Son Jon-guk (talaffuzi: Son Jon Guk) (1979-yil 20-fevralda tugʻilgan) — nafaqadagi janubiy koreyalik futbolchi . 2002 va 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati ishtirokchisi.

Son Jon-guk
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Son Jon-guk
Tavallud sanasi 20-fevral 1979-yil (1979-02-20) (45 yosh)
Tavallud joyi Danyang, Chungbuk, Janubiy Koreya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2001—2002 Busan I’Cons 34 (4)
2002—2005 Feyenoord 53 (2)
2005—2010 Suwon Samsung Bluewings 95 (2)
2010 Al-Shabab 7 (2)
2011 Ulsan Hyundai 13 (0)
2011 Tianjin Teda 14 (1)
Milliy terma jamoa
1997—1999 Janubiy Koreya U20 11 (0)
2000 Janubiy Koreya U23 2 (0)
2000—2007 Janubiy Koreya 60 (3)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(2011-yil 7-noyabr uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (2010-yil 14-iyun uchun)

Futbolchilik faoliyati tahrir

Ilk faoliyat yillari tahrir

2000-yil iyun oyida Son Xu Jung-mu qoʻl ostida Makedoniyaga qarshi xalqaro oʻyinda maydonga tushgan. 2001-yilda Son Yonsei universitetini tamomlagandan soʻng K League klubi Pusan I’Consda professional faoliyatini boshlagan. U oʻzining birinchi mavsumidayoq K ligasida yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan[1]. Janubiy Koreya terma jamoasining yangi bosh murabbiyi Gus Xiddink uni jahon chempionati terma jamoasi aʼzosi sifatida tanlagan.

Janubiy Koreya 2002-yilgi Jahon chempionatini toʻrtinchi oʻrinda tugatgan boʻlsa, Son Janubiy Koreya jamoasining 7 oʻyinda hammasi boʻlib 687 daqiqa oʻynagan yagona oʻyinchi boʻlgan.

Feyenoord tahrir

2002-yilgi Jahon chempionatidan soʻng, „Tottenxem“ va "Arsenal" Sonni olish uchun Busan I’Consga murojaat qilgan, ammo Pusan uni saqlab qolish uchun shartnomalarni ataylab kechiktirgan[2]. U Premer-liga klublari bilan kelishuvlari buzilganidan soʻng, shartnomalarini bekor qilib, Yevropa klubiga oʻtish niyatini qatʼiy bildirgan[2]. Oxir-oqibat u Eredivisie klubi Feyenoordga qoʻshilgan. U Bert van Marveyk qoʻl ostida ikki mavsumda „Feyenoord“ safida 56 ta oʻyinda maydonga tushgan. Ammo toʻpigʻidagi jarohatlar tufayli uning jismoniy holati pasayib ketgan. Murabbiylikka Ruud Gullit kelganidan soʻng u tarkibdagi oʻrnini butunlay yoʻqotgan.

Suwon Samsung Bluewings tahrir

Son 2005-yil yanvarida „Feyenoord“dan ketganidan keyin „Suwon Samsung Bluewings“da o‘ynash uchun Janubiy Koreyaga qaytgan. 2005-yil oktyabr oyida u yana toʻpigʻidagi jarohatini yangilab olgan va oxir-oqibat operatsiya qilingan. U besh oydan soʻng maydonga qaytgan.

U 2006-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoaga uning ahvolidan xavotirda boʻlishiga qaramay chaqiruv oolgan va birinchi guruh oʻyinini Togoga qarshi oʻtkazgan. U Janubiy Koreyaning gʻalaba goliga assistentlik qilgan. U oʻzini kutilganidan ham yaxshiroq koʻrsatgan, ammo murabbiy Dik Advokat uni keyingi oʻyinlarda maydonga tushirmagan.

Son 2006-yilgi Jahon chempionatidan soʻng Suwonning asosiy oʻyinchisiga aylangan va 2008-yilda sardorlik bogʻichini olgan. U 2008-yilgi K liga chempionati finalida gʻalaba golini kiritib, jamoasini liga chempionligiga olib chiqgan.

