangan Jekkil filmiga senaristlik qiladi.[5] Mark Gatiss esa, Charlz Dikkensning asarlariga asoslanib suraʼatga olingan Kim Doktor ilmiy-fantastik serialining Notinch oʻlik nomi bilan mashhur boʻlgan qismiga senaristlik qiladi[6]. Bu gʻoya Moffat va Gatiss Kim Doktor filmi ustida ishlayotgan vaqtlari, Londonga poyezd orqali birgalikda ketishayotganida ikkalasiga ham Doylning detektiv asarlari yoqishini payqab qolishi, teleserial yaratilishiga asosiy turtki boʻlgan[7]. Ular gʻoyasining asosiy mazmuni boʻlib, Sherlok Xolmsni industrial epoha vasvasasidan halos etish boʻlgan. Sherlok Xolms taʼrixi haqida Mark Gatiss ushbu soʻzlarni aytib oʻtgan: Men qachonki fikrlari oʻqilmagan insonlarni uchratganimda, ularni (odamlar) naqadar qiziqarli narsa kutayotgani haqida doim oʻylayman.[8] Monte-Karloda boʻlib oʻtgan, mukofot topshirish marosimlaridan birida, prodyuser Syu Vertu va Moffatning rafiqasi bu ikki gʻoya muallifiga filmni yorqin ekranlarga olib chiqishni tavsiya qilishadi.[9]

Steven Moffatning The Guardian nashriyoti bilan boʻlgan intervyusi:[10]

Biz uni jumboqli fikrlash sanaʼatidan halos etib, qanday boʻlsa ham, uni oʻz holicha koʻrishni istagan edik. Sherlok Xolms aslida moʻjizakor inson boʻlib, boy oilaning farzandi boʻlgan va mushkul jinoyatlarni olimlardek fosh etgan izquvar bizning shaharda yashagan. Vatson boʻlsa harbiy jarohati tufayli Afgʻonistondagi frontdan chetlatilgan doktor boʻladi. Frontga qaytishni tez qumsagani bois, uy unga zerikarlidek tuyuladi. Biroq jinoyatni bir telba bilan fosh etish unga zavq bagʻishlaydi.

— oʻzbek tiliga Foydalanuvchi:Bir soddadil Uzbek tomonidan tarjima qilindi

Asl nusxasi:

We wanted to bring him out of the faux-Victorian fog and see him for what he is. Sherlock Holmes is really that posh freak from a wealthy family, that scary boffin crime-solver who lives in your town. Then Watson the ex-soldier, invalided out of the war in Afghanistan, coming home a bit bored because he'd rather be back at the front. So solving crimes with a psychopath excites him.

Ijodkorlar tarkibi
 
Senariy mualliflaridan biri Steven Moffat
 
Senariy mualliflaridan biri Mark Gatiss
 
Paul McGuigan teleserial rejissyorlaridan biri
 
Sue Vertue teleserial prodyuseri

Gatiss serialning oxirgi qismlari nihoyatda va juda zerikarli ekanini taʼkidlab oʻtib, Beyzil Ratbvan bosh rolni ijro etgan 1930-nchi va 1940-nchi yillardagi film kabi Xolmsni asl holidan uzoqlashtirish kerakligini qayd etib oʻtgan[8]. Sherlokning DVD formatidagi audiolavhalarida Moffat va Gatissning fikricha, ular asl Konan Doyl asarlaridan va Sherlok Xolms borasida suraʼtga olingan barcha filmlarlardan foydalanishgan.[9] Benedikt Kamberbetch ijrosidagi Sherlok Xolms obrazi jinoyatni fosh etish paytida SMS, Internet, GPS kabi zamonaviy texnologiyalardan foydalanadi. Paul McGuiganning aytishiga qaraganda serial boshidagi toʻrt qism Konan Doyl tassavuridek sodir boʻlgan, faqatgina film voqealari bizning zamonamizga oʻzgartirilgan. Doyl tassavuridagi Sherlok Xolms oʻz davridagi texnologiyalar va labaratoriya tajribalaridan foydalangan.[11]

Benedikt Kamberbetch:

Men Xolmsning Vikipediyadan foydalanishiga shubham bor. Lekin u texnologiyadan foydali resurs sifatida foydalanadi[12].

Ismlar va personajlarning muomalasi bilan bogʻliq koʻpgina holatlar zamonaviylashtirilgan. Sherlok teleserialida qahramonlar bir-birini ismlari bilan atashgan hamda ular orasidagi munosabat ham oʻzgacha lavha kasb etgan.[13].

Taʼrix va qahramonlarning zamonaviylashtirilishiga qaramasdan, baʼzi bir epizodlar oʻzgartirilmagan. Bunga misol, Xolms Beyker Stritdagi manzili, uning qadrdonlari va uning ashaddiy dushmani Moriarti shular jumlasidandir[14] Martin Friman – Afgʻonistondagi urushdan qaytganiga unchalik koʻp boʻlmagan harbiy shifokor Jon Vatson obrazini talqin etgan;[15] Gatiss va Moffat tasvirlagan Vatson obrazi bilan Konan Doyl yaratgan Vatson orasidagi tafovut shundaki, asl kitobda yozilishicha Doktor Vatson Ikkinchi ingliz-afgʻon urushida yaralanib frontdan chetlatilishidadir.

Keyinchalik Gatiss:

Bu oʻsha urush deb oʻyladim men. Oʻsha magʻlub qilib boʻlmaydigan urush[8].

Sherlokning (60) oltmish daqiqalik birinchi epizodi 2008-yilda Edinburgda oʻtkazilgan xalqaro telenigoh festivalida namoyish etilib, ikkinchi efir 2009-yilga tayyorlangan[14]. Epizodning muvafaqqiyatli namoyishidan soʻng teleserialni toʻliq suraʼtga olish ishlari rejalashtirilgan[14][16] Birinchi epizodga OAV hodimlari tomonidan berilgan habarga koʻra 800 000 funt-sterling sarflangan.[17]. BBC maʼmuriyati serialning bu formatdagi epizodini oʻzgartirish kerak degan hulosaga kelgan va uch epizod toʻqson daqiqalik qilib suraʼtga olingan[16][17]. Keyinchalik birinchi qismlarning koʻrsatilmagan varianti birinchi fasl bilan birgalikda DVD formatida muhlislar eʼtiboriga havola etilgan. Mualliflar DVDdagi audiolavhalar BBC tomonidan maʼqullangan, lekin format jihatini oʻzgartirish kerakligi borasida zaruriy maslahatlar berilgan. The Guardian jurnalistining soʻzlaricha Yangicha qiyofa kasb etgan epizod qaytadan yozilgan, kengaytirilgan, butunlay tashqi oʻzgarish, dekoratsiya rejalari, ovozlashtirish ishlari qaytadan amalga oshirilgan[17].

Aktyorlar tarkibi va personajlar tahrir

Aktyorlar tarkibi
 
Benedict Cumberbatch (Sherlok Xolms rolida)
 
Martin Freeman (Doktor Vatson rolida)
 
Rupert Graves (Inspektor Lestrayd rolida)
 
Andrew Scott (Professor Moriarti rolida)
 
Mark Gatiss (Maykroft Xolms rolida)

Tasvirga olish jarayoni va keyingi bosqichlar tahrir

Epizodlar roʻyxati tahrir

Birinchi fasl (2010) tahrir

Ikkinchi fasl (2012) tahrir

Uchinchi fasl (2014) tahrir

Toʻrtinchi fasl tahrir

Toʻrtinchi faslning soʻngi ikki qismning premyerasi 2017-yil Fevral oyiga moʻljallangan.

Jonli efir va reytinglar tahrir

Birinchi fasl tahrir

Ikkinchi fasl tahrir

Uchinchi fasl tahrir

Matbuot va bogʻlovchi ashyolar tahrir

Saundtreyk tahrir

Sherlock: The Network tahrir

Reaksiya tahrir

OAV tahrir

Bahsli mavzular tahrir

Gomoseksual koʻrinish tahrir

Iren Adler qiyofasi tahrir

Amerika teleseriallari bilan taqqoslanishi tahrir

Mashhurlik tahrir

Mukofotlar va nominatsiyalar tahrir

Havolalar tahrir

Manbalar tahrir

  1. Paul Jones. „Sherlock: We’ve plotted out the whole of series 4 and 5 reveals Steven Moffat“ (inglizcha). Radio Times (8 января 2014). Qaraldi: 9-yanvar 2014-yil.
  2. Paul Jones. „Sherlock season 4 could come sooner than expected: «We’re working on dates» says producer“ (inglizcha). Radio Times (9 января 2014). 12-yanvar 2014-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 13-yanvar 2014-yil. (Wayback Machine saytida 12-yanvar 2014-yil sanasida arxivlangan)
  3. „Television Awards Winners in 2011“ (inglizcha). BAFTA. 2-noyabr 2011-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2-noyabr 2011-yil sanasida arxivlangan)
  4. Parker, Robin. „Doctor Who's Moffat to Pen Modern Sherlock Holmes“ (inglizcha). Broadcast. Emap Media (23 августа 2008). 2-dekabr 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil. (Wayback Machine saytida 2-dekabr 2008-yil sanasida arxivlangan)
  5. Walton, James „The Weekend on Television“ (inglizcha). The Telegraph (18 июня 2007). 21-may 2008-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  6. Mark Gatiss. Doctor Who: The Shooting Scripts. BBC Books, 2005. ISBN 0-563-48641-4. 
  7. Bevan, Nathan. „Benedict Cumberbatch, Martin Freeman star in new BBC Sherlock Holmes drama filmed in Cardiff“ (inglizcha). South Wales Echo. Western Mail and Echo (15 января 2009). Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  8. 8,0 8,1 8,2 Manba xatosi: Invalid <ref> tag; no text was provided for refs named thorpe
  9. 9,0 9,1 Sue Vertue, Steven Moffat va Mark Gatisslarning audiolavhalari teleserialning birinchi Pushti tadqiqot qismida foydalanilgan.
  10. Stuart Jeffries. „'There is a clue everybody's missed': Sherlock writer Steven Moffat interviewed“ (inglizcha) (20 января 2012). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  11. Pendreigh, Brian „Times have changed but crimes are the same for new Sherlock Holmes“ (inglizcha). The Herald (19 июля 2010). 8-may 2012-yilda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil. (WebCite saytida 8-may 2012-yil sanasida arxivlangan)
  12. „Sherlock is a ride for Cumberbatch“ (inglizcha). Press Association. Streatham Scotland (24 июля 2010). 2011-yil 30-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  13. Brian Pendreigh. „Times have changed but crimes are the same for new Sherlock Holmes“ (inglizcha). Herald Scotland (19 июля 2010). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil. (WebCite saytida 8-may 2012-yil sanasida arxivlangan)
  14. 14,0 14,1 14,2 „BBC to make a modern-day Sherlock Holmes“ (inglizcha). The Telegraph (19 декабря 2008). Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  15. AP. „Life outside The Office for Martin Freeman“ (inglizcha). Wales on Sunday. Western Mail and Echo (16 августа 2009). Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  16. 16,0 16,1 Heritage, Stuart „Replay the best of 2010“ (inglizcha). The Guardian (24 декабря 2010). 2012-yil 8-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-yanvar 2012-yil.
  17. 17,0 17,1 17,2 Lawson, Mark „The rebirth of Sherlock“ (inglizcha). The Guardian (2 сентября 2010). Qaraldi: 7-sentabr 2010-yil.