Sweet Dreams (Are Made of This)

Sweet Dreams (Are Made of This)“ (tarjimasi „Shirin tushlar (Shundan iborat)“) — Buyuk Britaniyada tuzilgan „Eurythmics“ dueti ijro etgan qoʻshiq. 1983-yil duetning ayni nomli albomining toʻrtinchi va yakuniy singli oʻlaroq chiqarilgan. Tarona ortidan duet butun dunyo boʻylab shuhrat qozongan. Qoʻshiq uchun olingan klip keng miqyosda ommalashgan va tarona Buyuk Britaniya singllar xit-paradida ikkinchi, AQSh „Billboard Hot 100“ xit-paradida esa birinchi pogʻonaga koʻtarilgan.

„Sweet Dreams (Are Made of This)“
Eurythmics qoʻshigʻi
„Sweet Dreams (Are Made of This)“ albomidan
B tomon „I Could Give You A Mirror“
Chiqarilgan sanasi 21-yanvar, 1983-yil(1983-01-21)
Yozib olingan 1982
Janr
Davomiyligi

3:36 (singl/albom versiya)

4:48 (12" versiya)
Leybl RCA
Matn muallif(lar)i
Prodyuser(lar) David A. Stewart
Eurythmics singllari xronologiyasi
„Love Is a Stranger“
(1982)
Sweet Dreams
(1983)
„Who's That Girl?“
(1983)

„Love Is a Stranger“
(1991)

Sweet Dreams '91
(1991)

„I Saved the World Today“
(1999)
Klipi
„Sweet Dreams (Are Made of This)“ YouTubeda

BBC nashri xonanda Annie Lennox kalta soch va kostyum-shim kiyib tushgan klip „ayol pop yulduzlar uchun qolipni buzgani“ haqida yozgan[3]. „Rolling Stone“ jurnali qoʻshiqni a „Lennox va Dave Stewartni „MTV“ superyulduzlarga aylantirgan sinti-pop [janridagi] shoh asari“ deb atagan[4].

„Sweet Dreams (Are Made of This)“ muvaffaqiyati ortidan „Eurythmics“ duetining oldingi „Love Is a Stranger“ nomli singli qayta chiqarilgan va global miqyosda xitga aylangan. „Rolling Stone“ jurnali 2003-yilda tuzgan tarixdagi 500 eng buyuk qoʻshiqlar roʻyxatida „Sweet Dreams (Are Made of This)“ qoʻshigʻi 356-oʻrinni egallagan[5]. 2020-yil qoʻshiq „Grammy“ shuhrat zaliga kiritilgan[6]. „Eurythmics“ guruhi hamda Lennox taronani 1982-yildan beri konsertlarida muntazam ravishda ijro etib keladi.

„Sweet Dreams (Are Made of This)“ Londondagi kichik studiyada yozib olingan boʻlib, qoʻshiq muvaffaqiyati ortidan katta studiyalardan voz kechib, uy studiyalarda qoʻshiq yozish ommalashgan[7][8]. 1991-yilda qoʻshiq qayta ishlanib, guruhning „Greatest Hits“ albomi bilan eʼlon qilingan. Yangi remiks Britaniya xit-paradlariga tushgan va 48-pogʻonagacha koʻtarilgan. 2006-yilda Steve Angello remiks qilgan yana bir versiya Fransiyada „I've Got a Life“ tregi bilan eʼlon qilingan. Qoʻshiqni bugunga qadar koʻplab xonanda va guruh, xususan, AQShda tuzilgan „Marilyn Manson“ guruhi kaver qilgan.

Manbalar tahrir

  1. Judith A. Peraino. Listening to the Sirens: Musical Technologies of Queer Identity from Homer to Hedwig University of California Press: , 2005 — 241 bet. ISBN 978-0520215870.  "Marilyn Manson entered the mainstream in 1995 with a cover song of the 1980s synth-pop hit „Sweet Dreams (Are Made of This)“ by the Eurythmics"
  2. Larry Starr, Christopher Alan Waterman. American popular music: from minstrelsy to MP3, Vol. 1 Oxford University Press: , 2007. ISBN 978-0195300536.  "„Sweet Dreams“ is a good example of commercial new wave music of the early 1980s, an outgrowth of the 1970s new wave/punk scene promoted by major record labels."
  3. „Sweet Dreams: remembering the music video that broke the mould for female pop stars“. BBC. Qaraldi: 27-sentyabr 2019-yil.
  4. „Eurythmics Perform 'Sweet Dreams (Are Made of This)' in 1983“. Rolling Stone. Qaraldi: 19–aprel 2022–yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  5. „The RS 500 Greatest Songs of All Time“. RollingStone.com. 2010-yil 12-aprelda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 8-iyun 2009-yil.
  6. „All Grammy Hall of Fame Inductees“ (18-oktyabr 2010-yil). Qaraldi: 17-iyun 2020-yil.
  7. Bell, Adam Patrick. Dawn of the DAW: The Studio as Musical Instrument. Oxford University Press, 2018 — 23 bet. ISBN 9780190296629. 
  8. Newell, Philip Richard. Project Studios: A More Professional Approach. Focal Press, 2000 — 7–8 bet. ISBN 9780240515731. 

Havolalar tahrir