Steven Robert Guttenberg (talaffuzi: „Stiven Robert Guttenberg“, 1958-yil 24-avgustda tugʻilgan) — amerikalik aktyor, yozuvchi, biznesmen, prodyuser va rejissyor. U 1980- va 1990-yillardagi Gollivud filmlaridagi bosh rollari bilan tanilgan, jumladan, „Cocoon“, „Police Academy“, „Three Men and a Baby“, „Diner“, „The Bedroom Window“, „Three Men and a Little Lady“, „The Big Green“ va „Short Circuit“.

Steve Guttenberg
Tavalludi
Steven Robert Guttenberg

24-avgust 1958-yil (1958-08-24) (65 yosh)
Brooklyn, New York City, A. Q. Sh.
Fuqaroligi AQSh
Kasbi
  • Aktyor
  • muallif
  • prodyuser
  • rejissyor
  • tadbirkor
Faoliyat yillari 1977—hozirga qadar
Turmush oʻrtogʻi
  • Denise Bixler
    (turm. 1988; ajr. 1992)
  • Emily Smith
    (turm. 2019)

Yoshlik tahrir

Guttenberg 1958-yil 24-avgustda[1] Bruklinda (Nyu-York)[2] ikki singlisi bilan birga hamshira yordamchisi Ann Iris va elektr boʻlimi mutaxassisi Jerome Stanley Guttenbergning yagona oʻgʻli boʻlib tugʻilgan. Choʻqintirgan otasi aktyor MIchael Bell[3]. U Queens tumanidagi Flushing mahallasida oʻsgan va yahudiy tarbiyasi olgan[4]. 1976-yilda uning oilasi Queensdan Shimoliy Massapequaga koʻchib oʻtganidan keyin Plainedge oʻrta maktabini tamomlagan.

Karyera tahrir

Rollercoaster filmida nomaʼlum qism rolini oʻynaganidan soʻng[5], Guttenberg „Something for Joey“ (1977) telefilmida birinchi ekran rolini oʻynadi. Keyin u 1977-yilda Kaliforniyadagi oʻrta maktab komediyasida 1969-yilda Beverli-Xillzda boʻlib oʻtgan „The Chicken CHronicles“ filmida bosh rolni oʻynadi. 1978-yilda Ira Levinning bestselleri asosida suratga olingan „The Boys from Brazil“ filmida ham suratga tushgan, shuningdek „Family“ filmida mehmon sifatida ishtirok etgan.

1984-yilda Guttenberg Police Academy filmida bosh rol oʻynadi. Filmning premyerasi dam olish kunlarida Amerika hududida 8,5 million dollar, butun dunyo boʻylab esa149 million dollardan koʻproq daromad keltirdi.

Shaxsiy hayot tahrir

Guttenberg 1988-yil 30-sentyabrda model Denis Bikslerbilan turmush quradi[6]. Ular 1991-yilning iyun oyida ajralishdi[7] va 1992-yilda nikohlari bekor boʻladi[8].

Manbalar tahrir

  1. Contemporary Theatre, Film and Television: Volume 1. Cengage, 1985 — 123 bet. 
  2. Guttenberg, Steve, in Katz. „Why Steve Guttenberg Lives on the Upper West Side“. West Side Rag (2017-yil 23-yanvar). — „I was born in Brooklyn, raised in Flushing, Queens, then Massapequa for my middle and high school years.“. 2017-yil 23-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
  3. „Q&A with actor Steve Guttenberg“. NASDAQ.
  4. Aushenker, Michael. „P.S., Your Mensch Is Dead—for Now“. The Jewish Journal of Greater Los Angeles (2003-yil 23-yanvar). 2014-yil 21-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2011-yil 13-oktyabr.
  5. Harris, Will. „Steve Guttenberg on 'Police Academy', 'Party Down', and turning down 'Sharknado“. The A.V. Club (2015-yil 25-iyul). 2017-yil 20-sentyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 21-yanvar.
  6. „Steve Guttenberg Weds“. Rome News-Tribune (1988-yil 4-oktyabr).
  7. „Guttenberg seeks divorce from model“. Chicago Sun-Times (1992-yil 17-yanvar).
  8. „The Devil and Steve Guttenberg: Love, Sex, Fame And The Rollercoaster From 'Police Academy' To 'Ballers'“. The Daily Beast (2017-yil 23-iyul).