Tez tibbiy yordam — inson hayoti hamda sogʻligʻi uchun xavfli holatlar roʻy berganda kechasiyu kunduzi shifoxonagacha koʻrsatiladigan tibbiy yordam turi va tizimi.

Ilk bor Tez tibbiy yordam 1918-yil Toshkent shahrida punkt sifatida tashkil etilib, 1926-yil mustaqil Tez tibbiy yordam stansiyasiga, 1974-yil Tez tibbiy yordam klinik kasalxonasi bilan birlashtirilib boʻlimga aylantirildi. 1983-yil kasalxonadan ajratilib, mustaqil shahar tez va shoshilinch tibbiy yordam stansiyasi deb ataldi. Oʻzbekiston Respublikasi Farmoni bilan №PF-2107 10.11.1998yil Shoshilinch Tibbiy Yordam Xizmati taʼsis etilib, 2001-yildan shoshilinch tibbiy yordam va tez tibbiy yordam tushunchalari ikki xil maʼnoga ega. Tez tibbiy yordamning vazifasi hodisa yuz bergan joyda, uyda, bemorni kasalxonaga olib keta turib shoshilinch, shu jumladan mutaxassis vrach tomonidan yordam koʻrsatish, lozim boʻlsa, bemorlarni kasalxonaga yetkazishni taʼminlashdan iborat. Bundan tashqari, Tez tibbiy yordam xizmati koʻzi yoriydigan (tug'ayotgan) ayollarni yoki uyida koʻzi yoriganlarni shifokor talabiga koʻra davolash muassasalariga olib boradi. Tez tibbiy yordam xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon indeksi (103) joriy etilgan. Tez tibbiy yordam stansiyalari xodimlari mehnatga qobiliyatsizlik varaqalari, sudtibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemorlarga yo ularning qarindoshlariga yozma maʼlumotnoma berish huquqiga ega emas. Qishloq joylarida kunning istagan paytida Tez tibbiy yordam koʻrsatish shifokorlar va oʻrta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin boʻlgan joylarga sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatiladi. Tez tibbiy yordam mashinalari radiolashtirilgan boʻlib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan taʼminlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalyatorlar, elektrokardiograf va boshqa zaruriy asboblar bilan jihozlangan. Respublikaning har bir tuman (shahar) hududida ixtisoslashtirilgan maxsus reanimatsion, umumtarmoq shifokorlik brigadalari, feldsherlik brigadalari va psixiatrik brigadalari tashkil etilgan. Bu uyda va yoʻlda keta turib ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam koʻrsatishga imkon beradi.

Bugungi Tez yordam xizmatini mening fikrimga ko'ra 3 davrga bo'lish mumkin, yaʼni 2016 yilgacha davr, 2016 yildan 2022 yilgacha bo'lgan davr hamda 2022 yil iyun oyidan hozirgacha yangi davr tez tibbiy yordam xizmatidir. 2016 yilgacha davrda tez tibbiy yordam tibbiyotdagi eng og'ir ahvoldagi og'riqli soha boʼlgan, chunki bu davrda oylik maoshi pastligi, hodimlarga eʼtibor va yetarli sharoitni mavjud emasligi sababdan tibbiy hodimlar qo'nimsizligi, sanitar avtomashinalarni eski va nosoz holatdaligi, ularni sonini normaga nisbatan kamligi, yoqilg'i-moylash va avtomobillar ehtiyot qismlarini umuman yo'qligi, dori-vositalar qog'ozda bo'lsada amalda mavjud emasligi, hech qanday davolash standartlari, ish yo'riqnomalarni mavjud emasligi, eskicha aloqa vositalaridan foydalanilganlikdir. 2016 yildan 2022 yilgacha davrda Sh.M.Mirziyoyevning prezident etib saylanganligi, u kishini ko'plab aholini fikridan kelib chiqib, sohadagi eng muammoli bo'lib turgan tez yordam xizmatini isloh qilish kerakligi davri desak bo'ladi, chunki bu davrda tizimni rivojlantirish rejasi, yangiliklarni kirish emas eng avvalo mavjud muammolarni bartaraf etish talab etilardi. Bemor uchun eng avvalo kerak bo'lgan dori-vositalar bilan taʼminlanishi, hodimlarni oylik maoshini bir nea barobar oshirilishi, ularga etarlicha sharoitni yaratib berilishi, sanitar-avtomashinalarni zamonaviylariga almashtirilishi, ularni belgilangan normativ asosida sonini ko'paytirilishi aholimiz tomonidan bir muddat sohaga bo'lgan eʼtirozni kamaytirishga olib keldi. Lekin bugunga kelib tizim zamonaviy emasligi yangi tizim yaratish kerakligini ko'rsatib berdi. Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2022 yil 16 iyundagi “Аholiga tez tibbiy yordam ko'rsatish tizimini takomillashtirish to'g'risida”gi PQ-283-sonli Qarori orqali Respublika tez tibbiy yordam markazi hamda uning 14 ta hududiy filiallarini tashkil etilishiga zamin yaratdi. Shu o'rinda Sh.M.Mirziyoyevning tez tibbiy yordam xizmati xaqidagi bir fikrini keltirsam, “Sohada yagona boshqaruv tizimi yo'lga qo'yilmagan, yaʼni tez tibbiy yordam xizmatining 3 ta «xo'jayini» bor. Jumladan, tibbiyot xodimini «rayzdrav» tayinlaydi, dispetcherlarni ishga qabul qilish va dori-darmon taʼminoti viloyat shoshilinch yordam markazida, transport parki, yoqilg'i taʼminoti va haydovchilar esa «oblzdrav»ga bo'ysunadi” — degan edilar.

