Solih (arab. — salohiyatli, yaroqli) — ezgu ish, savobli amal. Qurʼonda imon bilan S. amallarni qilishga buyurilgan oyatlar kupligidan ashʼariya taʼlimotida S. amal ham imon tarkibiga kiritilgan. Moturidiylik taʼlimotida esa mazkur amal imon tarkibiga kirmasligi taʼkidlangan. Aks holda unga amal qilmagan moʻminlar imondan ajralib qolishlari mumkin.