Stanislav Smirnov

rossiyalik matematik

Stanislav Konstantinovich Smirnov (ruscha: Станисла́в Константи́нович Смирно́в) (1970-yil 3-sentyabrda tugʻilgan) — rossiyalik matematik. Smirnov perkolatsiya va Ising modeli boʻyicha ishlari bilan tanilgan. Xususan, uch burchakli toʻrdagi perkolatsiyalar uchun Cardy formulasini isbotlab bergan. 2010-yil Fields medali bilan taqdirlangan.[1]

Stanislav Konstantinovich Smirnov
Tavalludi 3-sentyabr 1970-yil (1970-09-03) (53 yosh)
Leningrad, Sovet Ittifoqi
Fuqaroligi Rossiya
Sohasi Matematika
Ish joylari Geneva universiteti
Qirollik texnologiya instituti
Sankt-Peterburg davlat universiteti
Yale universiteti
Max Planck matematika instituti
Perspektiv tadqiqotlar instituti
Skolkovo fan va texnologiya instituti
Akademik rahbarlari Nikolai G. Makarov
Mukofotlari Clay Research mukofoti (2001)
Salem mukofoti (2001)
Rollo Davidson mukofoti (2002)
Yevropa matematika jamiyati mukofoti (2004)
Fields medali (2010)

Smirnov 2003-yildan beri Geneva universitetida professor boʻlib ishlaydi. 2012-yil Rossiya aʼlim va fan vazirligi huzuridagi jamoatchilik kengashi aʼzosi etib saylangan. 2013-yildan beri Academia Europaea akademiyasi aʼzosi.

Smirnov matematika va fizika fanlarini chuqur oʻrgatiluvchi 239-sonli maktabni tamomlagan. Beshinchi sinfdan boshlab u Sergey Rukshin boshchiligidagi toʻgarakda matematikani oʻrgangan. 1986–1987-yillarda maktab oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan Xalqaro matematika olimpiadasida SSSR terma jamoasi aʼzosi boʻlgan. Ikkala olimpiadada ham barcha topshiriqlarga toʻgʻri javob berib, 100 % natija koʻrsatgan va ikki marta oltin medalni qoʻlga kiritgan.

Xalqaro olimpiada gʻolibi sifatida Sankt-Peterburg davlat universitetining matematika va mexanika fakultetiga imtihonsiz qabul qilingan, uni 1992-yilda bitirgan. Ilmiy rahbari Viktor Xavin boʻlgan. Smirnov Sankt-Peterburg davlat universitetini tamomlagandan soʻng, Nikolay Makarov tomonidan California texnologiya institutida aspiranturaga taklif qilingan va u yerda 1996-yilda Ph.D darajasini olgan. U Yale universitetida malaka oshirgan, Princetondagi Perspektiv tadqiqotlar institutida va Bonndagi Max Planck matematika institutida ishlagan. Smirnov keyinchalik Stockholmdagi Qirollik texnologiya institutida ishlagan, Shvetsiya Qirollik fanlar akademiyasida ilmiy xodim boʻlgan.

Manbalar tahrir

  1. Shibut, A. S. „Fields medali — Matematiklar uchun Nobel alternativasi“ (ruscha). Belarus davlat universiteti. 2020-yil 28-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 23-oktyabr.