Shixlar — turkiy qabila. shahrining asosiy qismi oʻrta asrlardan hozirgi Turkmanistonning gʻarbiy qismida, Oʻzbekistonning Buxoro, Qorakoʻl, Navoiy, Muborak tumanlarida yashaganlar. Sh. urugʻ sifatida oʻzbeklarning qutchi, qarluq qabilalari tarkibida ham uchraydi. Sh. oʻz nomlarini shayx (diniy unvon, muqaddas joy, madrasa nazoratchisi va hokazo)larga yaqin qoʻyib, kelib chiqishlarini esa Muhammad paygʻambar bilan bogʻlaydilar. Aslida Sh. oʻrta asrlarda yirik qabilalardan birining nomi boʻlib, keyinchalik tarmoqlarga boʻlinib ketganlar. 19-asrning 2-yarmida shahrining asosiy qismi yarim qoʻchmanchi boʻlib, chorvachilik bilan shugʻullanganlar. 20-asrning 20—30-yillarida Turkmanistondagi Sh. turkmanlar tarkibiga, Oʻzbekistonda yashagan Sh. oʻzbeklar tarkibiga singib ketishgan.