Sultanzâde Pîr Ahmed Bey (turkcha: Sultanzâde Pîr Ahmed Bey) — Karamanoğulları bekligida 1464-1469-yillar orasida hukmdorlik qilgan turk beki. Ushbu beklik 1250-1487-yillar orasida Onadoʻlida hukm surgan boʻlib, XIV-XV asrlarda Onadoʻlida Usmonlilar imperiyasi bilan birga eng qudratli davlat hisoblangan.[1][2].

Sultanzâde Pîr Ahmed Bey
turkcha: Sultanzâde Pîr Ahmed Bey'
Karamanoğulları beki
Saltanat 1464-1469
Oʻtmishdoshi Karamanoğlu İshak Bey
Davomchisi Kasım Bey
Tugʻilishi ?
Vafoti 1474-yil
Uy Karamanoğulları
Otasi Karamanoğlu İbrahim Bey II
Dini Sunni Islom

Taxt uchun mojaro

tahrir

1464-yil otasi Karamanoğlu İbrahim Bey II vafot etganida Pir Ahmed Bey beklik taxtiga chiqishga urinib koʻrdi. Taxtning qonuniy valiahdi Karamanoğlu İshak Bey Oq qoʻyunli hukmdori Uzun Hasan dastagi bilan beklik taxtiga chiqdi va bek boʻldi. Biroq Pir Ahmed taslim boʻlmadi. Usmonli sultoni Mehmed II Fotihdan dastak istadi va buning qarshiligida beklikning bir qismini taklif qildi. Usmonlilar dastagini olgan Pir Ahmed, Dağpazarı jangida akasini magʻlubiyatga uchratdi. Ishak Bey janubiy qism chegarasi boʻlgan Silifkega qochdi va Pir Ahmed beklik taxtiga oʻtirdi.

Beklik davri

tahrir

Pir Ahmed vaʼdasini ustidan chiqdi va beklikning bir qismini Usmonlilar imperiyasiga berdi. Ammo u yoʻqotishlaridan xavotirda edi. Shunday qilib, Usmonlilarning gʻarbga yurishi chogʻida oʻzining avvalgi yerlarini qaytadan egallab oldi. Ammo Mehmed II Fotih Onadoʻliga qaytdi va beklikning ikki katta shahri Karaman va Koʻniyani bosib oldi. Pir Ahmed qiyinchiliklar bilan sharq tarafga qarab qochdi. Bir necha yil oʻtgach, Usmonli sadrazami Gedik Ahmed Paşa beklikning qirgʻoqboʻyi hududlarini egalladi.

Keyingi kurashlari va oʻlimi

tahrir

Pir Ahmed va ukasi Kasım Bey Uzun Hasan yoniga qochib bordilar. Ushbu voqea Uzun Hasanga beklik ichki ishlariga aralashish imkoniyatini berdi. 1472-yilda Oq qoʻyunli qoʻshini Onadoʻlining katta qismini ishgʻol etdi (1473-yildagi Otlukbeli jangining sababi shu edi). Pir Ahmed Oq qoʻyunli dastagi bilan Karaman hududlarini qaytadan egalladi. Ammo Pir Ahmed bekligining yangi davri uzun davom etmadi. Chunki Pir Ahmed Karaman hududlarini egallagan vaqtda, Oq qoʻyunli qoʻshini Usmonlilar bilan jangda magʻlubiyatga uchradi va Pir Ahmed yana qochishga majbur boʻldi. U kurashini davom ettirishga harakat qilsa-da, oilasi Gedik Ahmed posho tomonidan Istanbulga koʻchirilganini bilib, oxir-oqibat taslim boʻldi. Uning ruhiyati buzilib, Oq qoʻyunlilar tomonidan timor sifatida berilgan hududga qochdi[3]. Pir Ahmed 1474-yilda ortidan Usmonlilar askarlari quvayotgan vaqtda, togʻdan tushib vafot etdi[4]. Maqbarasi Gümüşhaneda ismi berilgan Pirahmed qishlogʻida.

Manbalar

tahrir
  1. TDV İslam Ansiklopedisi, cilt: 28,  sayfa: 445
  2. Faruk Sümer, „Karamanoğulları“, TDV Diyanet İslam Ansiklopedisi, Ankara 2001, c. XXIV, s. 454-460.
  3. Karaman History (Wayback Machine saytida 2013-09-28 sanasida arxivlangan)
  4. „Arşivlenmiş kopya“. 8 ocak 2020da asl nusxadan arxivlangan.
Humkdorlik unvoni
Oʻtmishdoshi:
İshak Bey
Karamanoğulları beki
1464-1469
Vorisi:
Kasım Bey