Sophie (Hohenberg gersoginyasi)

Sophie, Hohenberg gertsoginyasi (nemischa: Sophie Marie Josephine Albina Gräfin Chotek von Chotkow und Wognin; chex. Žofie Marie Josefína Albína hraběnka Chotková z Chotkova a Vojnína 1868-yil 1-mart −1914-yil 28-iyun) — Avstriya-Vengriya taxti vorisi Frans Ferdinandning rafiqasi. Frans Ferdinandning Sarayevoda oʻldirilishi oxir-oqibat Birinchi jahon urushiga olib kelgan voqealarga sabab boʻlgan.

Sophie
Tavalludi
Sophie Maria Josephine Albina Chotek von Chotkow und Wognin

1-mart 1868-yil
Vafoti 28-iyun 1914-yil(1914-06-28)
(46 yoshda)
Sarayevo, Bosniya va Gertsegovina kondominiumi, Avstriya-Vengriya
Fuqaroligi Cisleithania
Unvoni Duchess of Hohenberg
Turmush oʻrtogʻi
Otasi Count Bohuslaw Chotek von Chotkow und Wognin
Onasi Countess Wilhelmine Kinsky von Wchinitz und Tettau

Yoshligi tahrir

Sophie Shtutgartda graf Boguslav Chotek fon Chotkov va Vognin va uning rafiqasi grafinya Vilgelmin Kinskiy von Wchinitz Tettau (1838—1886) oilasida toʻrtinchi qizi boʻlib tugʻilgan[1][2][3][4]

Franz Ferdinand bilan uchrashishi tahrir

Sophie Frans Ferdinand bilan birinchi marta qaerda uchrashganligi nomaʼlum. Ular 1894-yilda Pragadagi balda tanishgan boʻlishlari mumkin. Pragadagi harbiy garnizonda boʻlgan Franz Ferdinand Halbturn qal’asiga tez-tez tashrif buyurgan va bu tashriflarning sababi u Fridrixning toʻngʻich qizi Marie Christineni sevib qolgan deb taxmin qilingan[3]. Gertsoginya Izabella ularning aloqalarini sezib qolgan va oʻrtada vositachilik qila boshlagan. Ammo Izabella tennis kortida yotgan Frans Ferdinandning jiletini koʻrganida, u yerda qizining suratini boʻlishini kutib ochgan. Lekin u yerdan Sophiening surati chiqqan. Shundan keyin oilada janjal kelib chiqqan.

Franz Ferdinand 1889-yilda amakivachchasi valiahd shahzoda Rudolfning oʻz joniga qasd qilishi va 1896-yilda uning otasi Karl Lyudvigning tif kasalligidan oʻlimidan soʻng taxt vorisga aylangan edi. Uning amakisi imperator Franz Jozeph unga Sophiega uylana olmasligini aytgan[3]. Gabsburglar sulolasining har qanday aʼzosi uchun munosib turmush oʻrtogʻi boʻlishi kerak boʻlgan qiz Yevropaning hukmronlik qilayotgan yoki ilgari hukmronlik qilgan sulolalaridan birining avlodi boʻlishi kerak edi. Garchi Choteklar oilasi kamida 14-asrdan beri aslzoda boʻlib, 1745-yilda Muqaddas Rim Imperiyasining grafi boʻlgan boʻlsalarda, ular hukmron sulola unvoniga ega emas edilar.[3]

 
Albert IV muhri, Gabsburg grafi, Sophie va Frans Ferdinandning oʻzaro ajdodlari.

Franz Ferdinand Sophiega uylanmasa taxtdan voz kechishini bildirgan. Bu esa avvalgi merosxoʻrning oʻlimidan soʻng kelib chiqqan muammolarni yanada kuchaytirgan.

