Skripka
Skripka (slavyancha skri — gʻijirlamoq) — torli kamonli musiqa cholgʻu asbobi. Skripkasimon cholgʻu asboblari orasida (S, alt, violonchel, kontrabas) yetakchi, eng baland registrli soz. 4 ta tori kvinta intervali boʻyicha sozlanadi. Diapazoni 4 oktavadan oshiq. Umumiy uz. — 600 mm. Skripkaning klassik shakli 15 —16-asrlarda Italiya va Fransiyada yuzaga kelgan. 17— 18-asrlarda Shimoliy Italiya, ayniqsa, Kremona ustalari A. va N. Amati, J. Gvarneri, A. Stradivari va boshqalar skripkaning mukammal namunalarini yaratishgan. Skripkalar simfonik orkestr va cholgu ansambllar asosini tashkil qiladi. 25-29-asrlardan skripkada yakkanavozlik sanʼati rivojlanib kelmoqda, skripka musiqasi yaratilmoqda. Bu sohada 19-asrda virtuoz skripkachi va mashhur kompozitorlar N. Paganini, P. Sarasate va boshqalarning xizmati katta boʻldi. 20-asr skripkachilaridan F.Kreysler (Avstriya), I. Menuxin (Angliya), I. Stern, I. Perelman (AQSH), A.S.Mutter (Germaniya), Sh. Mins (Isroil), G. Shering (Meksika), D. Oystrax, L. Kogan, M. Vengerov (Rossiya), G. Krem yer (Latviya) va boshqalar mashhur. Oʻzbekistonda M. Reyson, N.Pover, V. Yudenich va boshqa skripkachilar tanilgan. Hozirda yosh avlod ijrochilaridan D.Xoliqov, N. Hoshimov, T.Yaxshiboyev va boshqalar xalqaro tanlovlarda gʻalabalarga erishgan. Oʻzbekiston kompozitorlari skripka uchun konsertlar (Ik. Akbarov, S.Jalil va boshqalar), sonatalar (G. Mushel, N.Zokirov va boshqalar) kabi asarlar yaratishgan. 20-asr boshidan oʻzbek (Andijon maktabi va boshqalar) sozandalari baʼzida skripkadan gʻijjak oʻrnida foydalanishadi.
Zamonaviy standard skripkaning oldi va yonidan koʻrinishi | |
Torli asbob | |
---|---|
Turi |
Torli asbob |
Hornbostel–Sachs klassifikatsiyasi |
321.322-71 (Kompozit xordofon) |
Registri | |
(standart sozlangan skripka) |
1. Ochiq simlar (kamoncha va chimdish bilan)
2. Gamma Lya major (kamoncha va chimdish bilan) |
|
Faylga murojaat etishda muammo bormi? Qarang: Media. |
Asosiy uslublar:
- Detaché — har bir nota kamonchaning alohida siljishi va uning yoʻnalishini oʻzgartirish bilan olinadi;
- Martelé — kamonchaning itarishi bilan olinadigan shtrix;
- Staccato — kamoncha bilan pastga va tepaga toʻxtab-toʻxtab yurgazish;
- Staccato volant — Stakkatoning yana bir koʻrinishi. Chalish davomida kamoncha sakrab, simlardan uzoqlashadi;
- Spiccato — sakrovchi shtrix, juda yengil staccato;
- Tremolo — bir tovushning koʻp marotaba tez-tez takrorlanishi;
- Legato — tovushlarning bir maromda, toʻxtashlarsiz ijro etilishi;
- Col legno — kamonchaning yogʻochi bilan simga urilishi. Bu tovushdan bastakorlar simfonik musiqada foydalanadilar.
Wikimedia Commonsda Violin mavzusiga oid fayllar bor. |
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |