Shoislom Shoqosimov

oʻzbek diplomati

Shoislom Ismonovich Shoqosimov — oʻzbek diplomati va filolog. 2005-yildan 2018-yilgacha Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi[1].

Shoislom Ismonovich Shoqosimov
Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi
Mansab davri
2005-yildan – 2018-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi ?
Vorisi Ergash Shoismatov
Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi
Mansab davri
1998-yildan – 2003-yilgacha
Prezident Islom Karimov
Oʻtmishdoshi Shomansur Shohalilov
Vorisi Baxtiyor Islomov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 2-dekabr 1951-yil (1951-12-02) (72 yosh)
Taraz, Qozogʻiston

Biografiyasi

tahrir

Qozog‘istonning Jambul shahrida tugʻilgan.

Toshkent universitetining filologiya fakultetini, KPSS MK huzuridagi siyosatshunoslik maktabini tamomlagan.

Oʻzbekiston SSR Kommunistik partiyasi Toshkent viloyati qoʻmitasi mafkura boʻlimida ishlagan.

1994-yildan 1998-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

1998-yildan 2003-yilgacha — Oʻzbekistonning Rossiyadagi elchisi.

2003-yildan 2005-yilgachaOʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining oʻrinbosari.

2005-yildan 2018-yilgacha — Oʻzbekistonning Tojikistondagi elchisi[2][3].

2018-yildan — Oʻzbekiston Respublikasi energetika ishchilari kasaba uyushmasi raisining oʻrinbosari.

Manbalar

tahrir
  1. Biografiyasi / centrasia.org
  2. Xorijiy davlatlardagi elchixonalar, 2018-05-10da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2023-05-07
  3. Shoislom Shoqosimov