Sherzod Daliyev
Sherzod Daliyev Karshiyevich (1986-yil 12-may, Samarqand viloyati, Oʻzbekiston) — Oʻzbekistonlik olim, texnika fanlari b o‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent.
Sherzod Daliyev Karshiyevich | |
---|---|
Tavalludi |
1986-yil Paxtachi tumani, Navoiy viloyati, Oʻzbekiston |
Fuqaroligi | Oʻzbekiston |
Kasbi | O‘qituvchi |
Sohasi | Texnika fanlari |
Taʼlimi | Samarqand davlat universiteti |
Ilmiy darajasi | Texnika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) |
Ilmiy unvoni | dotsent |
Biografiyasi
tahrirDaliyev Sherzod Karshiyevich 1986-yil 12-mayda tugʻilgan. *2006-2010 yillarda Samarqand davlat universiteti talabasi,
- 2010-2012 yillarda Samarqand davlat universiteti magistranti,
- 2012-2015 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi assistenti,
- 2015-2017 yillarda Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika kafedrasi assistenti,
- 2017-2018 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi assistenti,
- 2018-2020 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi tayanch doktoranti,
- 2021- 2022 yillarda Samarqand davlat universiteti Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti, PhD,
- 2022- 2023 yillarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi dotsenti, PhD,
- 2023 yildan hozirgi vaqtda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi [1] mudiri lavozida faoliyat yuritib kelmoqda.
Mehnat faoliyati
tahrir- 2012-2015 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi assistenti,
- 2015-2017 yillarda Samarqand davlat universiteti Amaliy matematika kafedrasi assistenti,
- 2017-2018 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish va kompleks dasturlash kafedrasi assistenti,
- 2018-2020 yillarda Samarqand davlat universiteti Matematik modellashtirish kafedrasi tayanch doktoranti,
- 2021- 2022 yillarda Samarqand davlat universiteti Dasturiy injiniring kafedrasi dotsenti,
- 2022 - 2023 yillarda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Axborot texnologiyalari kafedrasi [2] dotsenti,
- 2023 yildan hozirgi vaqtda Samarqand davlat universitetining Kattaqo‘rg‘on filiali Raqamli texnologiyalar va iqtisodiyot kafedrasi mudiri [3][4]lavozimida faoliyat yuritib kelmoqda.
Ilmiy faoliyati
tahrirSherzod Daliyev 2021 yilda 05.01.07- Matematik modellashtirish.
Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha “Yer osti suvlarining sathi va minerallashuvi oʻzgarishini bashorat qilish uchun geofiltrasiya jarayonlarini sonli modellashtirish” mavzusidagi falsafa doktori dissertatsiyasini himoya qilgan.
2024-yilda Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui ixtisosligi bo‘yicha dotsent ilmiy unvonini olgan.
30 dan ortiq ilmiy ishlari respublika va halqaro ilmiy nashrlarda, konferensiya to‘plamlarida, hususan, 7 ta ilmiy maqolasi scopus xalqaro ma’lomotlar bazasiga kiruvchi jurnalda chop etilgan, google scholarga doimiy tadqiqot natijalarini indekslab boradi.
Shuningdek O’zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligidan elektron kompyuterlar uchun dasturni rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazganligi uchun guvohnomalar olgan. “Diskret matematika va matematik mantiq fanidan amaliy mashg’ulotlarni bajarish” nomli, “Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar: Laboratoriya mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” nomli, “Qishloq xo‘jaligida axborot-kommunikatsion texnologiyalar: Amaliy mashg‘ulotlarini bajarish bo‘yicha o‘quv qo‘llanma” nomli hamda «Transport logistikasi» nomli o‘quv qo‘llanmalarning muallifi.
Havolalar
tahrirManbalar
tahrir- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ „arxiv nusxasi“. 2023-yil 10-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2024-yil 28-mart.
- ↑ https://t.me/c/2142787154/1132