Buyuk Xitoy tekisligi, Shimoliy Xitoy tekisligi — Xitoyda, Osiyodagi eng yirik tekisliklardan biri. Sharqda Sariqdengiz sohili boʻylab 1000 km dan ortiq masofaga choʻzilgan. Shim.dan Yanshan togʻlari oʻrab turadi, gʻarbida Tayxanshan tizmasining yon bagʻri tik tushgan. Maydoni 325 ming km² atrofida. Yer yuzasi tekis, balandligi 100 m gacha. Sharqida Shandun togʻlari joylashgan. Allyuviy jinslardan, gʻarbiy togʻ oldi polosasi qad. yoyilmadan tashkil topgan. Iqlimi subtropik mussonli iqlim, yozi nam, qishi esa quruq va sovuq. Tez-tez suv toshqinlari boʻlib turadi. Jan.dan shimolga tomon Buyuk Kanal oʻtgan. B. Buyuk Xitoy tekisligi mamlakatning aholi eng zich joylashgan hududi. Bugʻdoy, paxta, sholi va boshqa ekinlar yetishtiriladi. Yirik shaharlari: Pekin, Tyanszin va boshqa

Adabiyotlar tahrir

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil