Stanley Glen Love (1965-yil 8-iyunda tugʻilgan) — amerikalik olim va Oregon shtatidagi NASA astronavti[1].

Stanley G. Love
Tavalludi 1965-yil 8-iyun (57 yosh) San-Diego, Kaliforniya, AQSh
Fuqaroligi AQSh
Kasbi Sayyorashunos
Millati amerikalik
Kosmik karyera
Kosmosdagi vaqt
12 kun 18 soat 22 minut
Tanlash 1998-yil NASA guruhi
Missiyalar STS-122
Missiya belgisi

Yoshligi tahrir

Love 1965-yil 8-iyunda Kaliforniyaning San-Diego shahrida Glen A. Love va Rhoda M. Love oilasida tugʻilgan. Biroq, Love, Oregon shtatidagi Eugeneni oʻzining ona shahri deb biladi. Love 1983-yilda Oregon shtatidagi Eugene shahridagi Uinston Cherchill oʻrta maktabini tamomlagan. U Kaliforniyaning Klermont shahridagi Xarvi Mudd kollejida fizika fanlari boʻyicha bakalavr darajasini, astronomiya boʻyicha Vashington universitetida MS (1989) va Ph.D (1993) darajalarini olgan[1][2].

Akademik martaba tahrir

Love 1984-yilning yozida Oregon universitetida kompyuter dasturlash boʻyicha oʻqituvchi va 1985-yildan 1987-yilgacha fizika va kimyo laboratoriyalarida assistent boʻlib ishlagan. 1987-yildan boshlab Seattlegi Vashington universitetida aspirant oʻqituvchisi sifatida umumiy va sayyora astronomiyasi boʻyicha bakalavriatda oʻqiyotgan oʻquvchilarga dars bergan. U 1989-yildan 1993-yilgacha Vashington universitetida aspirant ilmiy xodim boʻlib ishlagan. Love 1994-yilda doktorlikdan keyingi tadqiqotlar uchun Gavayi universitetiga koʻchib oʻtdi. 1995-yilda u California Texnologiya Institutining postdoktorlik mukofotiga sazovor boʻldi. 1997-yilda u reaktiv harakat laboratoriyasiga muhandis boʻlib ishga kirdi[1].

NASA martabasi tahrir

Love 1998-yil iyun oyida NASAga qoʻshildi va oʻsha yilning avgust oyida mashgʻulotlarni boshladi. U asosiy kosmonavt nomzodini tayyorlash hamda malaka oshirish kursini yakunladi. U 1 dan 7 gacha stansiya ekspeditsiyalari va STS -104, STS-108, STS-112[1] va STS-132 missiyalari uchun Missiyalarni boshqarishda CAPCOM (kosmik kema aloqachisi) sifatida xizmat qilgan. 2008-yilda Love oʻzining birinchi kosmik parvozida STS-122 ekipaji bilan Space Shuttle bortida qatnashdi va 306 soatdan koʻproq vaqt davomida kosmosda boʻldi. Missiya 2008-yil 7-fevralda boshlanib, 2008-yil 20-fevralda yakuniga yetdi[1].

Aʼzolik tahrir

Love Amerika Astronomiya Jamiyati; Sayyorashunoslik boʻlimi; Amerika Geofizika Ittifoqi ; Amerika Aeronavtika va Astronavtika Instituti (Dotsent); meteoritlar jamiyati azosi hioblanadi[1][2].

Shaxsiy hayoti tahrir

Love uylangan, ikki farzandi bor. Uning koʻplab sevimli mashgʻulotlariga: jang sanʼatlari, yurish, ilmiy fantastika, musiqa va anime kiradi. Uning ota-onasi hozirda Oregon shtatida istiqomat qilishadi[1][2].

Manbalar tahrir

  1. 1,0 1,1 1,2 1,3 1,4 1,5 1,6 {„Stanley G. Love, (Ph.D.) NASA Astronaut“. NASA (2019-yil may). Qaraldi: 24-iyun 2021-yil.
  2. 2,0 2,1 2,2 NASA. „NASA – Meet the NEEMO 15 Crew“. NASA (15-sentabr 2011-yil). 2011-yil 25-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 19-sentabr 2011-yil.