Svetlana Aleksievich — (1948-yil 31-mayda tug'ilgan) Belaruslik tadqiqotchi jurnalist, tarixshi va yozuvchi. 2015-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti sovrindori. Ushbu mukofotga loyiq ko'rilgan ilk Belaruslik

Svetlana Aleksievich
Asl ismi belaruscha: Святлана Аляксандраўна Алексіевіч
Tavalludi 31-may 1948-yil (1948-05-31) (75 yosh)
Stanislav, Ukraina SSR
Kasbi Jurnalist, yozuvchi, tarixchi
Ijod qilgan tillari Rus tili[1] va Belorus tili
Fuqaroligi Belorussiya bayrogʻi Belarus
Mukofotlari Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti (2015)
,,Shon-sharaf belgisi" ordeni (1984)
,,Sanat va adabiyot" ordeni (2014)
Belarus demokratik respublikasining yuz yilligiga esdalik nishoni (2018)
Veb-sayti
alexievich.info/indexEN.html

Bolalik tahrir

G'arbiy Ukrainaning Stanislav shahrida 1948-yil 31-may kuni tavallud topgan. Svetlananing otasi Belaruslik , onasi esa Ukrainalik bo'lgan. U Belarussda o'sib ulg'aygan. Bolaligidan ilm olishga qiziqadi, tarix fanini ayniqsa sevib o'rganadi. Kelajakda jurnalist bo'lishni oldiga maqsad qilib qo'yadi.

Oliy ta'lim tahrir

O'rta maktabni tugatgach, bir qancha mahalliy gazetalarda muxbir bo'lib ishlagan Svetlana keyinchalik Belarus davlat universitetiga o'qishga qabul qilinadi. Ushbu oliy ta'lim muassasini 1972-yilda tamomlaydi va Minskdagi ,,Nyoman" jurnalida muxbir sifatida faoliyat boshlaydi.

Faoliyat tahrir

2015-yilda bergan intervyusida Svetlana ijod olamiga kirib kelishini shunday eslaydi: ,,Men dunyoni Xanna Krall va Ryszard Kapuściński kabi insonlar orqali o'rgandim". Jurnalistikadagi faoliyati davomida Aleksievich guvohlarning koʻrsatmalariga asoslangan hikoyalar yaratish bilan shug'ullanadi. ,,Ikkinchi jahon urushi", ,,Afg'on urushi", ,,Sovet ittifoqining parchalanishi" va ,,Chernobl AESining halokati nomli bir qator asarlarini aynan mana shu davrda yaratadi. Svetlana 1989-yilda Sovet-Afg'on urushida halok bo'lgan, yurtiga temir tobutda qaytgan yigitlar haqida Zinky Boys asarini nashr qildiradi va bu asar bilan ,,askarlar sha'nini haqorat qilish"da ayblanadi. Aleksievich 1992-1996-yillar oralig'ida bir necha marotaba sudlangan. Aleksandr Lukashenko hokimiyati tomonidan ancha vaqt siyosiy ta'qibga uchragan. 2000-yilda esa Belarusni tark etishga qaror qilgan va yurtdan chiqib ketgan. Shundan so'ng Parij, Gyoteburg, Berlinda yashab ijod qildi va 2011-yilda yana Minskka qaytdi.
Aleksievichning kitoblari ko'p qismi sovet tarixidan diqqat bilan tuzilgan intervyu kollajlaridan iborat hisoblanadi. Rus yozuvchisi va tanqidchisi Dmitriy Bikovning soʻzlariga koʻra , uning kitoblari belaruslik yozuvchi Ales Adamovichning gʻoyalari bilan bogʻliq boʻlib, u 20-asr dahshatlarini tasvirlashning eng yaxshi yoʻli fantastika yaratish emas, balki uni guvohliklar so'zlaridan yozib olish deb hisoblagan. Belarus shoiri Uladzimir Nyaklyayev Adamovichni "Svetlananing adabiy cho'qintirgan otasi" deb atagan.

Asarlar tahrir

Svetlana Aleksievichning birinchi asari ,,Urushning ayolga begona qiyofasi" deb nomlangan bo'lib, 1985-yilda nashr etilgan. Anchagina mashhurlikka erishgan bu asar qayta-qayta nashr etiladi va ikki milliondan ko'proq nusxada sotiladi. Ushbu roman urushdagi ayollar monologlaridan iborat bo'lib, Ikkinchi jahon urushining ilgari hech qachon bog'lanmagan jihatlari haqida hikoya qiladi.

 
Svetlana Aleksievichning imzosi

1992-yilda Zinky Boys asarini chop ettiradi. Bu asar Sovet-Afg'on urushi qatnashchilarining tilidan hikoya qilinadi, hamshiralar, uchuvchilar, oshpazlar, askarlar, bevalar va hokazo.
1993-yilda Sovet ittifoqi qulashi natijasida o'z joniga qasd qilgan odamlar haqida ,,o'lim bilan sehrlangan" asarini nashr qildiradi. Lekin bu kommunistik mafkuraga zid deb topiladi va taqiqlanadi. SHu sabab bo'lib, 1993-yildan Belarusda uning asarlari nashr ettirilmay qo'yiladi. Faqat 2 ta asari xususiy nashriyotlar orqali bosmadan chiqariladi: 1999-yilda "Chernobl ibodati" va 2013-yilda "Second hand vaqti".
U 2015-yilda Adabiyot bo'yicha Nobel mukofotiga loyiq ko'riladi va bu mukofotni olgan ilk jurnalistga aylandi.

Siyosiy faollik tahrir

2020 yilgi Belarusdagi norozilik namoyishlari paytida Aleksievich Svetlana Tixanovskayaning muvofiqlashtiruvchi kengashi a'zosi bo'ldi .
20 avgust kuni Belarus Bosh prokurori Aleksandr Konyuk Muvofiqlashtiruvchi kengash aʼzolariga nisbatan Belarus Jinoyat kodeksining 361-moddasi boʻyicha, davlat hokimiyatini egallab olishga urinish va milliy xavfsizlikka zarar yetkazish aybi bilan jinoiy ish qoʻzgʻatdi.
26 avgust kuni Aleksievich Belarus hukumati tomonidan kengashdagi ishtiroki haqida so'roq qilindi.
2020-yil 9-sentyabr kuni Aleksievich matbuotni “qora niqobli odamlar” Minsk markazidagi kvartirasiga kirishga urinayotgani haqida ogohlantirdi . "Muvofiqlashtiruvchi kengashda mening do'stlarim va hamrohlarim qolmadi. Hammasi qamoqda yoki majburan surgunga jo'natilgan", deb yozadi u o'z bayonotida. "Avval ular mamlakatni o'g'irlashdi, endi navbat oramizdagi eng zo'rlarga keldi. Lekin safimizdan chiqarilganlarning o'rniga yana yuzlab odamlar keladi. Muvofiqlashtiruvchi kengash isyon ko'tarmadi, isyonni mamlakat ko'tardi". Litva, Polsha, Chexiya, Ruminiya, Slovakiya va Shvetsiya diplomatlari xavfsizlik xizmatlari tomonidan oʻgʻirlab ketilishining oldini olish uchun Aleksievichning uyini kechayu kunduz kuzata boshladilar.
2020-yil 28-sentyabr kuni Aleksiyevich Belarusdagi siyosiy sharoitga qarab qaytishga va’da berib, Belarusdan Germaniyaga jo‘nab ketdi. Ketishidan oldin u muhojirlikda yoki hibsda bo'lmagan Muvofiqlashtiruvchi kengashning oxirgi a'zosi edi.
2021-yil avgust oyida uning “So‘nggi guvohlar ” kitobi Belorussiyadagi maktab o‘quv dasturidan chiqarildi va uning nomi o‘quv dasturidan olib tashlandi.

Mukofotlar va unvonlar tahrir

Svetlana Aleksievich ko'plab mukofotlarga ega bo'lgan, jumladan:

  • 1994-yil ,,Shon-sharaf belgisi" ordeni
  • 1984-yil Sovet Yozuvchilar uyushmasining Nikolay Ostrovskiy adabiy mukofoti
  • 1984-yil Oktyabr jurnali mukofoti
  • 2013-yil Germaniya kitob savdosining Tinchlik mukofoti
  • 2015-yil Adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti
  • 2018-yil Belarus Demokratik Respublikasining 100 yilligi yubiley medali
  • 2021-yil Germaniya Federativ Respublikasining xizmatlari uchun ordeni

Manbalar tahrir

[1] [2]

  1. „Svetlana Aleksievich“. Wikipedia. Qaraldi: 19.06.2022-yil.
  2. „Svetlana Aleksievich“. Britannika. Qaraldi: 19.06.2022-yil.