Artstetten qal'asida o'tkazilgan Sofining 1910-yilgacha bo'lgan rasmi
Gersoginya oilasi bilan

Franz Ferdinand bilan nikohi tahrir

 1899-yilda oila aʼzolarining bosimi ostida (ayniqsa Maria Theresa, imperatorning qudratli kelini va Frans Ferdinandning oʻgay onasi) er-xotinga turmush qurishlari uchun ruxsat berildi[3]. Franz Ferdinandga merosxoʻrlik huquqini saqlab qolish imkoniyati va boʻlajak rafiqasiga munosib unvon vaʼda qilindi. Biroq, Fraz Ferdinand taxtga oʻtirgandan soʻng xotinini imperator-qirolicha deb eʼlon qilish, undan tugʻilgan farzandlariga merosxoʻrlik huquqini berish imkoniyatiga ega emas edi. 1900-yil 28-iyunda Hohenberg imperator saroyida yigʻilgan arxgertsoglar, vazirlar va saroy aʼzolari, Vena kardinal-arxiyepiskopi va Vengriya Primati oldida Sophie rasmiy hujjatga imzo chekdi. Hujjatga koʻra u hech qachon imperatorning hech qachon qirolicha arxigersoginya unvonlariga ega boʻlmaydigan morganatik rafiqasi boʻladi va ularning farzandlari Gabsburg oilasining hech bir sulolaviy huquq va imtiyozlarga ega boʻlmaydilar va ularga hec qanday imtiyozlar berilmaydi[3][5].

Sophie va Franz Ferdinand 1900-yil 1-iyulda Reyxshtadtda (hozirgi Zakupi) Bogemiyada turmush qurishgan. Nikoh marosimida imperator va Franz Ferdinandning ukalari ham ishtirok etmagan. Imperator oilasining toʻyda ishtirok etgan yagona aʼzolari Franz Ferdinandning oʻgay onasi gertsoginya Maria Theresa va uning ikki qizi Mariya Annunsiata va Elizabet Amali boʻlgan[3]. Turmushga chiqqandan soʻng, Sophiega Durchlaucht („Oliy Hazrat“) unvoni bilan birgalikda Fürstin fon Hohenberg (Hohenberg malikasi) unvoni berilgan. 1909-yilda u gertsoginya darajasiga koʻtarilgan. Shunga qaramay, Avstriya va Vengriyaning barcha arxgertsoginyalari, vositachi malikalari va grafinyalari undan estun turgan. Nikohlarining oʻn toʻrt yili davomida Sophiega hech qachon erining unvoni va imtiyozlari berilmagan. Uning imperator saroyidagi mavqei kamsituvchi edi. Morganatik nikoh tufayli Franz Ferdinand taxt vorisi lavozimiga ega boʻlishiga qaramay, koʻplab qirollik sudlari ularni er-xotin sifatida qabul qilmagan. Shunga qaramay, baʼzilar, jumladan, 1913-yil 17-21-noyabr kunlari Vindzor qasrida Buyuk Britaniya qiroli Jorj V va qirolicha Mary er xotinni iliq kutib olishgan. Qirolicha Maryning otasi Tek gersogi Frensis morganatik nikohdan tugʻilgan va Yeropadagi qirollik oilalari tomonidan rad etilgan[6].

Er-xotinning toʻrt farzandi bor edi:[4]

 
Franz Ferdinand va gersoginya Sophiening farzandlari

Suiqasd tahrir

 
Suiqasd haqidagi xabarlarda gertsoginya koʻpincha morganik (yoki morganatik)</nowiki> nikoh sababli barcha avstraliyaliklardan nafratlangani aytilgan[7].