Faoliyat statistikasi tahrir

Klub tahrir

Klub Mavsum Liga Mamlakat Kubogi Liga Kubogi Qitʼa Boshqa Jami
Divizion Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol Oʻyin Gol
Busan I’Cons 2001 K Liga 25 2 ? ? 10 0 35 2
2002 K Liga 9 2 ? ? 1 0 10 2
Jami 34 4 ? ? 11 0 45 4
Feyenoord 2002—2003 Eredivisiya 18 1 3 0 6 0 27 1
2003—2004 Eredivisiya 25 1 1 0 3 0 29 1
2004—2005 Eredivisiya 10 0 0 0 4 0 14 0
Jami 53 2 4 0 13 0 70 2
Suwon Samsung Bluewings 2005 K Liga 9 0 0 0 11 1 2 0 0 0 22 1
2006 K Liga 23 0 4 0 4 0 31 0
2007 K Liga 24 0 2 0 9 0 35 0
2008 K Liga 23 2 1 0 6 0 30 2
2009 K Liga 9 0 1 0 2 0 5 0 17 0
2010 K Liga 7 0 1 0 3 0 6 0 17 0
Jami 95 2 9 0 35 1 13 0 0 0 152 3
Al-Shabab 2010—2011 Saudiya Professional Ligasi 7 2 ? ? ? ? 3 0 10 2
Ulsan Hyundai 2011 K Liga 13 0 1 0 5 0 19 0
Tianjin Teda 2011 Xitoy Super Ligasi 14 1 2 0 16 1
Karyerada jami 216 11 16 0 51 1 29 0 0 0 312 12

Xalqaro tahrir

Terma jamoada yil boʻyicha oʻyin va gollar
Milliy terma jamoa Yil Oʻyin Gol
Janubiy Koreya 2000 2 0
2001 14 1
2002 22 2
2003 3 0
2004 8 0
2006 8 0
2007 3 0
Karyerada jami 60 3
Son Jon-guk tomonidan kiritilgan xalqaro gollar roʻyxati
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1 11.02.2001 Dubay, Birlashgan Arab Amirliklari   Birlashgan Arab Amirliklari 1-1 4-1 2001-yil Dubay turniri
2 19.01.2002 Pasadena, Amerika Qoʻshma Shtatlari   AQSh 1-1 1-2 2002-yil CONCACAF Oltin kubogi
3 29.06.2002 Daegu, Janubiy Koreya   Turkiya 2-3 2-3 2002 FIFA Jahon chempionati

Yutuqlari tahrir

Busan I’Cons

  • Koreya Ligasi kubogi sohibi: 2001[3]

Feyenoord

  • KNVB kubogi sovrindori: 2002—2003[4]

Suwon Samsung Bluewings

  • Pan-Tinch okeani chempionati : 2009[5]
  • A3 Chempionlar Kubogi : 2005[6]
  • K ligasi 1 : 2008[7]
  • Koreya FA kubogi : 2009[8]
  • Koreya Liga kubogi : 2005, 2008[8]
  • Koreya Superkubogi : 2005[8]

Tianjin Teda

  • Xitoy FA kubogi : 2011[9]

Janubiy Koreya U20

  • Yoshlar oʻrtasidagi Osiyo chempionati : 1998[10]

Janubiy Koreya

Manbalar tahrir

  1. „https://sports.news.naver.com/general/news/read.nhn?oid=001&aid=0000120668“ (ko). Naver.com. Yonhap News Agency (2001-yil 18-dekabr).
  2. 2,0 2,1 „https://www.youtube.com/watch?v=_hfaPl-tztw&t=120s“ (ko). YouTube.com. Kkong-byung-ji-tv (2018-yil 30-sentyabr). Qaraldi: 2021-yil 31-may.
  3. Lee. „South Korea – List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  4. „Netherlands Cup Finals“. RSSSF (2021-yil 22-aprel). Qaraldi: 2021-yil 6-iyun.
  5. Saaid. „Pan-Pacific Championship“. RSSSF (2009-yil 26-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  6. Nakanishi. „East Asian Champions Cup“. RSSSF (2007-yil 14-iyun). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  7. Lee. „South Korea – List of Champions“. RSSSF (2020-yil 13-may). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  8. 8,0 8,1 8,2 Lee. „South Korea – List of Cup Winners“. RSSSF (2020-yil 8-aprel). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  9. „足协杯-王新欣于大宝联手逆转 天津2-1胜山东夺冠“ (zh). Sina Sports (2011-yil 19-noyabr). Qaraldi: 2019-yil 20-avgust.
  10. Di Maggio. „Asian U-19/U-20 Championship“. RSSSF (2018-yil 22-noyabr). Qaraldi: 2020-yil 4-sentyabr.
  11. „2002 FIFA World Cup Korea/Japan ™ – Matches – Korea Republic-Turkey“. FIFA. 2015-yil 8-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.
  12. Stokkermans, Karel. „Asian Nations Cup“. RSSSF (2019-yil 7-fevral). Qaraldi: 2020-yil 2-sentyabr.