Sobitxon Hoshimovich Nosirxoʻjayev (1929.28.12, Toshkent) — tarixchi olim. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1982), tarix fanlari doktori (1971), professor (1972). Toshkent yuri-dik instituting tugatgan (1951). Toshkent politexnika institutida katta oʻqituvchi (1954—64). Toshkent pedagogika institutida dotsent (1964—71), kafedra mudiri (1971—82), demokratik jamiyat qurish nazariyasi va amaliyeti kafedrasi professor (1989-yildan). Toshkent viloyati pedagogika instituti rektori (1983—88). Asarlari Oʻzbekistonda tarix, madaniyat, maʼrifat, milliy gʻoya, istiklol mafku-rasiga masalalariga bagʻishlangan. "Oʻzbekiston ziyolilari" (oʻzbek va rus tillarida, T., 1972), "Siyosatshunoslik fanidan qoʻllanma" (1992), "Prezident Islom Karimovning "Oʻzbekiston XXI asr boʻsagʻasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asari milliy gʻoya va maʼnaviyat asoslari, politologiya fanida foydalanish uchun qoʻllanma" (2001), "Maʼnaviyat asoslari" (2003) va boshqa oʻquv qoʻllanmalari muallifi.

Manbalar tahrir

  • Siyosatshunoslik lugʻati, T., 1993; Sotsiologiya asoslari, T., 2001.