Sidibalabbos — Jazoirning shim.gʻarbiy qismidagi shahar. Oran viloyasida. Aholisi 152 ming kishidan ziyod. Qishloq xoʻjaligi (donli ekinlar, tokzor, zaytunzorlar) rayonining savdosanoat markazi. Oziqovqat, koʻnpoyabzal sanoatlari rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mashinalari va jihozlari ishlab chiqariladi. Tayyor qismlardan radio va televizor yigʻish korxonalari bor.[1]

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil