Son (tilshunoslikda) —1) mustaqil soʻz turkumlaridan biri; predmetning miqdorini, sanoq jihatdan tartibini bildiruvchi soʻzlar guruhi. Son ham sifat va ravish kabi belgi tasavvurini bildiradi va shu jihatdan oʻsha turkumlarga yaqin turadi. Sifat predmetning belgisini, ravish harakatning belgisini, Son esa predmetning miqdori, sanogʻi va tartibiga kura belgisini bildiradi. Sonlar otlar bilan birga qoʻllanib, bir necha predmetlarningyigʻindisini, aniq miqdorini (beshta kitob) yoki noanik, miqdorini (oʻntacha bola) ifodalaydi. Son harflar bilan ifodalanadi (bir, oʻn, ellik) yoki arab va rim raqamlari bilan (3, 5, 10, V, IX, XX) koʻrsatiladi.

Sonlar maʼno xususiyatiga koʻra, 2 asosiy turga boʻlinadi: miqdor sonlar va tartib sonlar. Miqdor Sonlar predmetning miqdori, sanogʻiga koʻra belgisini koʻrsatadi. Oʻzbek tilida miqdor Slar 6 turga boʻlinadi: sanoq S, dona S, chama S, jamlovchi S, taqsim Son va kasr Son Sanoq Son — predmetning sanogʻini bildiruvchi miqdor Son turi (bir, ikki, oʻn, yuz). Dona Son — predmetning miqdorini donalab koʻrsatuvchi miqdor Son Bunday Sonlar sanoq Son ga ta qoʻshimchasini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshta kitob, qirkta daftar). Predmetlarni donalab koʻrsatishda Sonlar juft, metr, nusxa, nafar, bosh, tup kabi hisob (numerativ) soʻzlar bilan birga qoʻllanadi: bir juft qoʻshiq, ikki metr atlas, besh tup oʻrik va boshqa Chama Son predmetning noaniq miqdorini, taxminan hisobini koʻrsatadi. Miqdor Sonning bu turi 2 usul bilan: sanoq Songa tacha, lab, larcha affikslaridan birini qoʻshish (oʻntacha, oʻnlab, oʻnlarcha) va turli Sonlarni juftlash yoki ayrim soʻzlar bilan birga qoʻllash [birikki kun, oʻnoʻn ikki yashar bola, besh oylar chamasi avval, oʻttizga yaqin (qariyb oʻttizta) uy buzildi] orqali hosil qilinadi. Jamlovchi Son bir turdagi predmetlarning yigʻindisini ifodalaydi, ularni jamlab koʻrsatadi; sanoq Songa ov, ala affiks larini qoʻshish bilan hosil qilinadi (beshov, oltov; uchala, toʻrtala). Taqsim Son predmet miqdorini teng qismlarga taqsimlash, guruqlash yoʻli bilan bildiradi va sanoq Songa tadan affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi (beshtadan boʻlib kelmoq, toʻrttadan qalam ushlamoq). Kasr S butunning qismlarini bildiradi va, odatda, sanoq Sonning chiqish va bosh kelishik shaklidagi birikmasi orqali ifodalanadi: uchdan ikki ( t ), oʻndan bir ( h ). Yarim (yorti), chorak, nimchorak soʻzlari ham kasr Sonlardir. Tartib Son predmetning anik, miqdorini, ketma-ketligini ifodalaydi. Ular sifatlarga yaqin boʻlib, ular kabi predmet belgisini bildiradi; sanoq Sonlarga —(i)nchi (baʼzan lamchi) affiksining qoʻshilishidan hosil boʻladi: birinchi, ikkinchi, oʻninchi; birlamchi, ikkilamchi.

Tuzilishiga kura, Sonlar 4 turga boʻlinadi: sodda Son — birgina soʻzdan ifodalanadi: bir, oʻn, ellik, ming; murakkab Son — ikki yoki undan ortiq oʻzakning birikuvidan hosil boʻladi: oʻn ikki, qirq besh, bir yuz ellik olti, ikki ming toʻrtinchi; juft Son — birdan ortiq Sonning nisbiy teng bogʻlanishi asosida tashkil topadi va taxminan miqdorni bildiradi: besholti kishi, oʻnoʻn besh kun, ellikoltmish xonadon; takroriy Son — bir xil oʻzaklarning aynan takrorlanishidan hosil boʻladi va jamlash yoki taqsimlash maʼnolarini ifodalaydi: birbir aytib chikdi, beshtabeshta boʻlib saflanmoq, kitobni oʻntaoʻnta qilib taxlamoq.

Tarkibiy qismlarining birikish usuli va bildiradigan maʼnosiga koʻra, Sonning 2 turi farqlanadi: koʻpaytma Son — qismlari bildirgan miqdorning koʻpaytmasidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi murakkab S: besh ming (5x1000), uch yuz (3x100), uch million (Zx1000000); qoʻshilma Son — qismlari bildirgan miqdorning yigʻindisidan iborat boʻlgan miqdorni bildiruvchi S: oʻn sakkiz (10+8), yetmish besh (70+5) va shu kabi Sonlar gapda, asosan, aniqlovchi, oʻrniga qarab boshqa barcha ran boʻlaklari vazifasida kela oladi; 2) grammatik miqdor maʼnosini ifodalovchi shakllar tizimi; Son kategoriyasi. Oʻzbek tilida Son kategoriyasining 2 turi mavjud: birlik Son — bir turdagi narsabuyumlardan bittasini (oʻquvchi, daftar, daraxt); predmetning bir (yakka) shaxsga tegishliligini (ukam, daftaring, qalami); olmoshlarda shaxsning yakkaligini (men, sen, u); feʼllarda harakatni bir (yakka) shaxs bajarishini (oldim, kelding, koʻraman, oʻqiysan, boradi) bildiradi; koʻplik Son — predmetning birdan ortikdigini, koʻpligini, uning birdan ortiq (koʻp) shaxsga tegishliligini (kitoblar, daraxtlar; kitobimiz, maktabingiz, uylari); olmoshlarda shaxsning birdan ortiq (koʻp)ligini (biz, siz, bizlar, ular); feʼllarda harakatni birdan ortiq shaxs bajarishini (bordik, borganmiz, boramiz; ishlasak, ishlasangiz) bildiradi. Otlarda birlik Sonni koʻrsatadigan maxsus qoʻshimcha yoʻq, koʻplik Son esa lar affiksini qoʻshish orqali hosil qilinadi. Koʻp tillarda birlik Son koʻplik Songa qaramaqarshi qoʻyiladi. Biroq ayrim tillarda (som tillarida, Avstraliya va Amerikaning mahalliy tillarida) ikkilik S, baʼzan uchlik Son gʻam uchraydi.

Tartipli Sanlar

“-nçı, -nçi, -unçu, -ünçü ”

Birinçi, İkkinçi, Üçünçü, Törtünçü, Beşinçi, Altınçı, Yettinçi, Sekkizinçi, Toqquzunçu, onunçu. Yigirmençi, Ottuzunçu, Qırqınçı, Elliginçi, Altmışınçı, Yetmişinçi, Sekkseninçi, Toqsanınçı, Yüzünçü, Miƞginçi, Millionunçu

"Özbek Tiliniƞ Tarixiy Tilbilgisi"

Adabiyot tahrir

  • Oʻzbek tili grammatikasi, 1j.; T., 1975; Hozirgi oʻzbek adabiy tili, 1-qism, T., 1980.

Abduvahob Madvaliyev.