Smail Prevljak (talaffuzi: Smail Prevlak) — bosniyalik futbolchi, Belgiyaning „Eupen“ klubi va Bosniya va Gersegovina terma jamoasi hujumchisi.

Smail PrevljakFutbol
Umumyi maʼlumotlari
Tugʻilgan

10-may 1995-yil (27 yosh)

  • Konjic
Fuqaroligi

Flag Bosnii i Gersegovini Bosniya va Gertsegovina

Boʻyi

187 cm

Vazni

75 kg

Pozitsiyasi

hujumchi

Hozirgi jamoasi

Flag Belgii Eupen

Raqami

7

Logotip Vikisklada Wikimedia Commonsdagi media fayllar

Jamoalardagi faoliyati Tahrirlash

 
Prevlak „Red Bull Salzburg“ bilan

Smail Prevljak „RasenBallsport Leipzig“ (Germaniya) klublari tarbiyalanuvchisi hisoblanadi[1]. 2014-yilning 2-avgustida u Ikkinchi Bundesligada „Aalen“ga qarshi debyut qildi. Oʻsha yilning yozida Smail Prevljakl „Red Bull Arena Salzburg“ farm klubi — „Liefering“ bilan ikki yillik shartnoma imzoladi. 26-sentyabr kuni Avstriya „Lustenau“ qarshi oʻyinda Smail Prevljak Avstriya birinchi ligasida debyut qildi[2]. 3-oktabr kuni „Wacker Innsbruck“ jamoasiga qarshi kechgan duelda u „Liefering“ uchun birinchi golini urdi[3]. Noyabr oyida Smail Prevljak „Red Bull“ asosiy jamoasi bilan mashgʻulotlar oʻtkazish huquqini qoʻlga kiritdi. 9-noyabr kuni " „Axalta“ga qarshi oʻyinda u Avstriya Bundesligasida debyut qildi[4]. 2015-yil 23-avgust kuni Smail Prevljak „Red Bull“ safidagi ilk golini Avstriya „Wien“ jamoasiga qarshi kechgan duelda urdi [5]. 2016-yilda Prevlyak Avstriya kubogi chempioni va gʻolibi boʻldi.

2017-yilning yozida Smail Prevljak „Mattersburg“ga ijaraga oʻtdi. 22-iyul kuni poytaxtning „Rapid Vienna“ klubiga qarshi oʻyinda u yangi jamoa safida debyut qildi[6]. O‘sha o‘yinda Smail Prevljak „Mattersburg“ safida ilk golini urdi. Mavsum yakunida u jamoaning eng yaxshi toʻpurariga aylandi.

2020-yilning yanvarida Smail Prevljak Belgiyaning „Eupen“ jamoasiga ijaraga oʻtdi[7].

Xalqaro karyerasi Tahrirlash

2018-yil 23-mart kuni Bolgariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Smail Prevljak Bosniya va Gersegovina terma jamoasi safida debyut qildi[8]. 2020-yilning yanvarida Prevlyak Belgiyaning “Eupen” jamoasiga olti oylik ijaraga yuborildi. U klubdagi debyutini 8 fevral kuni „Sent-Truiden“ga qarshi o'tkazdi va gol urishga muvaffaq bo'ldi. Avgust oyida „Eupen“ Prevlyak bilan uch yillik shartnoma imzoladi. U jamoadagi ilk xet-trikini 2021-yilning 17-aprelida „Sharlerua“ ustidan qozonilgan g‘alabada amalga oshirdi.













Statistikasi Tahrirlash

Klub Mamlakatlar Yil
RB Leipzig   Germaniya 2014
Red Bull Salzburgo   Avstriya 2014-2020
F. C. Liefering   Avstriya 2014-2017
S. V. Mattersburgo   Avstriya 2017-2018
K. A. S. Eupen   Belgiya 2020
K. A. S. Eupen   Belgiya 2020

Yutuqlari Tahrirlash

„Red Bull Salzburg“
  • Avstriya chempioni (2): 2015-2016, 2018-2019
  • Avstriya kubogi sohibi (2): 2015-2016, 2018-2019

Manbalar Tahrirlash

  1. „РБ Лейпциг VS. Аален 0:0“ (en). soccerway.com (2-avgust 2014-yil). 1-iyul 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentyabr 2016-yil.
  2. „Аустрия Лустенау VS. Лиферинг 5:2“ (en). soccerway.com (26-sentyabr 2014-yil). 7-oktyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentyabr 2016-yil.
  3. „Лиферинг VS. Ваккер Инсбрук 4:1“ (en). soccerway.com (3-oktyabr 2014-yil). 23-sentyabr 2014-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentyabr 2016-yil.
  4. „Альтах VS. Ред Булл Зальцбург 4:1“ (en). soccerway.com (9-noyabr 2014-yil). 10-mart 2016-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentyabr 2016-yil.
  5. „Ред Булл Зальцбург VS. Аустрия Вена 2:2“ (en). soccerway.com (23-avgust 2015-yil). 10-sentyabr 2015-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 22-sentyabr 2016-yil.
  6. „Рапид Вена VS. Маттерсбург 2:2“ (en). soccerway.com (22-iyul 2017-yil). 29-may 2018-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2018-yil.
  7. „Smail Prevljak ima novi klub: Salzburg poslao bh. napadača na posudbu do kraja sezone“. scsport.ba (31-yanvar 2020-yil). 31-yanvar 2020-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 12-avgust 2020-yil.
  8. „Болгария VS. Босния и Герцеговина 0:1“ (en). soccerway.com (23-mart 2018-yil). 18-aprel 2019-yilda asl nusxadan arxivlandi. Qaraldi: 29-may 2018-yil.