Shvetsiya avtomobilsozlik sanoati

Shvetsiyadagi avtomobilsozlik asosan oʻzining Volvo Cars va Saab Automobile nomli yengil avtomobill ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan keng tanilgan boʻlsada, shuningdek Shvetsiya dunyodagi eng katta yuk mashinalari ishlab chiqaruvchilarining biri hisoblanadi, bular: Volvo AB va Scania AB . Avtomobilsozlik sanoati eksportga katta bogʻliq boʻlib, Shvetsiya davlatida ishlab chiqariladigan yengil avtomobillarning 85 foizi va tijorat transport vositalarining 95 foizi tashqari bozorlarga sotiladi. Avtomobilsozlik va uning subpudratchilari Shvetsiya avtomobil sanoatining muhim qismidir. 2011-yilda ish bilan taminlangan ikshchilar soni 110 mingni tashkil etar edi va eksport daromadi 150 milliard SEKning teng boʻlib Shvetsiya eksportining 12 foizini tashkil etdi. [1] 2009-yil davomida Shvetsiyada 128 738 dona yengil va 27,698 ta tijorat transport vositalari ishlab chiqarilgan. [2]

Soʻdertalje shahridagi Scania yuk mashinalari zavodi.

Tarix tahrir

1918-yilgacha tahrir

 
Cederholm № 2, 1894-yilda qurilgan.

Birinchi shved avtomobili 1891-92-yillarda aka-uka Yons va Anders Sederxolm tomonidan qurilgan boʻlib, bu bug 'mashinasi edi. Ular uni Ystaddagi uylari va shahar tashqarisidagi yozgi uylari oʻrtasidagi masofani bosib oʻtish uchun ishlatishni rejalashtirishgan edilar. Ammo, avtomobil Shvetsiyadagi birinchi avtohalokatga uchradi. Bunga qaramay, Sederxolm aka-ukalai tez orada bugʻli avtomobilni ikkinchi, takomillashtirilgan nusxasini yaratdi, yangi avtomobil yaratishda birinchi avtomobilning koʻp qismlaridan foydalanishdi. [3] Xozirgi kunda avtomobil Skurupdagi muzeyda saqlanadi.

 
1909-yildagi Vabis .

1898-yilda Surahammars Bruk kompaniyasidagi Gustaf Erikson ichki yonuv dvigatelida harakatlanuvchi avtomobilni Sodertaljedagi Vabis koʻmpaniyasiga qurib beradi. [4] Erikson Vabisni qoniqtirmaguncha oʻz mashinasini doimiy ravishda takomillashtirdi va 1902-yilda avtomobillar va yuk mashinalari ishlab chiqarishni boshladi.

1900-yilda AB Atlas kompaniyasidagi Xarald Xekansson Shvetsiyada birinchi elektr avtomobilni ishlab chiqaradi. Ammo, bu avtomobil yagona prototip boʻlib qoladi. [4]

Malmö shahridagi velosiped ishlab chiqaruvchi „Maskinfabriks-aktiebolaget Scania“ nomli kompaniya 1902-yilda avtomobillar va yuk mashinalari ishlab chiqarishni boshladi. Kompaniya 1911-yilda Vabis bilan birlashdi va Scania-Vabisni kompaniyasini yaratdi. Yangi kompaniya oʻzlarining yengil avtomobillarini va yengil yuk mashinalarini Södertaljada va ogʻir yuk mashinalarini Malmödagi zavodda ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻydilar. [5]

1903-yilda Tidaholms Bruk kompaniyasi Tor nomli yuk mashinasini yaratdi. Ikkinchi Tor avtomobil prototipidan soʻng kompaniya Tidaholm nomi ostida ishlab chiqarish koʻrsatkichlarini oshirdi.[4] Tidaholm oz sonli avtomobillarni ishlab chiqaradi, ammo ularning asosiy mahsulotlari ogʻir yuk mashinalari va avtobuslar edi.

1910-yilda Atvidabergs Vagnfabrik kompaniyasi oʻz avtomobilini modeli uchun amerika avtomobil modelidan foydalangan. Ushbu transport vositasi shu qadar eskirganligi sababli Åtvidabergs 12 ta nushadan koʻprogʻini sotishga ulgurmadi. Qolgan mashinalar temir yoʻlni tekshirish uchun taglikka aylantirildi. [4]

1919-1945-yillarda tahrir

 
1920-yildagi Thulin A.

1920-yilda Landskronadagi shved aviatsiya ishlab chiqaruvchisi AB Thulinverken avtomobil ishlab chiqarishni boshladi. Avtomobil AGA nemis ishlab chiqaruvchi kompaniya loyihasi asosida yaratilgan. [6] Avtomobillarning ishlab chiqarilish soni cheklangan edi va 1927-yilda Volvo ishlab chiqarishni boshlaganida, Tulin 500 ga yaqin avtomobil qurilganidan keyin avtomobil sanoatini tark etdi. [7]

1921-yilda Scania-Vabis bankrotga uchradi. Qayta qurishdan keyin kompaniya yengil avtomobillar ishlab chiqarishni toʻxtatib, Malmödagi zavodini yopishga va oʻzining bor etiborini Södertälje shahridagi yuk mashinalarini ishlab chiqarishga qaratdi. Shvetsiya pochta aloqasi xizmati tomonidan Scania-Vabis avtobuslarga katta buyurtma olganida vaziyat sekin yaxshilasha boshladi.[5] Shvetsiyada bu bahaybat va katta kuchga ega „Scania-Vabis“ yuk mashinalari qor tozalash va boshqa yoʻllarni taʼmirlash uchun ham ishlatilgan.

 
1925-yil Tidaholm avtobusi.

1920-yillarda Ford Motor Company va General Motors Shvetsiyada yigʻuv zavodlarini ochdilar. Chrysler korporatsiyasi Svenska Bilfabriken AB bilan hamkorlik qildi. [4] Stokgolmdagi Ford zavodi 1950-yillarning oʻrtalariga qadar faoliyat olib borgan.

 
1940-yil Volvo LV192 rusumli yuk mashinasi.

Volvo 1927-yilda Gotenburgda engil avtomobillarni ishlab chiqarishni boshladi, bu oʻz navbatida shariksimonpodshivnik ishlab chiqaruvchi SKF kompaniyasi tomonidan qoʻllab-quvvatlandi. Birinchi oʻn-yilliklarda yengil avtomobillar ishlab chiqarish cheklangan edi, ammo yuk mashinalari muvaffaqiyatli boʻlib, kompaniyani daromadli ushlab turishdi. [8]

Buyuk depressiya paytida Tidaholm kompaniyasi pul yoʻqotishni boshladi va 1934-yilda avtomobil ishlab chiqarishni toʻxtatdi. Kompaniya tomonidan 1903-yildan beri 850 ga yaqin transport vositalari ishlab chiqarilgan edi. [7]

1937-yilda AB Nyköpings Automobilfabrik (ANA) kompaniyasi litsenziya asosida avtomobil yigʻishni boshladi, avval Amerikaning Chrysler Corporation avtomobillarini, keyin esa Standard Motor Company va Simca kabi Yevropaning avtomobillarini yegʻishni boshladi. [4] 1960-yilda Saab ANA kompaniyasini sotib olganida soʻng avtomobil yigʻish ishlari toʻxtatiladi.

1946-1970-yillarda tahrir

 
1951-yil Saab 92 .

Ikkinchi Jahon Urushidan keyin harbiy samolyot ishlab chiqaruvchi Saab AB kompaniyasi oʻzining ishlab chiqarishiv quvatlarini toʻldirish uchun fuqarolik mahsulotini izlay boshladi. Yechim yengil avtomobillar boʻlib chiqadi. 1949-yilda Trollxettanda kichik Saab avtomobili ishlab chiqarilishi boshlangan. ikki taktlik dvigatel bilan jixozlangan va old gʻildiraklari orqali harakatlantiriladigan avtomobil urushdan oldin Shvetsiyada mashhur germaniyaning DKW avtomobiliga oʻxshar edi, shu bilan birga unibody avtomobil kuzoviga samolyot sanoati katta tasir koʻrsatgan.[4]

Volvo ham, Scania-Vabis ham oʻzlarining yuk avtomobillarini 1930-yillarda eksport qila boshladilar. Boshqa shved mahsulotlari singari yuk mashinalari urushdan keyin Yevropani qayta tiklashda zarur edi. Oʻn-yillikning oxiriga kelib, Volvo va Saab, Yevropaning boshqa avtomobilsozlik sanoati kabi, oʻzlarining yengil avtomobillarini Amerika bozoriga eksport qila boshladilar.

1960-yilda Volvo va Saab Ralliy musobaqalarida muvaffaqiyatli boʻlganlar. [3] Saabs kompaniyasining Monte-Karlo Rallidagi va RAC Ralli eng yaxshi haydovchisi Erik Karlsson kichik avtomobil kompaniyasi uchun Buyuk Britaniya bozorini ochdi. Biroq, AQSh va Angliya Saab uchun deyarli yagona eksport bozorlari boʻlib qoladilar, natijada ishlab chiqarish hajmi talofat koʻra boshlaydi.

1969-yildan 1971-yilgacha Kalmar Verkstad Shvetsiya Tyorven nomli pochta aloqasi uchun moʻljallangan transport vositasini ishlab chiqardi. Kalmar Verkstad yarim tirkamali yuk mashinasida ham tajriba oʻtkazdi, ammo bu loyiha hech qachon amalga oshmadi. [4]

1969-yilda Wallenberg oilasi oʻz samolyotlari va Saab avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan Scania-Vabis yuk mashinalarini Saab-Scania deb nomlangan bitta kompaniyaga birlashtirdilar. [5] Bir yarim-yil oldin yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisi Vabis nomini olib tashlagan va shundan buyon ularning mahsulotlari faqat Scania nomi ostida sotila boshlandi.

1971-yildan 2000-yilgacha tahrir

 
Volvo 245, shved avtomobilining arxetipi.

1973-yildagi neft inqirozidan keyin avtomobilsozlik sanoatining umumiy pasayishi paytida Volvo va Saab-Scania oʻzlarini uzoq istiqbolda tirik qolishi uchun juda kichik ekanligini his qildilar. 1977-yilda ikki kompaniyaning birlashish rejalari taqdim etildi. Reja oxir-oqibat Saab-Scania aktsiyadorlarining qarshiligi tufayli parchalanib ketdi. [9]

1976-yilda Volvo muhim modelidan biri boʻlgan yangi — 300 seriyali xetchbek rusumli avtomobilni sotuvga chiqardi, u Shvetsiyada va Yevropaning boshqa qismlarida, shu jumladan Buyuk Britaniyada ham yaxshi sotildi, bundan tashqari 1982-yilda avtomobil Buyuk Britaniyadagi on yiʼllik ichida eng koʻp sotilgan xorijiy avtomobil deb topildi va eng ommabop importlar qatorida qoldi. Dastlabki 300 seriyadagi avtomobil avtomat uzatmali, uch eshikli xetchbek sifatida mavjud edi, ammo tez orada tana uslubi doirasi besh eshikli xetchbek va toʻrt eshikli salonni oʻz ichiga oldi, shuningdek mexanik uzatmali va keng turdagi dvigatelli modellari taqdim etildi. Avtomobil ishlab chiqarilishi 1991-yilgacha davom etdi, toʻrt-yildan soʻng uning oʻrniga 400 seriyali modeli ishlab chiqarildi.

1974-yilda oʻrta oʻlchamdagi 200 seriyali avtomobillar sotuvga chiqarildi va ular tez orada juda mashhur boʻlib ketdi va ishlab chiqarish 1993-yilgacha davom etdi. Volvo 200, 262 ning kupe versiyasi ham mavjud edi, ammo aksariyat namunalar AQShda sotila boshlandi.

1982-yilda ishlab chiqarilishi boshlangan 700 seriyali modeli, BMW va Mercedes-Benz singari Yevropada hukmron boʻlgan bozorning eng mashhur tanlovi edi.

1979-yilda Saab 900 modeli Ford Cortina / Taunus va Renault 18 kabi anʼanaviy Yevropa oilaviy avtomobillari bilan raqobad qilish uchun ishlab chiqildi, shuningdek 1985-yilda kompaniya Saab 9000 modelini taqdim etdi va 1980-yillardan beri bozorning yetakchilaridan biri boʻlgan BMW 3 Series raqobatdoshi boʻldi va Saab bozordagi oʻzining yuqori pogʻonasida mustahkamlagan.

1989-yilda Vallenberg guruhi Saab uchun General Motors kompaniyasini sherik sifatida topdi. Avtomobil ishlab chiqarish yangi „Saab Automobile“ deb nomlangan kompaniyada joylashgan va kompaniya ulushining 50 foiz AB investorlariga va General Motorsga tegishli edi.

1993-yilda Volvo fransuz avtomobil ishlab chiqaruvchi Renault bilan qoʻshilish rejalarini taqdim etdi. [9] Birlashish Volvo aktsionerlarining qarshiliklari tufayli yakuniga yetmadi lekin Volvo Renaultning yuk avtomobillari boʻlinmasini RVI boshqaruviga oldi va Renault Volvoning asosiy aktsiyadoriga aylandi.

1990-yillarda Shvetsiyada bir nechta sport avtomobillarini ishlab chiqaruvchi kompaniyalar paydo boʻla boshladi. Ular Volvo va Saab tomonidan ishlab chiqariladigan xavfsiz avtomashinalardan juda farq qilar edi. 1994-yilda Angelholmda Koenigsegg dem ataluvchi kompaniya tashkil etildi, shu bilan birga 1996 va 1998-yillar oʻrtasida Arvikada Jose Car kompaniyasi tomonidan, Volvoda mavjud qismlardan foydalanib 40 dona Indigo 3000 nomli Roadsters ishlab chiqarilgan. [10]

1999-yilda Volvo yoʻlovchi avtomobil boʻlimi boʻlgan Volvo Carsni Ford Motor Companyga sotadi. Volvo kelishuvdan olgan pullarini Wallenberg guruhidan Scania kompaniyasini sotib olish uchun ishlatmoqchi edi, ammo bu reja Yevropa Ittifoqining antimonopoliyaga qarshi boʻlimi nazariga tushadi va Volvo Skandinaviyadagi monopoli kompaniyaga olib kelishi aytiladi. [11]

2001-yildan hozirgi kungacha tahrir

2001-yilda General Motors Saab Automobile-dagi Investor AB ulushini oʻz shoʻba korxonasini toʻliq nazoratiga oldi.

 
Scania R730 yuk mashinasi.

Volvoning Scania kompaniyasini toʻliq egallab olishi muvaffaqiyatsiz boʻlgandan keyin Volvo Scania-dagi oʻz ulushini 2000-yillarning boshlarida Volkswagen Groupga sotdi. 2000-yildan beri Volkswagen Scaniaga boʻlgan qiziqishini oshirdi va 2008-yildan beri Volkswagen Group kompaniyaning katta ulushiga egalik qiladi. [12]

 
Koenigsegg Agera S Hundra, 2013-yil Jeneva avtosalonida .

Birinchi Koenigsegg superkari 2002-yilda zavodni tark etdi. Avtomobilning narxi ishlab chiqarishni past darajada ushlab turibdi, biroq 2013-yilda kompaniya oʻzining 100-chi avtomobilini yetkazib berdi. [13]

2008-2010-yillardagi avtomobilsozlik inqirozi oldingi (eski) shved avtomobil ishlab chiqaruvchi kompaniyalarga katta taʼsir koʻrsatdi. 2009-yilda Ford Volvo avtomobillarini Xitoyning Zhejiang Geely Holding Group kompaniyasiga sotdi. Volvo Cars — bu Xitoy kompaniyasiga tegishli birinchi gʻarbiy avtomobil ishlab chiqaruvchisiga aylandi. [14]

2008-yilda General Motors (GM) Saab Automobile-ni sotishga yoki agar biron bir xaridor topilmasa, uni yoʻq qilishga qaror qildi. Shved superkarini ishlab chiqaruvchi Koenigsegg birinchi xaridor edi. Ushbu muzokaralar muvaffaqiyatsiz tugaganida gollandiyalik sport ishlab chiqaruvchisi Spyker Cars muvaffaqiyatga erishdi. Spyker Saab avtomashinasini GM kompaniyasidan 2010-yilda shved avtomobili sifatida sotib olgan. Bitim ikki-yildan kam vaqt oʻtgach, bankrotlik bilan yakunlandi. [15]

 
2014 NEVS Saab 9-3

2012-yilda Xitoy-Yaponiya National Electric Vehicle Sweden (NEVS) Saab Automobile qismini sotib olganliklarini eʼlon qilishdi. [16] Shuningdek, ular Saab ABdan Saab nomini ishlatish huquqini olishdi. NEVS Trollxettanda yaxshi sinovdan oʻtgan Saab 9-3 platformasi asosida elektr avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. [17]

2013-yilda Volvo AB Xitoyda Dongfeng Motor avtozavodi bilan Xitoyda ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaradigan qoʻshma korxona tashkil etishini eʼlon qildi. Ushbu bitim bilan Volvo Daimler AG-ni ortda qoldirib, dunyodagi eng yirik ogʻir yuk mashinalari ishlab chiqaruvchisiga aylanadi. [18]

2016-yilda, Uniti Sweden nomli yangi loyiha (start up) crowdfunding orqali 1.227.990 € dan mablagʻni yuqori texnologiyali elektr shahar mashinasini rivojlantirish va ishlab chiqarish uchun oladi. [19] Uniti — bu biokompozitlar va uglerod tolalaridan tayyorlangan yengil barqaror elektr avtomobil. Avtomobil ogʻir kvodrotsikl (L7e) transport vositalari roʻyxatiga olinadi va yangi texnologiyalar bilan jihozlanadi. [20] Avtomobil 300 km masofani bosib oʻtishga moʻljallangan boʻlib 120 km/soat tezlikda harakatlana oladi. Zavod Shvetsiyada joylashgan boʻlib, kompaniya-yiliga 50 mingta avtomobil ishlab chiqaradi.

-yiliga ishlab chiqarish tahrir

-yil Birlikdagi mahsulotlar [2]
1950-yil 28 000
1960-yil 129 000
1970-yil 311 000
1980-yil 317,000
1990-yil 344,000
2000-yil 301,343
2005-yil 339,229
2006-yil 333,072
2007-yil 366,020
2008-yil 308,299
2009-yil 156,338
2010-yil 217,084
2011-yil 188,969 [21]
2012-yil 162,814

Manbalar tahrir

  1. fkg.se
  2. 2,0 2,1 OICA
  3. 3,0 3,1 Barbro Brusell, Annette Rosengren. Drömmen om bilen. Stockholm, Sweden: Nordiska Museet, 1997. ISBN 91-7108-411-8. 
  4. 4,0 4,1 4,2 4,3 4,4 4,5 4,6 4,7 Svallner, Björn. Svenska bilar under åttio år. Stockholm, Sweden: Esselte Kartor AB, 1981. ISBN 91-7058-159-2. 
  5. 5,0 5,1 5,2 „Scania Group - history“. 2012-yil 27-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun. (Wayback Machine saytida 2012-09-27 sanasida arxivlangan) Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Scania" defined multiple times with different content
  6. Landskrona.se
  7. 7,0 7,1 „tekniskamuseet.se“. 2013-yil 2-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun. (Wayback Machine saytida 2013-07-02 sanasida arxivlangan) Manba xatosi: Invalid <ref> tag; name "Tekniska" defined multiple times with different content
  8. Volvo Trucks Global — history
  9. 9,0 9,1 henricborgstrom.wordpress.com
  10. indigoklubben.se, 2019-01-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-04-20
  11. ne.se
  12. volkswagenag.com
  13. topgear.com, 2013-05-20da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-04-20
  14. bloomberg
  15. autocar
  16. bloomberg
  17. „saabcars.com“. 2013-yil 4-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2013-yil 8-iyun.
  18. reuters, 2015-09-24da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2020-04-20
  19. „Svenska elbilen som blev en crowdfunding-succé – 5 miljoner på två dagar“. Va (2016-yil 21-noyabr).
  20. „Siemens Partners With Swedish Electric Car Developer Uniti“. CleanTechnica. Qaraldi: 2017-yil 31-may.
  21. Passenger cars only

Havolalar tahrir