1914-yilda Franz Ferdinand Avstriya-Vengriya Bosniya va Gertsegovina viloyati gubernatori general Oskar Potiorek tomonidan viloyat markazi Sarayevoda uch kun davomida qoʻshinlarni manevrlarda kuzatish uchun taklif qilingan. Sophiega past maqomi tufayli eriga tantanali tashriflarga hamroh boʻlishiga ruxsat berilmagan. Ammo Franz Ferdinand qirollik shaxsi emas, balki harbiy qoʻmondon sifatida taklif qilingan[8]. Shuning uchun 28-iyun kuni Sophie bilan birgalikda qoʻshinlarni koʻrib chiqish, keyin Venaga qaytishdan oldin yangi muzeyni koʻrish uchun shaharga tashrif buyurgan. Bu sana nikohlarining 14 yilligiga toʻgʻri kelgan va ular bu sayr xavfli ekanligini bilsalar ham, toʻylar kunini jamoat oldida birgalikda nishonlashga qaror qilishgan. 1914-yil 28-iyun, yakshanba kuni soat 10:10 da kortej Saraevo markaziy politsiya boʻlimi yonidan oʻtayotganda Nedeljko Chabrinovich argergertsogning mashinasiga qoʻl granatasini uloqtirgan. Haydovchi buyumning mashina tomon uchayotganini va granata keyingi mashina gʻildiragi ostida portlaganini koʻrib, tezlikni oshirgan. Mashinada ichida bo lgan ikki nafar odam Erik fon Meritsi va graf Bus-Valdek ogʻir yaralangan. Oʻn toʻrt tomoshabin bomba parchalaridan zararlangan. 

Shahar meriyasidagi rasmiy qabulda qatnashgan Franz Ferdinand bombadan yaralangan odamlar haqida soʻragan. Franzga ular kasalxonada ogʻir yaralador holatda yotishgani aytilgan. Franz yaradorlarni koʻrishga olib borishni talab qilgan. Archgertsog shtabining aʼzosi Andreas Freyherr fon Morsi bu xavfli boʻlishi mumkinligini bildirgan, ammo Imperator partiyasining xavfsizligi uchun mas’ul boʻlgan Oskar Potiorek: „Sizningcha, Saraevo qotillarga toʻla deb oʻylaysizmi?“ Biroq, Potiorek Sophie shahar hokimiyati binosida qolsa yaxshi boʻlishini, deb tan olgab. Freyherr Morsi Sophiega hokimyat binomial qolishi kerakligi haqida aytganida: „Archduke bugun oʻzini omma oldida koʻrsatar ekan, men uni tark etmayman“, deb javob bergan.  Shahar markazidan qochish uchun general Oskar Potiorek Imperial mashinasi toʻgʻridan-toʻgʻri Appel quay boʻylab Sarayevo kasalxonasiga borishga qaror qilgan. Biroq, Potiorek bu qarori haqida haydovchi Leopold Loykaga[9] aytishni unutgan. Kasalxonaga boradigan yoʻlda, Lotin koʻprigi boʻylab haydovchi Franz Jozeph koʻchasiga oʻngga burilib ketgab. Bu vaqtda fitnachilardan biri Gavrilo Prinsip burchakda turgan edi. Oskar Potiorek haydovchi notoʻgʻri yoʻlni bosib oʻtganini darhol anglagan va „Bu nima? Bu notoʻgʻri yoʻl!“ deb baqirgan. Haydovchi tormozni bosgan va mashinani orqaga hayday boshlagan. Shunday qilib, u asta-sekin kutib turgan Gavrilo Princip yoniga kelib qolgan. Qotil oldinga chiqib, toʻpponchasini chiqarib, besh futcha masofada mashinaga ikki marta oʻq uzdi. Franz Ferdinandning boʻyniga, Sophiening qorin qismiga oʻq tekkan. Sophie eriga: „Sopherl! Sopherl! Oʻlmang! Farzandlarimiz uchun tirik boʻling!“ deb ayta olgan[8]. Ularning ikkalasi ham bir soat ichida vafot etgan. Suiqasd tufayli Birinchi jahon urushiga olib kelgan iyul inqirozi kelib chiqqan.

Dafn tahrir

Jasadlar SMS orqali Triestga yetkazilgan, soʻngra maxsus poezdda Vena shahriga, Hofburg saroyiga keltirilgan. Archgertsog va gertsoginya soʻraganidek yonma-yon dafn qilingan[8]. Jasadlar Gabsburglarning yozgi uyi Artstetten qal’asida dafn qilingan, chunki Sophie Imperial Cryptga dafn qilinishi mumkin emas edi[10]. Bugungi kunda qal’ada Sophie va Franzning xotirasiga bagʻishlangan muzey mavjud.

 
Fotomontaj (2012) Artstetten qal’asi, uning ibodatxonasi va er-xotinning oxirgi dam olish joyi, har biri bir xil balandlikda dam olayotganini koʻrsatadi.

Esdalik tanga tahrir

Gersoginya Sophie dafn etilgan Artstetten qal’asi 2004-yil 13-oktabrda zarb qilingan 10 evrolik Artstetten qal’asi esdalik tangasi uchun gʻoya sifatida xizmat qilgan. Tanganing teskari tomonida Sophie va Fraz Ferdinandning yuzlari tasvirlangan.

Ajdod tahrir

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
8. Johann Rudolf, Count Chotek von Chotkow und Wognin
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
4. Karl, Count Chotek von Chotkowa und Wognin
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9. Countess Maria Sidonia von Clary und Aldringen
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
2. Bohuslav, Count Chotek von Chotkow und Wognin
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
10. Anton Nikolaus, Count von Berchtold-Ungarschitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
5. Countess Marie von Berchtold-Ungarschitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
11. Baroness Maria Anna Franziska Huszár de Szent-Barath
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1. Countess Sophie Chotek von Chotkow und Wognin
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12. Ferdinand, 5th Prince Kinsky of Wchinitz and Tettau
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
6. Count Joseph Kinsky von Wchinitz und Tettau
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
13. Baroness Maria Charlotte von Kerpen
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
3. Countess Wilhelmine Kinsky von Wchinitz und Tettau
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
14. Wolfang, Count Czernin von und zu Chudenitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
7. Countess Maria Czernin von und zu Chudenitz
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
15. Countess Maria Antónia von Salm-Neuburg
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 


Manbalar tahrir

  1. Montgomery-Massingberd, Hugh (editor). Burkeʼs Guide to the Royal Family, Burkeʼs Peerage, London, 1973, p. 238. ISBN 0-220-66222-3
  2. Willis, Daniel A., The Descendants of King George I of Great Britain, Clearfield Company, 2002, pp. 153, 613
  3. 3,0 3,1 3,2 3,3 3,4 3,5 3,6 Enache, Nicolas. La Descendance de Marie-Therese de Habsburg. ICC, Paris, 1996. pp. 54, 58. French.
  4. 4,0 4,1 Genealogisches Handbuch des Adels, Fürstliche Häuser XV. „Hohenberg“. C.A. Starke Verlag, 1997, pp.600-601.
  5. „Pragmatic Sanction of 1713“. heraldica.org (2011). Qaraldi: 11-noyabr 2011-yil.
  6. „Pope-Hennessy, (Richard) James (Arthur) (1916—1974)“, Oxford Dictionary of National Biography, Oxford University Press, 6–fevral 2018–yil, doi:10.1093/odnb/9780192683120.013.31560, qaraldi: 14–aprel 2022–yil{{citation}}: CS1 maint: date format ()
  7. „Austria Will Avenge Murder“. The Winnipeg Tribune (1914-yil 29-iyun), s. 1.
  8. 8,0 8,1 8,2 Keister Jr, Edwin. An Incomplete History of World War I. Australia: Pier 9, 2007. ISBN 978-1-74045-970-9. 
  9. „Time Magazine Milestones (as Leopold Lojka)“. Time.com (9-avgust 1926-yil). 2007-yil 12-noyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyul 2012-yil.
  10. „The Funeral of the Archduke“. The Independent (13-iyul 1914-yil), s. 59. Qaraldi: 9-avgust 2013-yil.