Sherzod Karimov (1989-yil 26-yanvarda tugʻilgan; Zarafshon, Oʻzbekiston SSR) — oʻzbek futbolchisi.[1] Toshkentning „Paxtakor“ klubi va Oʻzbekiston terma jamoasi yarim himoyachisi.

Sherzod Karimov
Shaxsiy maʼlumot
Tavallud sanasi 26-yanvar 1989-yil (1989-01-26) (35 yosh)
Tavallud joyi Zarafshon Navoiy O‘zbekiston SSR
Boʻyi 174 sm
Ampluasi Yarim himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Klubsiz
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Oʻzbekiston Paxtakor
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2006—2007 Shayxontohur Toshkent 18 (4)
2007—2008 Qizilqum 12 (0)
2009—2018 Paxtakor 160 (25)
2013Qingdao Hainiu F. C. (Ijara) 6 (0)
2018 Lokomotiv Toshkeny 1 (0)
2018 Navbahor 14 (0)
2019 Lokomotiv Toshkeny 12 (2)
2020 Surxon 32 (2)
2021—2022 Neftchi 25 (2)
Milliy terma jamoa
2008—2009 Oʻzbekiston U 20 23 (9)
2010 Oʻzbekiston U 23 5 (2)
2009—2017 Oʻzbekiston 5 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Sherzod Karimov professional faoliyatini 2006-yilda „Shayxontohur“ kluibda Birinchi liga musoboqasida boshlagan.[2][3] 2008-yilda esa Oliy liganing „Qizilqum“ klubiga oʻtdi. Karimov „Qizilqum“ tarkibida 2009-yil boshiga qadar toʻp urgan va shu vaqt ichida jamoa tarkibida oʻn ikkita oʻyin oʻtkazgan.[4][5]

2009-yil boshida Sherzod Karimov Toshkentning "Paxtakor" klubi bilan shartnoma imzoladi. 2013-yilning fevral oyida „Paxtakor“ Sherzod Karimovni Xitoyning „Qingdao Zhongnen“ klubiga ijaraga bergan edi.[6] Xitoy terma jamoasi tarkibida Sherzod Karimov asosiy tarkibda joy ololmadi va oʻsha yilning iyun oyida „Paxtakor“ga qaytdi.[7] U shu vaqtga qadar „Paxtakor“ safida 124ta oʻyinda maydonga tushib, 19ta gol urgan.[8]

Milliy terma jamoa tahrir

Karimov U-19, U-20, U-23 va kattalar terma jamoasida Oʻzbekistonni toʻrtta xalqaro toifada himoya qilgan.

Yutuqlar tahrir

  • 1  Oʻzbekiston chempioni: 2012, 2014, 2015, 2018
  • 2  Oʻzbekiston vitse-chempioni: 2009, 2010, 2019
  • 3  Oʻzbekiston chempionati bronza medali sovrindori: 2011
  • 1  Oʻzbekiston kubogi sohibi: 2009, 2011
  • 1  Oʻzbekiston Pro ligasi: 2021

Manbalar tahrir

Havolalar tahrir