Sunʼiy yoʻtal – (lotincha: tussis artificialis) bemorning nafas olish yoʻllarida havoning qisqa muddatli siyraklashuvini hosil qiluvchi maxsus apparat yordamida nafas yoʻllaridagi narsalarni evakuatsiya qilish metodi hisoblanadi[1].

Mexanizmi

tahrir

Oʻpkalarning havo yoʻllari bosimi oʻpkalardagi bosimdan past boʻlgan sigʻim bilan qisqa muddatli tutashuvi yoʻli orqali sunʼiy yoʻtal qoʻzgʻatiladi. Bosimlar farqi bronxlarda havo oqimining yuqori tezligini paydo qiladi. Bu oqim traxeya tomon harakatlanib, oʻzi bilan birga balgʻam va boshqa zarrachalarni havo yoʻllaridan, shuningdek ekssudatni soʻrib olish uchun kateter kiritib boʻlmas joylardan chiqarib ketadi[2].

Qoʻllanish holatlari

tahrir

Sunʼiy yoʻtalni tabiiy yoʻtal refseksi butunlay yoki qisman yoʻqotilganda, yoki yoʻtal ogʻriq hislarini keltirib chiqarsa, masalan, jarrohlikdan keyingi davrda, qoʻllanadi[2].

Manbalar

tahrir