Koʻkterak
(Shoʻrterakdan yoʻnaltirildi)
Koʻkterak, shoʻrterak, chinniterak (Populus bachofenii Wierz.) — toldoshlar oilasiga mansub daraxt. Boʻyi 35–40 m, keng shox-shabbali. Barglari yirik, uch, besh, yetti burchakli, cheti koʻngura, orqasi mayin, oq tukli, usti kumushrang-yashil, yaltiroq. Barg yozishidan oldin toʻpguli kuchala chiqaradi. Oʻrta Osiyo, Gʻarbiy Yevropa, Oʻrta dengiz sohillari va Eronda koʻp tarqalgan. K. qalamcha va ildiz bachkisidan koʻpaytiriladi, tez oʻsadi. Manzarali oʻsimlik sifatida ekiladi. Yogʻochi imoratlar qurish, duradgorlikda ishlatiladi.[1]
Manbalar
tahrir
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |