Suvchechak [1] chechak, (lotincha: varicella) oʻtkir, oʻta yuqumli virusli kasallik boʻlib, havo orqali yuqadi. Bu odatda isitma holati , teri va shilliq qavatlarda ichida tiniq suyuqlik boʻlgan toshma bilan xarakterlanadi.

Suvchechak
KXK-10 B01
KXK-9 052
MedlinePlus 001592
eMedicine ped/2385

Tarixi tahrir

Suvchechak birinchi marta 16-asr oʻrtalarida italiyalik shifokorlar Vidus-Vidius va Ingranus tomonidan tabiiy chechakning bir turi sifatida tasvirlangan [2]. Nemis olimi R. Vogel (1724-1774) birinchi marta „varikella“ (1772) atamasini qoʻllagan va suvchechakni mustaqil nozologik shakl sifatida ajratib koʻrsatgan [3] . 1911 yilda vesikulalar tarkibida suvchechakning qoʻzgʻatuvchisi topildi, shundan soʻng kasallik alohida nozologik shakl deb hisoblana boshladi. Qoʻzgʻatuvchi virus 1958 yilda ajratib olingan [2].

Etiologiyasi tahrir

Qoʻzratuvchisi juda uchuvchan, tashqi muhitga chidamsiz, suvchechak toshmalari ichidagi suyuqlikda uchraydigan filtrlanuvchi virus.

Epidemiologiyasi tahrir

Suvchechakning epidemiologiyasi moʻtadil va tropik iqlim oʻrtasida farq qiladi va buning sabablari aniq emas. Infektsiya manbai bemor hisoblanib, u butun kasallik davomida va kasallik tuzalganidan keyin 5 kungacha yuqumli hisoblanadi. Infektsiya manbai qoplama lishay ham boʻlishi mumkin, chunki ikkala kasallik viruslari orasida bogʻliqlik bor ekanligi aniqlangan. Infektsiya faqat havotomchi yoʻli bilan yuqadi. Kasallikka beriluvchanlik juda koʻp boʻladi. Chaqaloqlardan tortib hamma yoshdagi bolalar kasallanadi. Suvchechak bilan ogʻrib tuzalgandan keyin umr boʻyi immunitet qoladi[4].

Patogenezi tahrir

 

Yuqori nafas yoʻllari shilliq qavati infektsiyaning kirish yoʻlidir. Virus terining epitelnal hujayralari shilliq qavatini shikastlaydi. Ogʻir hollarda virus parenximatoz aʼzolarini ham shikastlashi mumkin. Suvchechak bilan ikkinchi marta ogʻrish kamdan-kam uchraydi.

Klinikasi tahrir

Kasallikning inkubatsion davri 11 kundan 21 kungacha (oʻrta hisobda 14 kun) davom etadi. Kasallikning yashirin davri kam kuzatilgan. Bemor oʻzini lohas sezadi, isitma subfebril boʻladi, baʼzan qizamiq yoki skarlatinaga oʻxshash toshmalar toshadi. Chin suvchechakda toshma yuzda, boshning sochli qismlarida, badanda, barmoqlarda paydo boladi. Toshmalar

dastlab pushti rang dorchalar shaklida boʻladi, keyin tezda papulalarga, undan keyin esa ichida tiniq suyuqlik boʻlgan giperemiya bilan keskin chegaralangan pufakchalarga aylanadi. Pufakchalar 1—2 kundan soʻng qurib, qora qoʻtir — po‘st bogʻlaydi va 1—3 xaftadan keyin tushib ketadi. Suvchechak toshmalari birin-ketin 4— 5 kun davomida toshadi.

Baʼzan toshmalar ogʻiz boʻshligidagi shilliq qavatlarda, halqumda, jinsiy aʼ zolarda paydo boʻladi. Suvchechakda toshadigan toshmalar soni juda xilma-xil bo‘lib, ularning xarakteri turlicha boʻladi, yaʼni papulyoz toshmadan tortib, pufakcha boʻlib ulgurmaganigacha, pustulyozgacha, brutsellyoz va gangrenoz elementlarigacha mavjud. Kasallikning yengil turlarida toshmalar butun tananing u yer bu yeridagina uchrab, intoksikatsiya belgilari aniqlanmaydi. Kasallikning ogʻir turlarida esa toshmalar koʻplab toshadi, isitma koʻtariladi, intoksikatsiya belgilari yuzaga chiqadi. Koʻrsatib o‘tilgan belgilar 3—4 kun mobaynida kuzatiladi.

Asoratlari tahrir

 
Qora rangli bolaning yuzidagi terida rivojlanishning turli bosqichlarida toshma elementlari: papulalar, pufakchalar, qobiqli quritilgan pufakchalar.

Suvchechakning asosiy asoratlariga ikkilamchi bakterial floraning zotiljam bilan qoʻshilib kelishi kiradi. Asoratlar koʻpincha nimjon, koʻp kasallanib turadigan bolalarda

rivojlanadi.

Tashxisi tahrir

Kasallikning tipik turlarida tashxis unchalik qiyinchilik tugʻdirmaydi. Kasallik strofulyus tipidagi ekssudativ diatezning terida namoyon bo‘lishi, impetigo, xasharotlar chaqishi va chinchechak bilan differentsial tashxis qilinadi. Suvchechakda toshmalarning birin-ketin toshishi, ularning zich boʻlishi, terida chuqurroq joylashishi, monomorfli ekanligi, ko‘pincha shilliq qavatlarning shikastlanganligi kuzatiladi. Prognozi Odatda yomon emas.

Davosi tahrir

Gigienaga rioya qilish zarur. Antivirusniy tabletkalr berish kerak, ko'proq suyuqlik ichirish kerak, Bunda infektsiyadan ikkilamchi shikastlanishning axamiyati katta. Toshma pufakchalariga 1 % li brilliant yashili yoki margantsovka (tuq rangda) surtish tavsiya etiladi. yiringli asoratlar rizojlanganda antibiotiklar va sul`falamidlar qoʻllanadi. K asallik cho‘zilib ketganda stimullovchi terapiyadan foydalaniladi.

Profilaktikasi tahrir

Sanitariya chora-tadbirlari qoʻllanadi. Bemor uy sharoitida toshma toshgandan keyin 5 kun ichida alohida yotqizilishi kerak. Dezinfektsiya qilish talab qilinmaydi. Kasal bilan aloqada boʻlgan va ilgari suvchechak bilan ogʻrimagan bolalar 11 kundan 21 kunga qadar ajratib olinadi[5].

Manbalar tahrir

  1. Soglasno slovaryam, udarenie mojet stoyat na pervom libo na tretem (Wayback Machine saytida 2022-09-20 sanasida arxivlangan) sloge.
  2. 2,0 2,1 Специалисты о прививках.
  3. Andoza:БМЭ3
  4. A.ZAKIRXODJAYEV. Yuqumli kasalliklar. Cho‘lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi Toshkent — 2011. 
  5. Махмудов.О.С. БОЛАЛАРНИНГ ЮҚУМЛИ КАСАЛЛИКЛАРИ. Абу Али ибн Сино номидаги тиббиёт нашриёти 1995.