Sulaymon Egamberdiyevich Azimov (1908.21.10, Qirgʻiziston; Oʻsh viloyati Oʻzgan tumani — 1996.3.1, Toshkent) — faylasuf olim, jamoat arbobi. Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1958). Toshkentdagi Almaiy nomidagi namuna ish maktabi (1928), pedagogika texnikumini tugatgan (1929). Moskva Tarix-falsafa va adabiyot institutining falsafa fakultetida oʻqigan (1932- 1937). Oʻrta Osiyo davlat universiteti va Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika institutida falsafadan dars bergan (1937-1938). 1938-yilda „Qizil Oʻzbekiston“ gazetasi muharriri. 1939-1941-yillarda respublika rahbar lavozimlarida ishlagan. Azimov qatagʻonga uchrab, umrining qariyb 15 yilini (1941-1955) turma va qamoq lagerlarida oʻtkazdi. 1955-1959-yillarda respublika madaniyat vaziri oʻrinbosari. 1959-1966-yillarda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Falsafa va huquq instituti sektor mudiri, katta ilmiy xodim. Nazariy-ilmiy, publitsistik asarlar muallifi.[1][2]

Sulaymon Azimov
Tavalludi 21-oktyabr 1908-yil
Vafoti 3-yanvar 1996-yil(1996-01-03)
(87 yoshda)
Toshkent
Mukofotlari Oʻzbekiston fan arbobi

Manbalar tahrir

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://ziyouz.uz/