Strukturaviy geologiya
Strukturaviy (struktura soʻzi lotincha -tuzilish, joylashish, tartib degan moʻnoni anglatadi) geologiya yer poʻstining tuzilishini va rivojlanish qonuniyatlarini oʻrganuvchi geotektonika fanining mustaqil bir boʻlimi. Strukturaviy geologiya yer poʻstidagi togʻ jinslari hosil qilgan qatlamlarning yotish shakllarini, ularning hosil boʻlish sabablarini, sharoitini va rivojlanish tarixini oʻrganadi.
VazifalariTahrirlash
•Ilmiy vazifasi — struktura shakillarining yoki geologik tanalarning geometrik modillarini yaratish. •Amaliy vazifasi-Foydali qazilmalarning aloxida turlarining struktura shakillari bilan bogʻliqligini aniqlash
Rivojlanish tarixiTahrirlash
[1].Abu Rayxon Beruniy (973-1048) oʻzining bir qator asarlarida Yer yuzasi, togʻlarning paydo boʻlishi va yemirilishi, choʻkindilar hosil boʻlishi, minerallarning xossalari, Yer poʻstida kechadigan tektonik harakatlar haqida juda toʻgʻri fikrlarni yozib qoldirgan. U birinchi marta Amudaryo vodiysining geologik rivojlanishini jiddiy oʻrganishga harakat qilgan. U yerda topilgan chigʻanoqlarga asoslanib „dengizlar quruqlikka, quruqliklar esa dengizga aylanadi“ degan fikrga kelgan. [2]Abu Ali Ibn Sino „Kitob-ash-shifo“ asarida geologiya va mineralogiya ilmlariga oid koʻp maʼlumotlar beradi. Unda togʻlarning hosil boʻlishi, toshlarda saqlanib qolgan turli dengiz hayvonlarining izlari asosida bu jinslarning dengiz sharoitida hosil boʻlganligi haqida fikr yuritiladi. Ibn Sino minerallarning tasnifini ham ishlab chiqdi va undan deyarli XVIII asrga qadar foydalanib kelindi. Strukturaviy geologiya fani va geologik xaritalash ishlarining rivojlanishi foydali qazilma konlarini qadirish va razvedka qilishni ilmiy asosda tashkil etish zarurati bilan belgilanadi. Geologiyaning bu tarmogʻi mustaqil yoʻnalish sifatida XVII-XVIII asrlarda shakllana boshlangan. Bu baroda Ch.K.Lits, M.P.Billings, L.U.de Sitter, Ye.Kloss, M.V.Lomonosov va boshqa olimlar ishlarini eʼtirof etish mumkin. [3]XIX asr boshlarida Vilyam Smit, J.Kyuve, A.Bronyar va boshqalarning stratigrafik tadqiqotlari tufayli togʻ jinslarini yoshi boʻyicha ajratgan holda xaritalash imkoniyati tugʻildi. Bu, tom maʼnoda, geologik xaritalashda tub burilish yasadi. 1875-yilda Xalqaro geologiya kongressi (XGK) II sessiyasida umumiy stratigrafik nomenklaturaning qabul qilishini geologik xaritalash ishlarini tartibga solishda ahamiyati katta boʻldi. XIX asrda Rossiyada geologik xarita tuzish boʻyicha qilingan eng muhim ishlar D.I.Sokolov, G.K.Gelmerson, R.I.Murchison, L.I.Lagutin, A.P.Karpinskiy nomlari bilan bogʻlik. Bu ishlarga D.V.Nalivkin, A.L.Yanshin va boshqa geologlar rahbarlik qilishdi. Shu vaqtda geologik xaritalash ishlari Moskva, Sankt-Peterburg va jumhuriyat markazlari va boshha koʻplab shaharlardagi geologik tashkilotlar tomonidan olib borilgan. XX-asrning 20-yillardan boshlab oliy oʻquv yurtlarida strukturaviy geologiya va geologik xaritalash boʻyicha (V.A.Obruchev, I.M.Gubkin, V.N.Veber) uslubiy kurslar oʻqitila boshlandi. 1923-yili V.N.Veber tomonidan geologik xaritalash boʻyicha birinchi qoʻllanma — „Dala geologiyasi“ nashr qilinadi. Keyinchalik magmatik va metamorfik togʻ jinslarini xaritalash (A.A.Polkanov va b.), toʻrtlamchi davr yotqiziqlarini oʻrganish va xaritalash (G.F.Mirchink, N.N.Yakovlev) uslublari; uzilmali strukturalarni oʻrganish va foydali qazilma yotqiziqlarini geometrizatsiyalash (P.K.Sobolevskiy, P.M.Leontovskiy, N.I.Lebedov, N.K.Razumovskiy va b.) singari muhim ishlar yuzaga keldi. Mazkur qoʻllanmalarda struktura shakllarini oʻrganish va geologik xaritalashdagi uslubiy masalalar yoritildi. Bu qoʻllanmalar mintaqalarning geologik tuzilishini oʻrganishda, foydali qazilma konlarini qidirish va razvedka qilishda hamda geologik xaritalashda katta ahamiyatga ega boʻldi. Oʻtgan asr 20-yillarining oxirida geologik tadqiqot ishlarining koʻlami keskin oshadi. Oʻrol, Sharqiy Sibir, Oʻrta Osiyo va Qozogʻistonda geologik qidiruv ishlari ancha jadallashadi. Buning natijasida geolog mutaxasislarga ehtiyoj yaqqol sezila boshlandi. 1931-yili V.A.Obruchev[[]]ning struktura shakllarini oʻrganish va geologik xaritalash uslubi boʻyicha ikki jildli mukammal qoʻllanmasi — „Dala geologiyasi“ nashr etiladi. Keyinchalik Ye.E.Milanovskiyning „Geologik xaritalar, ularni oʻqish va tuzish“ (1933), A.E.Guttning „Togʻ geometriyasi“ kursi (1933), I.Ya.Furmanning „Burgʻilash maʼlumotlari asosida geologik qurilmalar tuzish“ (1935) va V.N.Veberning „Geologik xaritalash uslublari“ (1937) nomli kitoblari chop etildi. Bu kurslar Moskva, Sankt-Peterburg, Sverdlovsk, Toshkent, Irkutsk va Novocherkassk shaharlaridagi oliy oʻquv yurtlarida oʻqitila boshlandi. 1937-yili Moskvada akademik I.M.Gubkin rahbarligida Xalqaro geologiya kongressining XVII sessiyasi boʻlib oʻtadi. Unda D.V.Nalivkin tahriri ostida nashr qilingan. Oʻrta Osiyoning geologik tuzilishini dastlabki oʻrganishda D.V.Nalivkin, I.V.Mushketov, G.D.Romanovskiy, N.P.Barbot de Marni, V.N.Veber, V.Ya.Yakovlevlarning ishlari katta ahamiyatga ega boʻldi. 1929-yildan boshlab Geologiya qoʻmitasining Oʻrta Osiyo boʻlimi tomonidan hududni reja asosida geologik xaritalash boshlanadi. Bu ishlarda A.S.Adelung, A.D.Arxangelskiy, A.R.Burachek, N.P.Vasilkovskiy, S.I.Klunnikov, S.A.Kushnar, A.P.Markovskiy, S.F.Mashkovsev, B.N.Nasledov, V.A.Nikolaev, V.N.Ognev, V.I.Popov, N.M.Sinitsin, P.K.Chixachev, P.P.Chuenko kabi geologlar faol ishtirok etishadi. Yuqorida sanab oʻtilgan geologlarning bir qismi tomonidan Tojik-Pomir ekspeditsiyasi tarkibida Oʻrta Osiyo hududining geologik tuzilishi va foydali qazilmalarini oʻrganishda bajargan ishlari hozirgacha oʻz ahamiyatini yoʻqotmagan. Bu davrda tuzilgan geologik xaritalar asosan foydali qazilmalarga istiqbolli boʻlgan mintaqalarnigina qamrab olgan boʻlib, ular turli miqyosda tartibsiz ravishda bajarilgan. 1932-yilda 1:2 500 000 miqyosda tuzilgan Oʻzbekistonning geologik xaritasi Oʻrta Osiyo geologiyasini oʻrganishda oldinga qoʻyilgan yirik qadam boʻldi. XX-asrning 40-yillariga kelib geologik xaritalash uslubi tektonik strukturalar turlarining fazoviy joylashish qonuniyatlarini aniqlash va ular bilan bogʻliq boʻlgan foydali qazilmalarni qidirish yoʻnalishi boʻyicha qayta ishlab chiqildi. 1940-yili M.A.Usovning „Strukturaviy geologiya“, keyinchalik V.V.Belousovning „Umumiy geotektonika“ (1948) va N.I.Buyalovning „Strukturalar va dala geologiyasi“ (1953) kitoblari nashr qilinadi. Ularda strukturaviy geologiyaning nazariy asoslari keng yoritilgan boʻlib, geologik xaritalashdagi kompleks usullarning yangi tamoyillari oʻrin oladi. 1957-yilda Butunittifoq geologiya instituti tomonidan Oʻzbekiston, Tojikiston va Turkmaniston respublikalari geologiya boshqarmalari bilan hamkorlikda Oʻrta Osiyoning jamlama geologik xaritasi tuziladi. Unda 1956-yilgacha hududni geologik oʻrganish ishlarining natijalari umumlashtirilgan. 1961-yili X.M.Abdullaev va V.G.Garkoves tahriri ostida Oʻrta Osiyo markaziy qismining 1:1 000 000 miqyosli geologik xaritasi nashr qilinadi. Ushbu xarita tektonika, metallogeniya va magmatizm bosqichlarini aniqlash kabi mintaqaviy masalalarni hal qilishda asos boʻlib xizmat qildi. XX-asrning 60-yillari Oʻrta Osiyoda nomenklatura varaqlari boʻyicha rejali davlat xaritalash ishlari boshlanadi. Ularning birinchi bosqichida hududning 1:200 000 miqyosli geologik xaritalari tuziladi. Bu xaritalar asosida 1970-yillar boshida geologik xaritalar seriyalari nashr etiladi va ularda Oʻrta Osiyo respublikalalarining geologik tuzilishi batafsil koʻrsatiladi. 1966-yilda Oʻzbekiston, Turkmaniston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Qozogʻiston respublikalari geologik hizmati idoralari yordamida miqyosi 1:1500 000 boʻlgan Oʻrta Osiyo va yondosh hududlarning geologik xaritasi VSEGEI (Butunittifoq geologiya institut) tomonidan nashr qilindi. Keyingi yillarda (1975-1980-yillar) miqyosi 1:200 000 va 1:50 000 li xaritalari asosida tayyorlangan Oʻzbekistonning jamlama geologik xaritasi nashrdan chiqdi. 1972-yilda mutaxassislarning katta jamoasi tomonidan muhim ish — „Ittifoq geologiyasining XVIII jildi (Oʻzbekiston)“ nashr qilindi. Unda ushbu mintaqaning stratigrafiyasi, magmatizmi, tektonikasi, geologik rivojlanish tarixi, foydali qazilmalari boʻyicha asosiy maʼlumotlar umumlashtirilgan. Keyingi bosqichda 1:100 000 va 50 000 miqyosli geologik xaritalash ishlari olib boriladi. Bu ishlar natijasida olingan yangi maʼlumotlar nafaqat Oʻzbekiston, balki boshqa Oʻrta Osiyo jumhuriyatlari hududlarining geologik tuzilishi toʻgʻrisidagi tasavvurlarni keskin oʻzgartirdi. 1975-yili yirik miqyosli geologik xaritalash ishlari asosida Oʻzbekistonning yangi jamlama geologik xaritasi nashr etildi. 1970-80 yillar davomida Oʻzbekistonda neft va gaz konlarini qidirish va boshqa maqsadlarda qazilgan burgʻi quduqlaridan olingan maʼlumotlar asosida Gʻarbiy Oʻzbekiston va Fargʻona vodiysi mezo-kaynozoy qoplama yotziqlari ostidagi paleozoy fundamenti yuzasining geologik xaritasi tuziladi. 1980-yili X.T.Toʻlaganov va B.V.Yaskovich tomonidan „Oʻzbekiston geologik xaritasi“ nashr ettirilib, unda shu davrgacha olib borilgan barcha geologik xaritalash ishlarining natijalari umumlashtirilgan. Oʻrta Osiyodagi oʻrta va yirik miqyosli geologik xaritalash ishlarini olib borishda V.A.Arapov, B.Ya.Aysanov, A.G.Agafonov, G.A.Abdurahmonov, G.Yu.Alfyorov, A.A.Kulesh, O.I.Kim, A.S.Makarov, I.M.Mushkin, K.A.Nabiev, N.P.Podkopaev, K.K.Pyatkov, Sh.Sh.Sabdyushev, R.R.Usmonov, B.G.Xayrulin, T.Sh.Shoyoqubov, G.S.Porshnyakov, D.P.Rezvoy, V.I.Dronov, A.X.Kafarskiy, I.V.Pashkov, N.K.Bulin, I.I.Soloshenko, V.V.Abakumov, V.M.Pay, V.M.Nenaxov va koʻplab boshqa geologlarning xizmatlari kattadir. Mintaqalarning tektonik tuzilishi, magmatizmi, mineralogiyasi va stratigrafiyasi boʻyicha Щ.M.Abdullaev, R.N.Abdullaev, Z.M.Abduazimova, A.S.Adelung, G.Yu.Alferov, M.O.Axmedjonov, V.A.Arapov, A.A.Bakirov, F.R.Bensh, O.M.Borisov, V.S.Burtman, A.K.Buxarin, R.I.Bikov, N.P.Vasilkovskiy, V.I.Volgin, V.P.Gavrilov, V.G.Garkoves, A.E.Dovjikov, T.N.Dolimov, F.X.Zunnunov, A.I.Kim, V.I.Knauf, V.P.Korjaev, S.G.Kurenkov, M.M.Kuxtikov, D.V.Nalivkin, V.A.Nikolaev, S.X.Mirkamalova, A.D.Mikluxo-Maklay, I.M.Mirxojiev, V.N.Ognev, X.O.Otoboev, A.V.Peyve, V.I.Popov, G.S.Porshnyakov, D.P.Rezvoy, N.M.Sinitsin, T.A.Sikstel, O.I.Sergunkova, B.B.Tal-Virskiy, V.I.Troiskiy, S.S.Xoʻjaev, X.U.Uzoqov, I.A.Fuzaylov, I.H.Hamrabaev, G.S.Chikrizov va boshqa koʻplab geologlarning ilmiy tadqiqotlari geologik xaritalash ishlarini olib borishda katta ahamiyatga ega boʻldi.
HavolalarTahrirlash
- ↑ Ibragimov R.N., Fatxullaev G.A., Rasulov U.M. Strukturali geologiya va geologik xaritalash. T., Universitet nashriyoti, 1993
- ↑ Chiniqulov X. Strukturali geologiya va geologik xaritalash. Toshkent, „Universitet“ nashriyoti, 1992
- ↑ Pavlinov V.N. Strukturnaya geologiya i geologicheskoe kartirovanie s osnovami geotiktoniki. M., Nedra, 1979.