Markaz va uning hududiy filiallarida situatsion muvofiqlashtiruvchi boʼlimlar tashkil etilib, tuman (shahar) va hududlardagi tez tibbiy yordam tizimi faoliyatini tahlillar asosida boshqaradi va takomillashtirish bo'yicha takliflar kiritadi. 2023 yil 1 sentyabrga qadar Toshkent shahri tajribasi asosida Respublikaning boshqa hududlarida elektron avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimi toʼliq joriy qilinadi. 1 dekabrga qadar Аndijon, Jizzax, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari, 2023 yil 1 sentyabrga qadar Qoraqalpog'iston, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg'ona va Xorazm viloyatlari tuman (shahar)laridagi dispetcherlik xizmatlari tugatiladi. Toshkent shahri tajribasi asosida Markazning hududiy filiallarida — yagona Call-markazlar faoliyati yo'lga qo'yildi. "CALL" markazlarda aholiga zamonaviy tez tibbiy yordam ko'rsatish uchun barcha qulay shart-sharoitlar yaratilib, chaqiruvlarni qabul qilish uchun tunu-kun uzliksiz faoliyat yuritadigan yagona tizim yaratilgan. Bunda chaqiruvlarlar ustuvorligi bo'yicha 5 xil toifaga yaʼni binafsha rang-hayotga taxdid soladigan kasallik yoki jaroxat, qizil rang-shoshilinch qo'ng'iroqlar, sariq rang-tezkor, yashil rang-tezkorligi pastroq va ko'k rang-tezkor bo'lmagan kasalliklarga ajratilgan xolatda bevosita GPS-orqali ko'rilib, bo'sh turgan eng yaqin brigadalar qo'lidagi planshetlarga uzatiladi, tibbiy brigadalar tomonidan chaqiruvni qabul qilgan zaxoti zudlik bilan bemor manzili tomon xarakatlaniladi. Ularga chaqiruvlarni qabul qiluvchi hodimlar bilan birga shifokor xodimlardan iborat maxsus tibbiy maslahat xizmati faoliyati tashkil etildi. Bundan tashqari, tez tibbiy yordamning tuman (shahar) yoki hudud chegarasidan qatʼi nazar — bemorgacha masofaning yaqinligiga qarab tibbiy brigada yo'naltiriladi. Tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga radioaloqa vositalari va GPS-trekerlar o'rnatildi, tez tibbiy yordam brigadalarini planshetlar bilan taʼminlanmoqda. Hozirgi kunda Respublika tez tibbiy yordam markazi negizida “sanitar aviatsiya” xizmati uchun zamonaviy vertolyotlar harid qilinishi rejalashtirilmoqda.

Tashkilotning bugungi kundagi nomi- Respublika tez tibbiy yordam markazi

Manzili-100017, O'zbekiston, Shahar: Toshkent, Tuman: Yunusobod, Qashgar dahasi (sobiq M-4), 17A

Direktori- Gafurov Abduvoitjon Huseynovich


Manbalar tahrir

https://lex.uz/acts/-6076135

https://kun.uz/uz/news/2022/06/17/ozbekistonda-respublika-tez-tibbiy-yordam-markazi-tashkil-etilmoqda

RTTYoM FF direktori o'rinbosari Azamat Shuxratovich Abdurakhmonov