Sophie Louise Howard (1993-yil 17-sentabrda tavallud gopdan) — ayollar futbolida to'p suradigan himoyachi, soʻnggi paytlarda Angliyaning Leicester City FA klubida Ayollar Superligasida faoliyat olib borgan. 2017-yildan beri u Shotlandiya milliy ayollar terma jamoasi sharafini himoya qiladi.

Sophie Howard
Sophie Howard TSG 1899 Hoffenheim uchun o'ynamoqda, 2016-yil yanvar
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Sophie Louise Howard[1]
Tavallud sanasi 17-sentyabr 1993-yil (1993-09-17) (30 yosh)
Tavallud joyi Hanau, Germaniya Germaniya
Boʻyi 175cm
Ampluasi Himoyachi
Klub maʼlumoti
Joriy klub
Leicester City
Raqami 15
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
Sportfreunde Oberau
SV Phönix Düdelsheim
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
2009-2012 1899 Hoffenheim 42 (1)
2013 Colorado Rapids Women
2014-2015 Colorado Pride
2015-2018 1899 Hoffenheim 63 (1)
2018-2020 Reading 17 (0)
2020- Leicester City 36 (1)
Milliy terma jamoa
2012 Germany under-20 2 (0)
2017- Scotland 29 (1)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)
(24-may uchun)
‡ Milliy terma jamoadagi gollari (19-fevral uchun)

Karyera tahrir

Klub tahrir

2020-yil 8-iyun kuni Reading jamoasi Howardning shartnomasi nihoyasiga yetganidan keyin klubni tark etganini eʼlon qildi.[2] 2020-yil avgust oyida Howard 2020-21-yilgi Ayollar chempionati mavsumi oldidan Leicester City klubi bilan shartnoma imzoladi.

 
Sophie Howard (15) Leicester City bilan 2021-yilning aprelida

Xalqaro tahrir

Howard 2012-yilda Germaniya milliy ayollar terma jamoasining 20 yoshgacha boʻlgan darajadasidagi jamoani ikki marta himoya qilgan. U 2012-yilda Yaponiyada boʻlib oʻtgan FIFA U-20 ayollar oʻrtasidagi Jahon chempionatida Germaniya terma jamoasi tarkibiga kiritilgan, biroq birorta oʻyinda ishtirok eta olmagan. 2016-yilda u Angliyaning yangi „Keyingi avlod“ jamoasi uchun yigʻinga chaqirildi. U shunday dedi: „Garchi men Germaniyada tugʻilib oʻsgan boʻlsam ham, men Angliyada oʻynashni orzu qilganman va umid qilamanki, endi birinchi qadamimni qoʻydim“.[3]

2017-yilning mart oyida u Shotlandiya milliy ayollar terma jamoasiga chaqirildi. Shotlandiya terma jamoasining uchta jarohat olgan himoyachisi bor edi va ularga Howardni o'z safiga qo'shib olishga ruxsat berildi, chunki uning bobosi shotland.[4] U 2017-yilning 11-aprelida Leuvenda Belgiya milliy ayollar terma jamoasiga qarshi o‘rtoqlik o‘yinida 64-daqiqada zaxiradan maydonga tushib, xalqaro maydondagi debyutini o‘tkazdi.[5]

Xalqaro gollar tahrir

Natijalarda birinchi boʻlib Shotlandiyaning gollari roʻyxati keltirilgan.
# Sana Joy Raqib Hisob Natija Musobaqa
1. 28-may 2019-yil Glazgo,   Shotlandiya   Yamayka
3–2
3–2
Doʻstona

Manbalar tahrir

  1. „FIFA U-20 Women's World Cup Japan 2012 List of Players“. FIFA (2012-yil 14-sentyabr), s. 5. 2014-yil 10-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  2. „🙏 Reading FC Women issue thanks as out of contract players depart“ (en-gb). Reading F.C.. Qaraldi: 2020-yil 8-iyun.
  3. Leighton, Tony. „Howard's way is a boost for Next Gen coach Spacey“. The League Paper (2016-yil 23-avgust). Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  4. Lindsay, Clive. „Scotland women: Signeul hopes to add Barsley and Howard to squad to face Belgium“. BBC Sport (2017-yil 29-mart). Qaraldi: 2017-yil 7-may.
  5. „Under-strength Scotland fall to Belgium“. Scottish Football Association (2017-yil 12-aprel). Qaraldi: 2017-yil 7-may. „Anna Signeul made a further change on the 64th minute, replacing one debutant with another, as the impressive Vaila Barsley made way for Sophie Howard.“.

Havolalar tahrir