Konstantin Ivanovich Skryabin (1878.7,12, Sankt-Peterburg 1972.17.10, Moskva) — rus gelmintolog va parazitolog olimi, SSSR Fanlar akademiyasi (1935), Butunittifoq qishloq xoʻjalik Fanlar akademiyasi (1935) va tibbiyot Fanlar akademiyasi (1944) akademik, Rossiya (1927), Qirgʻiziston (1954) va Oʻzbekistonda (1962) xizmat koʻrsatgan fan arbobi. Mehnat Qahramoni (1958). j Yuryev (hozirgi Tartu sh., Estoniya) veterinariya institutini tugatgan (1905), Turkiston oʻlkasi veterinariya vrachi (1905—11), Novocherkask shahridagi Don veterinariya instituti (1917—20), Moskva veterinariya instituti (1920—72) professor, Davlat eksperimental veterinariya institutida (1920—56) va Ye.I. Marsinovskiy nomidagi Tibbiyot parazitologiyasi va tropik tibbiyot institutida (1921—49) gelmintologiya boʻlimi mudiri, Butunittifoq qishloq xoʻjaligi fanlari akademiyasi gelmintologiya laboratoriya mudiri (1942—72), SSSR Fanlar akademiyasi Qirgʻiziston filiali prezidiumi raisi (1943—52), Butunittifoq qishloq xoʻjalik Fanlar akademiyasi vitseprezidenta (1956—61). S. rahbarligida gelmintlar morfologiyasi, biol.si, filogeniyasi, sistematikasi, ekologiyasi, epizootologiyasi va epidemiologiyasiga oid tadqiqotlar oʻtkazilgan. S. gelmintlarning 200 dan ortiq yangi turlarini topdi va 120 avlodini tavsiflab berdi. U ishlab chiqqan degelmintizatsiya va devastatsiya taʼlimotlari odam va qishloq xoʻjaligi hayvonlari gelmintozlariga qarshi kurashda asos boʻlib hisoblanadi. Oʻrta Osiyoda, jumladan, Oʻzbekistonda gelmintologiya fakultetining rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan. S. Oʻzbekistonda bir qancha gelmintologik ekspeditsiyalar uyushtirgan; gelmintologiya laboratoriyalari tashkil etgan; Oʻzbekistonda koʻplab yetuk gelmintolog mutaxassislar (M.A.Sultonov, AL.Toʻlaganov, Sh.A. Azimov, Skryabin Konstantin IvanovichErgashev, N.M. Matchonov va boshqalar) tayyorlagan. Moskvadagi Rossiya gelmintologiya instituti, Bishkekdagi Qirgʻiziston qishloq xoʻjaligi instituti va Samarqanddagi Oʻzbekiston veterinariya ilmiy tadqiqot institutiga S. nomi berilgan.

Konstantin Skryabin
Tavalludi 25 noyabr (7-dekabr) 1878
Vafoti 17-oktyabr 1972[1]
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR



  1. // (unspecified title)