Abdumubdi Noʻʼmonovich Sultonxoʻjayev (1929.12.1. Toshkent) — gidrogeolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1989), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1979), geol.mineralogiya fanlari doktori (1970), professor (1971). Oʻrta Osiyo politexnika institutinini tugatgan (1952). Oʻzbekiston Geologiya va vazirligiga qarashli Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi institutida direktor muovini (196265), regional gidrogeologiya boʻlimi rahbari (1965—72). 1972-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Seysmologiya instituti gidrogeokimyo laboratoriya mudiri. Ilmiy ishlari gidrogeologiya, seysmik xavfni oldindan bilish muammolari — gidrogeoseysmologiyaga bagʻishlangan. Darslik yozgan va Yer osti suvlari kimyoviy va gaz tarkibining zilzila oldidan va zilzila vaqtida oʻzgarishi ilmiy ishlanmasining (1973) hammuallifi. Asarlari yapon, xitoy va ingliz tillarida ham nashr qilingan. S. Yaponiyaning "Zilzilalarning gidrogeokimyoviy darakchilari" assotsiatsiyasining (1988), Rossiya Tabiiy Fanlar akademiyasining (1991) faxriy aʼzosi.

Manbalar tahrir

  • Ferganskiy artezianskiy basseyn, T., 1972; Radioaktivnie emanatsii pri izuchenii geologicheskix protsessov, T., 1972; Gidrogeoximicheskiye osobennosti nekotorix seysmoaktivnix zon Sredney Azii, T., 1977; Gidroximicheskiye predvestniki zemletryaseniy, M., 1985; Metallogeniya artezianskix basseynov Sredney Azii, T., 1992; Problemi prognozirovaniya zemletryaseniy v Sentralnoy Azii, T., 1999.