Social media marketing

Ijtimoiy media platformalari va veb sahifalardan maxsulot yoki xizmatni targ'ib qilish uchun foydalanish
(Social Media Marketingdan yoʻnaltirildi)

Social Media Marketing (SMM; Tarjimasi: ,,Ijtimoiy tarmoqlarda marketingʻʻ), mahsulotlar, tovarlar va xizmatlarni ijtimoiy tarmoqlarda tanitish, uni yurgizish.[1] Social Media Marketing bevosita har xil jamoalar, jamiyatlar, foydalanuvchilar guruhlari bilan ishlash ham hisoblanadi. SMM hozirda nafaqat katta kompaniyalar, oʻz bozorlari faollari, balkim, oʻrta va kichik biznes vakillari ham keng miqyosida foydalanishmoqda. Uning yordamida ular, oʻz mijozlari bilan qayta aloqani yoʻlga qoʻyishmoqda.

SMM yordami bilan hal qilish mumkin boʻlgan vazifalar tahrir

  • brand yaratish va uni yurgizish/tanitish;
  • brandni mashhur qilish, unga boʻlgan qiziqishni oshirish;
  • PR;
  • kompaniya saytiga tashrif buyuruvchilar sonini oshirish;
  • mijozlar, foydalanuvchilarda xizmat, tovar va mahsulot yuzasidan paydo boʻlgan savollar tezkor javob berish, xizmat koʻrsatish.

SMM hozirda bajaradigan vazifasiga koʻra noananaviy qurollardan biri hisoblandi. Shunga qaramay, hozirda koʻpchilik mutaxassislar juda katta qiziqish va uning kelajagiga katta ishonch bilan qarashayotgan vosita hisoblanadi.

SMM Oʻzbekistonda tahrir

Hozirgi kunda Oʻzbekistonda ham SMM rivojlanmoqda. Foydalanuvchilar 2019-yilga nisbatan 49% oshdi.[2] 18 milliondan oshiq Internet foydalanuvchilar Telegram ijtimoiy tarmogʻidan foydalanib kelmoqda. Bu raqamga asoslanib aytish mumkinki, Telegram Oʻzbekistonda eng ommabop ijtimoiy tarmoq deb hisoblash mumkin. Hozirgi kunda telegram, instagram, YouTube va Tik tok ijtimoiy tarmoqlari orqali aktiv holatda foydalanib kelinmoqd.

SMM chi nima bilan shug’ullanadi? [3] tahrir

  • publikatsiya qilish uchun postlarni tayyorlaydi, kontent reja tuzadi
  • kontent yaratish jarayonlarini nazorat qiladi: matnlarni yozish, dizaynini yaratish, video roliklar yaratish
  • infopovodlarni kuzatib yuradi va ularga kompaniya nomidan fikr bildiradi
  • potensial mijozlarning savollariga javob beradi. Sharhlarga izoh qoldiradi
  • Ijtimoiy tarmoqlarda pullik reklamani yoqadi
  • SMMning samaradorligini kuzatadi va tahlil qiladi

SMMning samaradorligini qanday aniqlashimiz mumkin? tahrir

Samaradorlikni aniqlashda harbir ijtimoiy tarmoq kesimida yoki umumiy baholash kerak bo’ladi. Marketing metrikalar quidagilardan iborat:

  • Ijtimoiy tarmoqlardan korxona saytiga o’tganlar soni
  • Ijtimoiy tarmoqlardan kelgan foydalanuvchilarni saytda o’zini tutishini ko’rish orqali
  • Konversiya.

Manbalar tahrir